cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati | Rasmiy kanal

Bog'ot tumani hokimligining rasmiy Telegram kanali

Show more
Advertising posts
6 147Subscribers
-124 hours
-27 days
+4230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi qo‘shiq va raqs ansamblining xushovoz xonandalari va so‘z ustalari ishtirokida Bog‘ot tumani amfiteatrida 20-aprel kuni soat 14:30 da xayriya konsert tadbiri bo‘lib o‘tadi Konsert dasturida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’atkorlar hamda so‘z ustalari tomonidan kuy qo‘shiqlar hamda hangomalar ijro etiladi. Barcha yurtdoshlarimizni konsert dasturiga taklif etamiz. Kirish bepul. @bogottumanihokimligikanali
Show all...
Davlatimiz rahbarining farmoniga muvofiq, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida sportning voleybol turi bo‘yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi"ning Bog’ot tuman bosqichi o‘tkazildi Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda kechgan bellashuvlar yakunida tuman IIB boshlig‘i musobaqada faol ishtiroklari uchun barcha yoshlarga minnatdorchilik bildirib, g‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi. @bogottumanihokimligikanali
Show all...
Joriy yilning 18-aprel kuni soat 10:00 da Navro'z mahallasi, 3-sektor shtab binosida Bog’ot tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo’lib o’tadi Sayyor qabulda tuman hokimi o’rinbosarlari, tumandagi barcha tashkilotlar va korxonalarning rahbarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri va tuman adliya bo’limi xodimlari ishtirok etadi. Manzil: Bog’ot tumani 2-sonli kasb-hunar maktabi, oldingi Qishloq xo’jaligi kasb-hunar kolleji. Batafsil ma’lumot olish uchun telefon: 62-31-52-807. @bogottumanihokimligikanali
Show all...
Bog’ot tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin Profilaktika ishlari olib borilishi sababli 17 aprel kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Bog'ot tumanining Oq tepa, Beruniy, Hurriyat mahallalari hamda Bog'zor, Navbahor, O'zbekiston, Oq tepa, Qalajiqqal’a, Navro'z, Hurriyat, Beruniy, Gulshan, Nurli maskan, Obod mahallalarida, shuningdek, Yangi qadam, Oltinqum shaharchasida 18 aprel kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bо‘lishi mumkin. @bogottumanihokimligikanali
Show all...
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan "Eng namunali mahalla" tanlovi e’lon qilindi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar eng yaxshi yo‘lga qo‘yilgan mahalla” onlayn tanlovida har bir tumandan O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Xorazm viloyati boshqarmasi tavsiyasi asosida bittadan mahalla ishtirok etadi. Eng namunali mahallalar ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Ovoz berish jarayoni joriy yilning 21-aprel kuni soat 20:00 da to'xtatiladi. Eng ko‘p ovoz yig‘gan va 1-, 2-, 3-o'rinlarni egallagan 3 ta mahallalarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan Ozarbayjonga bir martalik sayohat uchun yo‘llanma taqdim etiladi. Shuningdek, 4-, 5-, 6-o'rinlarni qo'lga kiritgan mahallalar 50 tadan kitob jamlanmalari bilan taqdirlanadilar. Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ovoz berishingiz mumkin. @bogottumanihokimligikanali
Show all...
“DXX kubogi” musobaqalariga start berildi Bog‘ot tumanidagi “Istiqlol” madaniyat va istirohat bogʻida 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida futbol va mini-futbol boʻyicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalarining tuman bosqichiga start berildi. Tadbirda qatnashgan sektor rahbarlari mazkur turnirning yildan-yilga yoshlar oʻrtasida ommalashib borayotganini taʼkidladi hamda ishtirokchilarga omad tiladilar. Yoshlar oʻrtasida sportni keng ommalashtirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida oʻtkazilib kelinayotgan mazkur turnirning qur’a tashlash marosimidan keyin tadbir ishtirokchilari uchun gala-konsert namoyish etildi. @bogottumanihokimligikanali
Show all...
Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni keng nishonlandi Bugun, 15-aprel — Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan tashkil qilingan bayram tadbiriga sohada uzoq yillar sidqidildan xizmat qilgan faxriylar, bugungi kunda samarali faoliyat yuritib kelayotgan faollar taklif etildi. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari soha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularning Xorazm madaniyati va sanʼatini rivojlantirish hamda dunyoga targʻib etishdagi fidokorona mehnatlarini eʼtirof etdi. Shundan so‘ng, faoliyati davomida madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, o‘zbek milliy madaniyati va san’ati nufuzini oshirish borasida fidokorona mehnati, yoshlarning musiqa va san’at yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy iste’dodlarini yuzaga chiqarishdagi qo‘shayotgan munosib hissasi uchun bir guruh madaniyat xodimlari tuman hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. @bogottumanihokimligikanali
Show all...
Bog‘ot tumanida g‘o‘zani kultivatsiya qilish boshlandi Bugun Bog‘ot tumanida g‘o‘zani birinchi kultivatsiya qilish bo‘yicha dala sharoitida tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminari oʻtkazildi. Unda tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, fermer xo‘jaliklari va mutasaddi tashkilot rahbarlari, mutaxassislar va nuroniy otaxonlar ishtirok etdilar. Seminarda qishloq xo‘jaligi sohasida uzoq yillar faoliyat yuritgan faxriylar, tajribali mutaxassislarning g‘o‘za nihollarini to‘liq undirib olish, ularning o‘sib-rivojlanishini tezlashtirish, paxta maydonlarini begona o‘tlardan tozalashda ekin qator oralari tuproqlarini to‘liq va sifatli yumshatish bo‘yicha maslahatlari tinglanib, nuroniy otaxonlarning duosi bilan birinchi kultivatsiya qilish ishlari boshlab yuborildi. Ma’lumot uchun, joriy yil hosili uchun Bog‘ot tumanida 6 500 gektar maydonga chigit qadalgan. @bogottumanihokimligikanali
Show all...
"Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" musobaqalariga start beriladi Bugun soat 17:00 da Bog'ot tumani markazidagi “Istiqlol” madaniyat va istirohat bogʻida mazkur musobaqaning ochilish marosimi va gala-konsert dasturi bo'lib o'tadi. Ochilish marosimida tumanning xushovoz san'atkorlari ishtirok etishadi. Barchani ushbu musobaqaning ochilish marosimi va gala-konsertda kutib qolamiz! @bogottumanihokimligikanali
Show all...
Bog‘ot tumanida "Tashabbusli budjet" jarayonining 2024-yil 1-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot. @bogottumanihokimligikanali
Show all...