Sukut qil, ko'nglim. Bir alif miqdoricha sukut. Bahorga oz qoldi. Chida, ko'nglim. Dengizdagi ko'rinmas to'lqinlarga o'xshaysan, bilaman. Kutishdan boshqa choramiz bo'lganida, seni to'xtatmasdim, ishon menga. Lekin boshqa choramiz yo'q. Unutmaki, dori ham kuttirib ta'sir qiladi, xatto gul xam vaqtidan avval ochilmaydi.