cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/ Facebook: facebook.com/bokahokimligi/ YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/ Web-sayt: www.boka.uz/

Show more
Advertising posts
3 042Subscribers
+624 hours
+367 days
+3830 days
Posts Archive
#Yoshlar_bandligi Toshkent viloyatida dehqonchilik uchun yoshlarga er ajratilmoqda Davlatimiz rahbarining joriy yil 5-apreldagi qaroriga asosan Toshkent viloyatida “mahalla yettiligi” taklifi bilan har bir tuman bo‘yicha ajratiladigan yer konturlari belgilanib, mahallalarida dehqonchilik qilishga istagida bo‘lgan yoshlar ro‘yxati shakllantirildi. Ayni kunlarda ushbu yoshlarga serunum, suvi serob dalalardan yer maydonlari ajratib berilmoqda.   Jumladan, bugun Oqqo‘rg‘on tumani Hamid Olimjon mahallasi, Bo‘ka tumanidagi “Achamayli fayz baraka”, Bekobod tumanidagi “Qoraqo‘yli” mahallasidagi yoshlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer maydonlari berildi. Jarayonda mahsulot yetishtirish va uni parvarishlashdagi muhim jihatlar, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida olib borish yuzasidan ham maʼlumotlar berildi.  Shuningdek, “Bir mahalla – bir mahsulot” asosida ushbu mahallalarni aniq bir yo‘nalishga ixtisoslashtirish va yoshlarni lider tadbirkorlarga biriktirish belgilab olindi. Batafsil🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Show all...
#ob_havo ⛅️ Ertaga, 19-aprel kuni Bo'ka tumanida kutilayotgan ob-havo ma'lumoti. (Quyoshli) 🌔 Quyosh chiqishi: 05:38 🌘 Quyosh botishi: 19:07 ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Show all...
#Uchrashuv Yettilik tizimining faoliyati: "Samarqand" mahallasi aholisi bilan uchrashuv o'tkazildi. 🔸 Bugun Bo'ka tumani hokimi B.Begmatov, IIB boshlig'i J.Manazarov, Bo'ka tumani Xalq qabulxonasi mudiri Z.Rahmonqulov, Mahallalar uyushmasi Bo’ka tumani bo’limi boshlig’i Z.Obidov boshchiligida 1-sektor hududidagi "Samarqand" mahallasida aholi muammolari hamda yettilik tizimining ish faoliyatini o’rganish maqsadida uchrashuv o'tkazildi. 🔺 Tuman hokimining o'rinbosarlari, tegishli korxona-tashkilot rahbarlari, "mahalla yettiligi" va aholi vakillari ishtirokida o'tgan mazkur uchrashuvda 9 nafar fuqarolardan sud, kadastr, moddiy yordam, kommunal soha va tadbirkorlik masalalari bilan bog'liq 8 ta murojaatlar kelib tushdi. 💠 Murojaatlar asosida nazorat reja ishlab chiqildi va ijroga yo'naltirilib, natijasi bo'yicha murojaatchilarga ma'lum qilinishi tushuntirildi. 🔻 Uchrashuv yakunida tuman hokimi boshchiligida mas'ullar aholi xonadonlarida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari, ertagi ekinlarni ekish, tomorqalardan samarali foydalanish holati bilan tanishdi. Tomorqasi obod qilinmagan, ertagi ekinlarni ekishda loqaydlik qilgan xonadon egalari tanqid qilinib, amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar tushuntirildi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar "mahalla yettiligi"ning faoliyatiga baho ekanligi ta'kidlanib, ishlarni joyiga qo'yish va xonadonma-xonadon targ'ibot tadbirlarini olib borish bo'yicha topshiriq berildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Show all...
#probatsiya Probatsiya hisobida turgan mahkumlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. 🔺 Bugun tuman DSI boshlig’i Sh.Xazratov va tuman IIB Probatsiya guruhi katta inspektori kapitan O.Egamovlar boshchiligida “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi ijrosini taʼminlash hamda yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida IIB Probatsiya hisobida turgan 27 nafar mahkumlar bilan uchrashuv o'tkazildi. 🔹 Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ushbu murojaatlarni ijobiy hal etish uchun lozim chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, yoshlarning doimiy bandligini taʼminlash, o‘qish istagida bo‘lganlarni o‘quv-tayyorlov hamda kasbga o‘qitish uchun amaliy yordam berish borasida masʼullarga vazifalar yuklatildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Show all...
#sud Jazo muddatini o'tayotgan mahkumlar tomonidan kiritilgan iltimosnomalar ko'rib chiqildi. 🔹 Bugun jinoyat ishlar bo'yicha Bo‘ka tuman sudi binosida sud raisi Sh.Abduqodirov boshchiligida birinchi mintaqaviy hudud 43-son Manzil koloniyasida jazo muddatini o'tayotgan mahkumlarga nisbatan sud majlisi o‘tkazildi. 🔸 Sud majlisida jazo muddatini o‘tayotgan 25 nafar mahkumlar tomonidan kiritilgan iltimosnomalar mazmunan ko'rib chiqildi. 🔹 Muqaddam qilgan jinoyatlaridan tegishli xulosa chiqargan va o‘zlariga nisbatan tayinlangan jazolarni namunali xulqi bilan o'tab, tuzalish yo'liga o‘tgan mahkumlarning o‘talmagan jazolari yengil turdagi jazoga almashtirildi hamda muddatidan ilgari jazodan ozod etildi. 🔺 Sud majlisida ishtirokchilariga takror jinoyat sodir etmaslik hamda jazo o'tash tartib-qoidalarini buzmaslik yuzasidan tushuntirish berildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Show all...
#yoshlar Prezident qaroriga asosan yoshlarga yer ajratib berish ishlari boshlandi. 🔸 Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlash, shuningdek yangi yer maydonlarini o'zlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-153-son qaroriga asosan "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali "mahalla yettiligi"ning tavsiyasi bilan shakllantirilgan ro'yhatga kiritilgan yoshlar o'rtasida auksion savdolari o'tkaziladi va yer uchstkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruhsat berilishi belgilangan edi. 🔺 Qarorga asosan bugun "Achamayli Fayz-baraka" mahallasida yashovchi 60 nafar yoshlarga elektron savdo platformasi orqali belgilangan tartibda o'zlari yutib olgan yer maydonlari ajratib berildi. 🇺🇿 Yoshlar ishlari Agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i M.Mirsultonov, tuman hokimining o'rinbosari O.Djo'rayev, Qishloq va suv xo'jaligi bo'limi boshlig'i B.Turg'unov, Yoshlar ishlari agentligi Bo'ka tumani bo'limi boshlig'i M.Ismoilov, yetakchilar va yoshlar ishtirok etgan davra suhbatida mas'ullar tomonidan ajratilgan 30 sotixlik yer maydonlaridan samarali foydalanish, bu orqali o'zini o'zi band qilish bilan birga yuqori daromadga erishish lozimligi ta'kidlandi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Show all...
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон икки мамлакат маданият ва санъат арбобларининг бир гуруҳига фахрий унвонлар бердилар. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Таджикистан Эмомали Рахмон присвоили почетные звания группе деятелей культуры и искусства двух стран. #Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #taqdirlash Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
Олий даражадаги музокаралар якунида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон Иттифоқчилик муносабатлари тўғрисидаги шартномани имзоладилар. Давлат раҳбарлари ҳузурида икки томонлама ҳужжатларни алмашиш маросими бўлиб ўтди. — По итогам прошедших переговоров на высшем уровне Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Таджикистан Эмомали Рахмон подписали Договор о союзнических отношениях. В присутствии глав государств состоялась церемония обмена двусторонними документами. #Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #hujjatlar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
#Hokim_qarori Viloyatdagi ayrim yaroqsiz obyektlar buziladi Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli qarori bilan, viloyatdagi ayrim yaroqsiz holatdagi binolar buzilishi belgilandi. 1️⃣ Xususan, Zangiota tumani "Asil" MFY hududidagi 27-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining foydalanishga yaroqsiz bir qavatli qoʻshimcha bino-inshootlari; 2️⃣ Boʻka tumani "Oʻzbek" MFY hududidagi 4-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining foydalanishga yaroqsiz 3 ta bir qavatli bino-inshootlari; 3️⃣ Toshkent tumani "Chigʻatoy" MFY hududidagi 18-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining foydalanishga yaroqsiz bir qavatli binolari buziladi va boʻshaydigan yer maydonidan kelgusida samarali foydalanish choralari koʻriladi. 🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Show all...
#jarayon Paxtaga agrotexnik ishlov berish ishlari ko'zda kechirildi. 🔺 Bugun tuman IIB boshlig'i J.Manazarov va tuman hokimining o'rinbosari O'.Alimov tomonidan 3-sektor hududidagi fermer xo'jaliklari dala maydonlarida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan paxtaga birinchi agrotexnik ishlov berish ishlari ko'zdan kechirildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
Show all...