QORAKO‘L.UZ | Расмий канал
Telegram : @Qorakoluzofficial Facebook:https://www.fb.com/qorakoltuman.hokimligi Мурожаат учун: https://t.me/Qorakol_murojaatbot
Show more8 405
Subscribers
No data24 hours
-47 days
+4430 days
- Subscribers
- Post coverage
- ER - engagement ratio
Data loading in progress...
Subscriber growth rate
Data loading in progress...
Photo unavailableShow in Telegram
DIQQAT E’LON!
Qorako‘l tumani elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan ertaga, 4-noyabr kuni soat 9:00 dan 17:00 ga qadar tumanimizning Darg'ali, Darg'abog'i, Shakarbek, Quyi Yangibozor, Quvvacha, Arna, Chandirobod, Yangiqal'a, Arabxona, Ketmondo'gdi, Do'stlik, Yangi turmush, Istiqlol hamda Tojikent mahallalari hududlarida elektr energiyasi taminotida uzilishlar kuzatiladi.
⚡️Qorako‘l tumani elektr tarmoqlari korxonasi ta’mirlash ishlari tufayli sodir bo‘ladigan ushbu vaqtinchalik uzilishlar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi!
✅ @Qorakoluzofficial 👈
👍 7😢 2🤩 1
Repost from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Facebook dagi sahifasiga a'zo bo'ling!
👉 http://fb.com/zaripovrasmiy
👍 1
Hammamizga ma’lumki, so‘nggi yillarda yurtimizda kambag‘allik bilan kurashish mamlakat siyosati ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Kuni kecha davlatimiz rahbari Navoiy viloyatiga qilgan tashriflari chog’ida hududlarda kambag’allikni qisqartirish, chetga ishlashga ketgan odamlar bilan gaplashish, ularning oila a’zolaridan xabar olish, daromadini oshirish uchun sharoit yaratish bo’yicha aniq topshiriq berdilar.Bu borada tumanimizda ham aholini kambag’allikdan chiqarish, daromadlarini oshirish, migratsiyada yurgan tumandoshlarimizning sharoitlarini o’rganish bo’yicha rejali ishlar olib borilayapti. Ayniqsa, har bir kambag‘al oilaning individual dasturi ishlab chiqilgani o’z samarasini bermoqda. Tuman hokimi Xurshid Toxirov ishsizlikni bartaraf qilish, kambag'allikni qisqartirish, kam daromadli migrantlarni yurtimizga qaytarib o'zimizda munosib ish bilan ta'minlash masalalari yuzasidan Xo’jakon va Mallaishayx mahallalarida biriktirilgan oilalar ahvolini o’rgandi. Dastabki manzil Mallaishayx mahallasidagi Ilyos Yusupov xonadoni. Oila boshi doimiy daromadga ega emas, mavsumiy ishlardan topgan daromadi kundalik ro’zg’orni arang tebratmoqda. Tuman hokimi Ilyos Yusupov xonadoniga borib, fuqaroning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi. Kambag’allikdan chiqarish va doimiy daromad manbaiga ega bo’lishi uchun qilinadigan ishlar bilan o’rtoqlashdi. Shuningdek, Ilyos Yusupovni Artel kompaniyasiga ishga joylashtirish hamda daromadini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlarni berdi. Keyingi manzil Xo’jakon mahallasidagi Qodir Oltiyev xonadoni bo’ldi. Bu oila ham doimiy daromad manbaiga ega emas, mavsumiy ishlardan topgan daromad orqali kun kechiradi. Ushbu oilada ham ishlab chiqilgan individual dastur orqali kambag’allikdan chiqarish bo’yicha ishlar boshlab yuborildi. Bundan tashqari, Qodir Oltiyevning farzandi Artel kompaniyasiga doimiy ishga joylashtirildi va shu kunning o’zidayoq zavodda mehnat faoliyatini boshlab yubordi.
Bundan tashqari, tuman hokimi mazkur hududlardagi xorijdan qaytgan fuqarolarning ham xonadonlariga borib, ularning oilaviy ahvoli, migratsiyadan qaytgach bu yerda ish bilan ta’minlanganligi, oilalar daromadi bo’yicha ahvolni o’rgandi. Shuningdek, Xurshid Toxirov migratsiyada yurgan fuqarolar bilan online muloqot o’tkazdi. Muloqotda ularning ish joylari, topayotgan daromadlari, oilaviy sharoitlari haqida suhbatlashdi. Xorijda yurganda qiyin vaziyatga tushib qolish ehtimoli bo’lganda doimo tuman hokimiga murojaat qilishlari mumkinligini bildirdi.Shuningdek, Mallaishayx mahallasi Mirishkor qishlog’i aholisi ichki yo’lni ahvoli og’irligi, yomg’irli kunlarda qishloq ahli, ayniqsa, bolalar maktabga borishda qiynalishayotganlari haqida murojaat qilidi. Mazkur murojaat shu joyning o’zidayoq hal qilinib, homiylik asosida qariyib 1 km ichki yo’lda shag’allashtirish ishlari boshlab yuborildi. ✅ @Qorakoluzofficial 👈
👍 8😢 3🔥 1🕊 1
Viloyat hokimi Botir Zaripov ZOOM platformasi orqali turli soha va yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari vakillari, yangi biznes loyiha va rejalar ustida izlanayotgan tashabbuskor fuqarolar bilan muloqot o'tkazildi.
Mazkur muloqotda qorako’llik tadbirkorlar ham o’z taklif va yangi biznes loyihalari bilan ishtirok etishdi.
Gulrux Muhiddinova xonadonida bedana tuxumi yetishtiradi. Bugungi kunda 9000 mingta bedana qushi mavjud bo’lib, bir kunda 5000 dona bedana tuxumini mahalliy bozorga yetkazib bermoqda.
Uchrashuvda Gulrux Muhiddinova viloyat hokimidan tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida amaliy yordam hamda tuxumlarni katta savdo markazlariga yetkazib berish uchun kerak bo’ladigan muvofiqlik serifikatini olish bo’yicha yordam so’radi.
✅ @Qorakoluzofficial 👈
👍 19🕊 1
Choose a Different Plan
Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.