cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

NAVOISPORT.UZ | Rasmiy kanal (press-service)

© Navoiy viloyati Sport boshqarmasining rasmiy kanali Tel: (55) 351 29 91 You tube: http://youtube.com/navoisport Instagram: https://instagram.com/navoisport.uz Facebook: https://facebook.com/navoisport Murojaat uchun: @navoisport_uz_press

Show more
Advertising posts
691Subscribers
-124 hours
+57 days
-19930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

🤾‍♂️ Voleybol U18 o'gil bolalar o'rtasida O'zbekiston chempionati Navoiy olimpiya paralimiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasi g'alabasi bilan yakunlandi. 🤾‍♀️🤾🤾‍♂️ Sportning voleybol turidan U18 yosh toifasida o'g'il bolalar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga Navoiy viloyati mezbonlik qildi. Yurtimizning viloyatlaridan tashrif buyurgan o'g'il bolalardan iborat 12 ta jamoalar ishtirokida chempionat bo'lib o'tdi. Yakuniy hisobga ko'ra jamoalar o'rtasida quyidagi natijalar qayd etildi: 1Navoiy viloyati 2 Qashqadaryo viloyati 3Qoraqalpog'iston Respublikasi Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
Repost from Sport vazirligi
👍Shaxriyor Mahkamov ham Parij-2024 litsenziatlari qatoriga qoʻshildi Baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Yaponiya mezbonlik qilgan Osiyo litsenzion turnirining so’nggi kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o’tmoqda. Baydarkada 1000 metr masofaga kechgan poygada Shaxriyor Mahkamov oltin medalni qo’lga kiritdi. Eng asosiysi, ushbu natija bilan yurtdoshimiz Parij-2024 Olimpiya o’yinlari yoʻllanmasiga ham sazovor boʻldi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
👍 1
Repost from Sport vazirligi
👍😍 Anna Prakaten oʻz nomini Parij-2024 litsenziatlari orasida qoʻshib qoʻydi Janubiy Koreyaning Chxundju shahrida oʻtayotgan akademik eshkak eshish boʻyicha Osiyo litsenzion turnirida Olimpiada yo’llanmalari o’z egalarini topmoqda. Ayollar o’rtasida kechgan yakkalik dasturda Anna Prakaten Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari uchun 33-yoʻllanmani taqdim qildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
Repost from Sport vazirligi
👍 Aktenge Olimpiya oʻyinlari delegatsiyamizga 30-yoʻllanmani taqdim qildi! Bu gal ayollar kurashi bahslarida tarixiy dastlabki yoʻllanma qoʻla kiritildi. Uning muallifi esa Aktenge Keunimjayeva boʻldi.
Hamyurtimiz Qirgʻizistonda oʻtayotgan Parij-2024 litsenzion turnirida -50 kg vazn toifasida final bosqichiga yetib borib, Olimpiada ishtirokchilari qatoridan joy oldi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
👍 1
Repost from Sport vazirligi
👍 Parij, bizda navbatdagi litsenziya! Oʻzbekiston delegatsiyasi qoʻlga kiritayotgan yoʻllanmalar soni ortmoqda. Akademik eshkak eshuvchilarimiz Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev Janubiy Koreya mezbonlik qilayotgan litsenzion turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etib, juftlik dasturida Parij-2024 yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
🎉 1
✅ Rahmonqul Hamrayevich Boltayevning bugungi 70 yoshlik yubileyiga bag’ishlangan Navoiy viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Normat Tulqunovich Tursunovning yo’llagan tabriknomalari. 📱 #Obuna_boʻling 👇 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Show all...
👍 1 1👏 3
🇺🇿 Shuningdek yana bir qator yurtimizning nufuzli mutasaddilari hamda tashkilotlari ham ustozimizga o’z tabrik so’zlarini yo’llashdi. 📲 #Obuna_boʻling 👇 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Show all...
1👏 1
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️ Yubeliy tantanalarida ulkan monitorda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati aʼzosi, taniqli yozuvchi va shoir, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Farmon Toshev, taniqli sport sharhlovchisi Roman Turpishevning qizi Toshkentdagi "Ilhom" teatri aktirisasi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Marina Turpisheva, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston 24” kanali boʻlim boshligʻi, taniqli sport sharhlovchisi Norbek Niyozovlar tabriklashdi. 📲 #Obuna_boʻling 👇 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Show all...
1
Repost from N/a
🖌20 апрель – Навоий вилояти ташкил топган кун! Бугун Навоий вилояти ташкил топган кун сифатида эътироф этилса-да, ҳудуднинг тарихи Бухорою Самарқанд ёхуд Хиваю Қўқонникидан қолишмайди. Вилоятни ўрганиб чиқарканман, ҳар бир туманнинг қадим ўтмишини эслатиб турувчи обидаю қадамжолари борлигининг гувоҳи бўлдим. Мамлакатимизнинг майдони жиҳатдан энг йирик воҳасининг, табиийки, ҳикояси ҳам "кеча" бошланган бўлиши мумкин эмас. Буюк ипак йўлида карвонсарой вазифасини ўтаганлиги Работи Малику Сардобадан, Яратганнинг назари тушганлиги Нуратодан, илму маърифат ўчоғи бўлганлиги Қосимшайх Азизондан, миллатларга бешик эканлиги Айтекебийдан аён. 1982 йил 20 апрелда Навоий вилояти ташкил этилиб, 1992 йилда у яна қайта туғилди десак, адашмаймиз. 1992 йил 27 январь куни Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгаши Раёсатининг «Ўзбекистон Республикаси таркибида Навоий вилоятини қайтадан тиклаш ҳақида«ги қарори қабул қилинди. Унга мувофиқ Навоий вилояти аввалги чегараларида қайтадан тикланиб, унинг таркибига Бухоро вилоятининг Навоий, Зарафшон ва Учқудуқ шаҳарлари, Конимех, Қизилтепа, Навбаҳор, Навоий, Томди, Учқудуқ туманлари, Самарқанд вилоятининг Нурота ва Хатирчи туманлари киритилди. Навоий шаҳри вилоятнинг маъмурий маркази этиб белгиланди. Биз, навоийликлар учун ҳар икки сана ҳам қадрли! Гарчи мамлакатнинг бошқа ҳудудида таваллуд топган бўлсам-да, гўша билан боғлиқ йилларим, ҳикояларим, гўзал хотираларим китобларга айланиб бормоқда. Бу вилоят халқи мен учун шу қадар қадрлики, уларни киндик қоним тўкилган жойдан айро ҳолда ёдимда сақлолмайман. Азиз вилоятдошларим, бугун бизнинг байрам қилишга яна бир "баҳонамиз" бор экан, фурсатдан фойдаланиб, барчангизни вилоятимизнинг рамзий таваллуд айёми билан муборакбод этаман. Тобора замонавийлашиб, кўркамлашиб бораётган ушбу муқаддас ерларга ҳамиша Яратганнинг назари, қуёшнинг тафти ва халқнинг меҳри тўкилиб турсин. Осмонимиз мусаффо, элимиз бахтиёр бўлсин.🖋️
Show all...
Shahrizodaning navbatdagi omadli g'alabasi 2024-yil 18-2-aprel kunlari Tokio shahri (Yaponiya) bo'lib o'tayotgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha Osiyo chempionati musobaqasida Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi 10-sinf o'quvchisi Mavlonova Shahrizoda G‘iyos qizi MIX 500 metr masofada ishtirok etib faxrli 1-o'rin oltin medalini qo'lga kiritdi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
👍 2