cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

Advertising posts
9 182Subscribers
-26124 hours
+1 7827 days
+1 62930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

📌Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Zuxra Ibragimova Beruniy tumani hokimligida deputatlar bilan uchrashdi. 🔹 Deputat Beruniy tumani deputatlari bilan uchrashuvlar jarayonida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunlar, xususan, yer uchastkalariga bo‘lgan mulk va ijara huquqini e’tirof etishga qaratilgan qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati keng jamoatchilikka, tadbirkorlik subyektlariga tushuntirish borasida tarǵibotlar bóyicha tegishli kórsatmalar berdi. 🔹 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ishlar hamda chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar holati ham o‘rganildi. Beruniy tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli perinital markazda ona va bola uchun yaratilgan shart-sharoitlar, 65-sonli umumiy órta ta'lim maktabi hamda 19-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida deputat tushuntirish ishlarini olib bordi.
Show all...
Orol turizm haftaligi: Mo‘ynoqda eko-marafon bo‘lib o‘tdi va eng yaxshi oshpazlar aniqlandi Orol turizm haftaligi doirasida Mo‘ynoqda “Aral Sea Eco Race” eko-marafoni va “Orolning 99 xil taomi” festivali bo‘lib o‘tdi. Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/orol-turizm-haftaligi-mo-ynoqda-eko-marafon-bo-lib-o-tdi-va-eng-yaxshi-oshpazlar-aniqlandi Lotin|Кирилл
Show all...
Bugun Beruniy tumani hokimining shaxsiy qabuli bólib ótdi Beruniy tumani hokimi I.T.Xidirov 1-sektor shtabida aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan qabul ótkazdi. Qabul davomida fuqarolardan uy-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ijtimoiy yordam olish, shuningdek uy-joy subsidiyasi va tadbirkorlik ishini boshlash uchun imtiyozli kredit olish istagidagi fuqarolar murojaatlari kórib chiqildi. Murojaatlar tegishli rahbarlarga yónaltirilib, hal qilinishi bóyicha  topshiriqlar berildi. Shuningdek ba'zi murojaatlar bóyicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Show all...
Bugun Beruniy tumani hokimining shaxsiy qabuli bólib ótdi Beruniy tumani hokimi I.T.Xidirov 1-sektor shtabida aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan qabul ótkazdi. Qabul davomida fuqarolardan uy-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ijtimoiy yordam olish, shuningdek uy-joy subsidiyasi va tadbirkorlik ishini boshlash uchun imtiyozli kredit olish istagidagi fuqarolar murojaatlari kórib chiqildi. Murojaatlar tegishli rahbarlarga yónaltirilib, hal qilinishi bóyicha  topshiriqlar berildi. Shuningdek ba'zi murojaatlar bóyicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Show all...
#Sport xabarlari Beruniy tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Oʻzbekiston terma jamoasi asosiy tarkibida Shukurullaev Shohjahon Rossiya federatsiyasi Novasibir shahrida boʻlib oʻtadigan MDH davlatlari oʻrtasidagi "Doʻstlik kubogi" musobaqasida ishtirok qilmoqda. Ózbekiston terma jamoasiga omad yor bólsin.
Show all...
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashish va saqlash bo‘yicha xizmatlar sohasida qancha qo‘shilgan qiymat yaratildi? 2023-yil yakunlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashish va saqlash bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 706,5 mlrd.so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 2,9 % ga yuqoridir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi axborot xizmati
Show all...
Ijod vakillarining uchrashuvlari. Beruniy tumanida xalqaro adabiyot, san'at, madaniyat va ijtimoiy fanlar akademiyasi a'zolarining mahalliy ijodkorlar, san'at va madaniyat vakillari hamda ijodkor yoshlar ishtirokida ijodiy uchrashuvi bo'lib o'tdi. BATAFSIL TANISHING
Show all...
Go to the archive of posts