cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Юқори Чирчиқ ахборот-кутубхона маркази

Юқори Чирчиқ ахборот-кутубхона марказининг расмий канали 📚 Манзилимиз🏫: Юқори Чирчиқ тумани Янгибозор қурғони Мустақиллик к.,47-уй ☎️ +998709831102

Show more
Uzbekistan29 610The language is not specifiedFamily & Children5 763
Advertising posts
1 131Subscribers
No data24 hours
+17 days
-130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Kitob_faktlar «Bibliosmiya» – kitob hididan zavqlanadiganlarga aloqador atama Ayrimlar eski bitiklardagi allaqanday zax, nam isni tuyishni, yangi chop etilgan asarlarning yelimi, qog‘ozi hidini miriqib hidlashni yoqtiradi. Hatto aksar kitobxon tanloviga hid sezilarli ta’sir qiladi. Bugun ko‘pchilik elektron kitoblarni afzal biladi. Bosma kitoblarning kishini entiktiradigan isi, har varag‘ini ochganda shitirlaydigan ovozi o‘rnini kaftga siqqulik qurilma to‘ldirolmasligi ko‘pincha esdan chiqadi. Qulaylikka intilamiz, zamon bilan baravar yuramiz, deymiz-u, zavq nimadaligini ko‘pincha farqlolmaymiz. Rey Bredberi bir asarida: «Elektron kitoblarning kelajagi yo‘q, chunki ular kitob emas! Elektron kitoblardan yoqib yuborilgan yoqilg‘ining hidi keladi» degandi. Qizig‘i, muallif ko‘pincha kelajak texnologiyalaridan bashorat qilguvchi asarlar yozgan. Mayli, texnika rivojlansin, e-kitoblar ham o‘quvchisini topsin, lekin bosma kitobga teng kelgulik xazina, uning isini beradigan boshqa vosita yo‘q. 📚 @kitoblar_pdf
Show all...
👤 Bodo Shefer 📓 "G'oliblik qonuniyatlari" Asarda muallif sizga moliyaviy erkinlikka olib boradigan yo'lni ko'rsatib, sizga va u kabi ko'plab odamlarga muvaffaqiyat qozonishga yordam beradigan maslahatlarni taklif qiladi. Hayotda farovon turmush asoslarini barpo qilish yoki noshudlik orqasidan qashshoq yashash-shaxsan o‘zingizga bog‘liq ekanligi ruhiy-falsafiy tarzda sodda bayon etiladi. Mazkur kitob hayotda muzaffar bo‘lishni xohlaganlar uchun yozilgan. 📚 @kitoblar_pdf
Show all...
#Mutolaa «Muhimi yaxshi kitob tanlash. Kitoblar ovqatga o‘xshaydi. Uni foydali va zararlisi bor. Ba’zisi foydali ozuqa va ba’zisi o‘ta yog‘li, foydasi ko‘p, lekin nafs xushlamaydigan bo‘ladi. Shirin, ishtaha ochuvchi taom bo‘ladi, lekin u foydali bo‘lmaydi. Ba’zi ovqatlar zahri qotil bo‘ladi. Yana zaharli lekin shirin parda bilan o‘ralgan bo‘ladi. Kim ustidagi mazasiga aldansa ichidagi zahri uni o‘ldiradi! Kim topgan narsasini achchiq-chuchuk, issiq va sovuqligini aralashtib yesa me’da va ovqatni yomon hazm qilish dardiga yo‘liqadi. Kim hamma narsani o‘qiyversa unda aqliy hazmni buzilishi paydo bo‘ladi. Kitoblarning jannatga kirgizadigani bo‘ladi. Do‘zaxga kirgizadigani bo‘ladi. O‘quvchi hushyor bo‘lsin. Ishonchli ustoz va ulamolardan so‘rasin. Bo‘lmasa mutolaani tark qilgan yaxshi. Yoshligimizda, bizning zamonda bu televizor, radio degan narsalar bo‘lmagan. O‘sha narsalar hali ixtiro qilinmagandi. Ovozli videolar bo‘lmagan. Bizning ovunchimiz faqat kitob bo‘lardi. Bunaqangi rasmli nashrlar yo‘q edi. Vaqt o‘tkazish uchun yengilroq narsa o‘qishni istasak “Qisosu Antara”, “Hamzatu al bahlavan”, “Al malikatu zatul himma”, “Siyrotu Bani Hilol” va shunga o‘xshash chavandozlik hikoyalarini o‘qirdik. So‘ng odob kitoblarini o‘qishni boshlardik. “Al ag‘oniy”ni (yigirma nechadir jildli) hammasini ikki yozgi ta’tilda o‘qib chiqqanman. Men o‘shanda o‘rta maktabning birinchi sinfida o‘qirdim. Undagi hamma narsani tushunmaganman, yarmini ham tushunmaganman. Lekin, o‘qiganman. Undagi xabarlarning ko‘pi xotiramda muhrlanib qolgan. Ancha vaqt bo‘lgani, xotiram zaiflashgani bilan hamon yodimda turadi». ✍ Shayx Ali Tantoviy 📚 @kitoblar_pdf
Show all...
#Hikoya ​​So‘nggi uchrashuv — Bugun oxirgi uchrashuvimiz, - dedi qiz ko‘zlari quvnab. — Ha, - dedi yigit ham uning qo‘lini mahkam siqarkan. — Endi boshqa uchrashmaymiz, doim birga bo‘lamiz. Ertaga to‘yimiz... ✍ Bekzod Ibrohim 📚 @kitoblar_pdf
Show all...
📓 "Oilada baxtga erishish yo'llari" ✍️ Deyl Karnegi Bu kitobda oilada uchraydigan ko'plab masalalar o'z aksini topgan. Nikoh, er-хotin munosabatlari, o'zaro xurmat-e'tibor, farzandlar tarbiyasi borasidagi хaydlar sizga manzur bo'ladi. Ayniqsa, mashхur shaхslar va oddiy insonlar hayotiga doir voqealar qalbingizdan joy oladi. Kitobda mehr-muhabbat, vafo-sadoqat, olijanoblik bilan birga hiyonat, razolat, jinoyat dunyosidagi kirdikorlar ochib beriladi. Muallif barcha kechmishlarni, turli qarashlar, nuqtai nazar va tamoyillarni oila bilan bog'lab, teran mushohada yuritadi. Insonning naqadar metin, iroda egasi ekanligini e'tirof etib, ba'zi hollarda esa, aksincha, ojiz, notavon mavjudotga aylanishini misollar bilan tushuntiradi. 📚 @kitoblar_pdf
Show all...
#Ijod Tildagi tafovutlar Biror tilni oʻrganish oʻsha tilda soʻzlashuvchi odamlarning ruhiyatini oʻrganish demak. Ajabo, inglizcha “moon” bilan ispancha “luna” — oy soʻzi chindan bitta maʼnoni berarmikan? Menimcha unday emas. Bu soʻzlarning orasida biz sezmaydigan juda nozik bir tafovut bor. Zero biron tilni oʻrganmoq dunyoga, eng asosiyi oʻzinga boshqa bir tarafdan nazar tashlamoqdir. ✍ Xorxe Luis Borxes 📚 @kitoblar_pdf
Show all...
😊 Yozuvchi bilan tanishuv: O‘tkir Hoshimov Yozuvchining bolaligi urush va urushdan keyingi mashaqqatli davrga toʻgʻri keldi. Pochtada xat tarqatuvchi boʻlib ishladi. Aynan mana shu ish oddiy odamlarning kitobdagi hayotdan butunlay boshqa turmushiga uni oshno qildi. Mutolaa ilovamizda adibning o‘ndan oshiq asarlari mavjud:Play Market / App Store #yozuvchi_bilan_tanishuv Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
Kitob – boylik. Lekin sotib olingani emas, o‘qilgani. © Asqad Muxtor #iqtibos Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
#инновация 🤖 Келажак робот официантлари: одам гиргиттонлар ишсиз қолиши мумкин 👤 Ресторан эгалари одамлар ўрнига озиқ-овқат етказиб берадиган учувчи роботларни алмаштирмоқчи. Бу албатта чет элда. Бизда эса .. - Чой берасан, чой 😁 Yoshlar kundaligi
Show all...
#тезкор Президент таътилга чиқди 🗓 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев бугундан қисқа муддатли меҳнат таътилига чиқди. Yoshlar kundaligi
Show all...