cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

🇺🇿 "G F A" | rasmiy kanali

📚Abituriyentlar uchun barcha kurslar 🇬🇧IELTS/CEFR/GRAMMAR 🇷🇺Rus tili 📞Call center: +998996851030 Instagram manzilimiz: https://www.instagram.com/gumanitarfanlarakademiyasi Kurslarimizga yozilish uchun: @gfamanager

Show more
Advertising posts
2 136Subscribers
+524 hours
+57 days
-14930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

🔰 TOGʻ TESTI SAFARI Assalom-u alaykum hurmatli “GFA” o’quv markazi Abituriyentlari! Biz, “GFA” jamoasi siz yoshlarni TOG’DAGI AMALIY TESTIMIZGA chorlaymiz. Amaliyot davomida: BLOK TEST (3 soat) •Ta’lim tizimi va “GFA” haqida ustozlar bilan suhbatlar •Milliy raqs, an’anaviy ashulalar hamda she’riy aytishuvlar •va boshqa ko’ngilochar tadbirlar; Amaliyot kuni: •5-MAY (yakshanba kuni) Yo’lga chiqish vaqti: •Soat: 06:00…. Jo’nash nuqtamiz: •“GFA” O’QUV MARKAZI BINOSI To’lov so’mmasi: 150 ming so’m va oʻz ichiga; - Avtobus toʻlovi borish va kelishni; - Nonushta; - Tushlik; - Ichimliklar; - Tag joy toʻlovi; - Butun umrlik esdaliklar; - va 3 oylik kuchli oʻqish uchun yetarlicha motivatsiya hamda energiya olasizlar. ESLATMA!!! JOYLAR SONI CHEKLANGAN. ROʻYXATDAN OʻTISH OXIRGI KUNI 4-MAY SOAT 12:00 gacha.   Roʻyxatdan oʻtish uchun ADMINISTRATOR ga murojaat qiling. Murojaat uchun: ✅ SHAHAR FILIALI Tel: +998996851030
Show all...
👍 3🤯 1😢 1
https://cutt.ly/Xw6x1uCd ВEPUL PREMIUM OLING
Show all...
🔥 14🗿 3🤯 1
❗️2-QISM IELTS, CEFR, MS lari bor o'quvchilar! WORD KO'RINISHDA:
Show all...
7👏 3😢 3🗿 1🆒 1
#GFA_DTM_NATIJALARI 21 - APREL kungi 5 BLOKLI DIAGNOSTIK TEST imiz natijalari: ESLATMA!!! - ID KOD XATO YOZILGAN, - BIR XIL KOD YOZILGAN, - JAVOBLAR TO’G’RI BELGILANMAGAN HOLATLARDA NATIJANGIZ TO’G’RI CHIQMAYDI!!!. ❗️1-QISM IELTS, CEFR, MS lari bo'lmagan o'quvchilar! WORD KO'RINISHDA:
Show all...
Aprobatsiya testi nima va u Milliy sertifikat beradimi ?! 📊 Xabaringiz bor bugun BMBA xabariga tayangan holda «Yuridik ta'lim» telegram kanalida Huquqshunoslik fanlaridan ham milliy sertifikat joriy etilishini ma'lum qildik. Va 3-may sanasida Huquqshunoslik fanlaridan ilk aprobatsiya testi bo'lib o'tishi ham ma'lum qilindi. 💻 Ushbu xabardan so'ng juda ko'plab «Yurisprudensiya» abituriyentlaridan «Ushbu aprobatsiya testi Milliy sertifikat beradimi ?!» «Milliy sertifikat qachon olish mumkin ?!» mazmunidagi savollar kelib tushmoqda. Bu postda shu kabi savollaringizga javob olasiz. ✅ Aprobatsiya testi nima ?! Aprobatsiya testi — bu biror yangi tashkil etilayotgan test tizimi yoki yangi test shaklini sinovdan o'tkazib olish jarayoni. Ya'ni buni biz soddaroq qilib tajriba testi yoki sinov testi deyishimiz mumkin. Bu test natijalari asosan rasmiy emas, tajribaviy xarakterga ega bo'ladi. 📬 Aprobatsiya testi Milliy sertifikat beradimi ?! Yuqorida aytib o'tganimizdek bu test tajriba maqsadida tashkil etiladi. Ya'ni aprobatsiya testining asosiy maqsadi test topshiruvchilarning bilimini sinovdan o'tkazish emas, balki testni sinovdan o'tkazish. Demak o'z-o'zidan bu test natijalari abituriyentlar uchun hech qanday rasmiy natija keltirmaydi. Qisqa qilib aytganda aprobatsiya testi Milliy sertifikat bermaydi. 📊 Aprobatsiya testi nima uchun kerak ?! Oddiy qilib aytganda Aprobatsiya testi BMBA uchun kerak. BMBA har bir fandan yoki chet tillaridan yangi milliy sertifikat joriy etayotganda, bu sertifikat imtihonlarini (testlarini) aprobatsiyadan o'tkazib olishi kerak. Albatta aprobatsiya testining abituriyentlar uchun ham foydali tomoni bor. Ular yangi joriy etilayotgan Milliy sertifikat imtihoni qanday bo'lishi, unda qanday darajadagi savollar tushushini oldindan bilib olishi mumkin.1-avgustgacha Huquqshunoslik fanlaridan Milliy sertifikat olish mumkinmi ?! Davomi bor.... © Manba: «Yuridik ta'lim» kanali tomonidan tayyorlandi. 📲@huquqshunoslar_gfa
Show all...
👍 3🤔 1
Milliy sertifikat uchun huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari o‘tkaziladi 📝 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq 2020-2024-yillarda oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga imtihon topshiriladigan 9 ta umumta’lim fanidan milliy sertifikat joriy etish vazifasi qo‘yilgan edi. Mazkur topshiriq agentlik tomonidan 2023-yilda nihoyasiga yetkazildi. ⚖️ Agentlik tomonidan huquqshunoslik fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, joriy yilning 3-may kuni aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. 📱 Bunda huquqshunoslik fanlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan va huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali aprobatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 📍 Huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Toshkent (200 nafar), Buxoro (600 nafar), Namangan (600 nafar) va Urganch (600 nafar) shaharlarida tashkil etiladi. 📆 Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul bo‘lib, talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-aprelgacha davom etadi. 🖥 Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib, ma’lum bir hududda o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish muddatidan oldin yakunlanishi mumkin. Kelgusida tashkil etiladigan imtihonlarning yanada sifatli bo‘lishini ta'minlash maqsadida huquqshunoslik fanlaridan tayyorgarlikka ega bo‘lgan va aprobatsiya sinovlarida albatta ishtirok etish imkoniyati mavjud bo‘lgan talabgorlarning ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘raymiz! 📲@huquqshunoslar_gfa
Show all...
👍 7🔥 1
Suhbat boshlandi. Sertifikatga doir savollaringiz bo'lsa, marhamat!
Show all...
👍 4😢 3
Onlayn suhbatimiz boshlanishiga 30 daqiqa vaqt qolmoqda.
Show all...
👍 2😢 1