cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

IT specialist

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot

Show more
Advertising posts
12 523Subscribers
-1824 hours
-757 days
-30230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from IT specialist
#word 🧾 Word'da jadvallarni birlashtirish Jadvallarni birlashtirish uchun shunchaki ularning orasini ajratib turuvchi barcha belgi/simvollarni o‘chirish yetarlidir. Agar jadval, misol uchun, boshqa sahifada joylashgan bo‘lsa — shunchaki uni almashinish buferiga kesib oling (Вырезать, CTRL + X), kursorni kerakli jadvalning ostiga o‘rnating va boshqa sahifadan kesib olingan ikkinchi qismini joylashtiring (Вставить, CTRL + V). Bunday holatda, agar birlashtirilayotgan jadvallar bir xil miqdordagi ustunlarga ega bo‘lsa, ikkinchi jadvalning kengligi birinchisiga moslashtiriladi. 📝 Manba: @hacks_office ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Jadval chegaralarini tezkor o‘chirish Ko‘rinmas jadvalni qanday yaratish mumkin? Hujjatda turli ko‘rinishdagi chiziqlar va jadvalni tezkor hosil qilish Jadval yordamida matnni qanday aylantirish mumkin? Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qilish lozim? Hujjatdagi uzun jadval sarlavhasini boshqa sahifalarda ko‘rsatish Jadvalning sahifa boshida kelishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish Hujjatdagi jadval sarlavhasini qanday qilib boshqa sahifalarda ko‘rinadigan qilish mumkin? Jadvalning satri bo‘yiga kengaymasa nima qilish lozim? Jadval kataklarini qanday ikkiga ajratish/birlashtirish mumkin? Excel'ning keng jadvallarini Word'ga joylashtirish usuli MS Word jadvallarida formulalar bilan ishlash Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi? Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz Hujjatga ramka qo‘shamiz Hujjatga qanday qilib tezkor tarzda chiziqlar tortish mumkin? Word'da chiziqlarni o‘chirish Matnni ustunlar yordamida ajratish Word'da ro‘yxat elementlari o‘rnini tezkor almashtirish Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk Word'ning 17 foydali klavishlari kombinatsiyasini qulay shaklda o‘rganamiz! • Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...

⚡️Tashkent City Mall'да қандайдир космик янгилик кутилаётганга ўхшайди 🤔
Show all...
#mulohaza_uchun #hardware 😵‍💫 Yorug‘lik miqdori o‘zgarishi tufayli kamera tomonidan suratga olish tezligining o‘zgarishi. 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
🔥 5👍 2
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #security #software CyberShredder dasturi 🗑❌ CyberShredder - bu tezkor, xavfsiz va qulay yordamchi dastur, bu sizning kompyuteringizdagi maxfiy fayllarni butunlay yo‘q qilishga imkon beradi. Oddiy faylni o‘chirish fayl katalogidagi yozuvni va joylashuv jadvali ma’lumotlarini olib tashlaydi. Disk klasterlari tarkibidagi fayl ma’lumotlari aslida qattiq diskingizda saqlanib qoladi va keyinchalik ularni tiklash mumkin hisoblanadi. CyberShredder faylni o‘chiradi va fayldan bo‘shagan joy ustidan tasodifiy ma’lumotlarni qayta-qayta yozib tashlaydi, shuning uchun ma’lumotlarni qayta tiklash dasturlari buni hech qachon tiklay olmaydi. CyberShredder'ning sodda interfeysi maxfiy ma’lumotlardan butunlay xalos bo‘lishga yordam beradi. Fayllarni uch xil turdagi parchalash, shu jumladan NSA (MXA - Milliy Xavfsizlik Agentligi) tomonidan tasdiqlangan yetti bosqichli fayl ustidan yozish usullari yordamida o‘chiradi. ⚠️ E’tibor bering, CyberShredder tomonidan o‘chirilgan fayllar va kataloglarni ma’lumotlarni qayta tiklash uchun xizmat qiluvchi dasturlar yordamida tiklashning imkoni bo‘lmaydi. Undan ehtiyotkorlik bilan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling. Dastlab sinov uchun ba’zi oldindan nusxalab olingan ma’lumotlar bilan uning xatti-harakatlarini tahlil qilish orqali dasturdan qanday foydalanishni o‘rganib olish tavsiya etiladi. 🌐 Dasturning Internetdagi rasmiy sahifasi: https://www.cylog.org/utilities/cybershredder.jsp 📎 CyberShredder v1.12 dasturini yuklab olish. 📌 P.S.: Arxivdan dasturning o‘rnatiluvchi (.EXE) va o‘rnatilgan, ya’ni Portable (.ZIP) variantini topib foydalanishingiz mumkin. ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi kompyuter dasturlaridan foydalanish tavsiya etiladi: Ingliz tilini o‘zlashtirish uchun foydali dasturlar, mobil ilovalar va tavsiyalar jamlanmasi Соло на клавиатуре dasturi easyQuizzy dasturi Internet Download Manager dasturi Punto Switcher dasturi Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida USB Safely Remove dasturi Savodxon dasturi haqida Papkaga parol o‘rnatish uchun Encrypto dasturi Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri • Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism • Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism • Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...

👍 4
Repost from IT specialist
#excel Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar 🚀 1️⃣. Bir nechta yacheykalarni bir xil qiymat bilan to‘ldirish uchun, ularni dastlab belgilang, yacheykalardan biriga qiymatni kiriting va CTRL + ENTER'ni bosing. 2️⃣. Listlar bo‘ylab tezkor o‘tish uchun CTRL + PAGE UP va CTRL + PAGE DOWN klavishlari birikmasidan foydalaning. 3️⃣. Agar birovning kompyuterida dasturdan foydalanish istagi yuzaga kelib, biroq Excel yorlig‘ini topa olmasangiz, unda WIN + R klavishlari birikmasi yordamida “Выполнить (Run)” oynasini chaqirib, unga “excel” so‘zini (qo‘shtirnoqlarsiz) kiritgan holda ENTER klavishini bosing (dastur kompyuterga o‘rnatilgan bo‘lsa ochiladi, aks holda xatolik oynasi yuzaga keladi). 4️⃣. Funksiyani qolgan satrlarga nisbatan pastga qarab tortish orqali qo‘llashdan tashqari, faol yacheykaning o‘ng pastki burchagidagi to‘rtburchak marker ustiga (sichqonchaning chap tugmasi bilan) ikki marta bosish orqali buni qo‘llash mumkin (ushbu post ostiga biriktirilgan rasmda ko‘rsatilgan👇🏻). ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: 15 лучших трюков от Павла Когана Excel bilan 10 tezkor tryuk Excel'da hayotingizni osonlashtiruvchi 10 ta formula Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar) • CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism Hisob-kitoblar uchun qaynoq klavishlar Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi? MS Excel’da filtr qo‘llanganida satrlarning avtomatik qayta raqamlanishi haqida Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash • Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...

👍 6
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #maslahat Vaqtinchalik fayl va papkalarni o‘zida saqlab turuvchi Temp papkalarini vaqti-vaqti bilan “bo‘shatib turish” haqida 🗑 Faraz qilaylik siz yaqinda Windows operatsion tizimini qayta o‘rnatdingiz. Tabiiyki, operatsion tizim ishga tushganidan so‘ng, kompyuterning ichki qurilmalari uchun drayverlar va ish jarayonida kerak bo‘ladigan dasturiy ta’minotlar va tizim uchun yordamchi dasturlar qo‘shimcha tarzda o‘rnatiladi. Ba’zi bir drayverlar hamda dasturiy ta’minotlar o‘rnatiluvchi .EXE faylining ichida hajmi kichraytirilgan holda keladi va o‘ziga kerak bo‘ladigan fayl va papkalarni Temp papkalariga ajratib oladi. Shu bilan birga, ba’zi dasturiy ta’minotlar o‘rnatib bo‘linganidan so‘ng, ushbu vaqtinchalik fayl va papkalarni o‘chirib tashlaydi, ba’zilari esa yo‘q. Vaqt o‘tib asta-sekin C diskining hajmi noma’lum sabablarga ko‘ra to‘lib qolganiga hayron ham qolamiz. 👉🏻 Batafsil… 📌 C diskining asta-sekin to‘lib borishining asosiy sababchilardan biri hisoblangan: C diskidagi Users papkasidagi joriy foydalanuvchiga tegishli Рабочий стол, Мои документы, Загрузки, Изображения, Мои видеозаписи va Моя музыка kabi papkalarni D diskiga mohirona o‘tkazish haqidagi ushbu maqolamizni ham albatta o‘qib ko‘ring! ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:Windows 10'ni tezlashtirish uchun 10 maslahat • Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...

👍 5
#smartfon #android #IT_humor Hech gap yo‘q, shunchaki Android foydalanuvchilari ekran tasviri (skrinshot)ni hosil qilishmoqda... 🙄 ℹ️ Smartfon rukni ostida joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
🤣 5😁 3👍 1
#internet #software #IT_humor Eh, attaaaang, boyaqish boshqa brauzerlarni yuklab olish uchun yaxshi vosita edi... 🙄 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...
🤣 18🫡 5 1
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim ⚙️ Operativ (tezkor) xotiradagi ziyon ko‘rgan sektorlarni qanday aniqlash mumkin? Kompyuter ishlab turgan paytda operativ xotirada operatsion tizim, ishga tushirilgan dasturlar ma’lumotlari, shuningdek protsessor tomonidan ishlov beriluvchi kiruvchi, chiquvchi va oraliq ma’lumotlar joylashgan bo‘ladi. Operativ xotira bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘lsa, bularning barchasi yomon ishlaydi. MemTest86 - kompyuter yoki noutbukdagi operativ xotirani xatoliklar va ishlashidagi muammolarga qarshi tekshirish imkonini beruvchi bepul dastur. Yordamchi dasturning o‘ziga xosligi shundaki, u operatsion tizim tarkibida emas, balki fleshkaga yozib olib, BIOS orqali ishga tushiriluvchi alohida obraz ko‘rinishida kelishidir. Bunday ishga tushirish usuli o‘z afzalliklariga ega: dastur operativ xotirani butunlay sinovdan o‘tkaza oladi va operatsion tizim unga xalaqit bermaydi. Operatsion tizim ishga tushmasa yoki uzilishlar bilash ishlagan taqdirda, siz xotira bilan bog‘liq muammolar bor yoki yo‘qligini aniqlab ko‘rishingiz mumkin. Dastur butun xotirani oldindan mavjud ma’lumotlar bloklari qaytarilishlari bilan yozib to‘ldiradi, so‘ngra ikki o‘tishda: kichik manzillardan kattalariga qarab o‘tgan holda yozilgan ma’lumotni o‘qib solishtiradi. Mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha xatoliklarni aniqlash uchun protsedura turli xil ma’lumotlar namunalari uchun takrorlanadi. Xotiraning alohida modulini tekshirganingiz maqsadga muvofiqdir, ya’ni bunda biz kompyuterni o‘chiramiz, uni ochamiz, operativ xotiraning bittadan boshqa barcha modullarini ajratib olamiz va kompyuterni ishga tushirgan holda uni tekshiramiz. Jarayon yakunlanganidan so‘ng – joriy modulni uzib, keyingisini ulaymiz va tekshirishda davom etamiz. Shunday qilib, muammolar aynan qaysi modulda yuzaga kelayotganini aniqlash mumkin. 📎 MemTest86 dasturini yuklab olish. 📝 Manba: @bugfeature ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi: Kompyuterning asosiy (ona) platasidagi batareyka nima uchun xizmat qiladi? UEFI yoki BIOS: qanday tekshirsa bo‘ladi? Windows tizimli kompyuterni kerakli paytda o‘zi yonadigan qilamiz! Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz Rufus dasturi yordamida Windows 11 bilan yuklanuvchi fleshkani yaratish WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish Kompyuter dasturlari: MSDaRT (Microsoft Diagnostic and Recovery Toolset)Ventoy • Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...

👍 4
Repost from IT specialist
#word #smartfon #android Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida 🔄 Ko‘pincha bizga kirill yoki lotin alifbosida materiallar kelganida ularni kirilldan-lotinga, lotindan-kirillga o‘girish ehtiyoji paydo bo‘lib turadi. Bundan tashqari hujjatimizni odatdagidek emas, balki kitob ko‘rinishida chop etish ehtiyoji ham yuzaga keladi. Siz bilan bo‘lishmoqchi bo‘lganimiz, Translit dasturi ana shu muammolarni hal qilishingizda sizga yordam beradi. 👉🏻 Batafsil... 📎 Microsoft Word matn muharriri uchun Translit dasturini yuklab olish. 1️⃣. Ha, aytgancha, Android smartfoni foydalanuvchilariga Klavus mobil ilovasini yuklab olib, qoida sifatida o‘rnatgan holda foydalanishni tavsiya etamiz. Shunda O‘ va G‘, hamda kirill alifbosidagi Ў, Қ, Ғ, Ҳ harflarini smartfoningiz yordamida ham to‘g‘ri kiritib borasiz. Biz ushbu ilovadan doimiy tarzda foydalanib kelamiz. 😉 2️⃣. Qo‘shimcha sifatida Sizga o‘zimizning Internet makonida taqdim etilib kelinayotgan quyidagi xizmatlarni tavsiya etamiz: 👉🏻 Matn.uz 👉🏻 Savodxon.uz 👉🏻 @LotinKiril_bot 👉🏻 @bexatobot 📌 Quyida keltirilgan ko‘rsatmaga amal qilishingiz mumkin: Xatolarimizni to‘g‘rilaylik! ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi: Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar • Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism 👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Show all...

👍 4