cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

❤️ Kõngil bitiklari ❤️

Кўнгил битиклари, ҳар кимда ҳар хил. Ким бахтни ёзади, яна ким ғамни. Гоҳ сийлар, гоҳида савалар тақдир. Гоҳ кулиб енгамиз кўздаги намни..! ° ° ° ° ° ° ° @kungil

Show more
Tajikistan7 485The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
271Subscribers
No data24 hours
-47 days
-630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Openbyujetga ovoz bermaganlar bormi??
Show all...
Вақтнинг 12 та сири — Ўйлаш вақти келди! ▪️1. Иш учун вақт топинг – бу муваффақият баҳоси. ▪️2. Ўйлаш учун вақт топинг – бу куч манбайи. ▪️3. Ўйин учун вақт топинг – бу ёшликнинг сири. ▪️4. Ўқиш учун вақт топинг – бу билим пойдевори. ▪️5. Аллоҳ учун вақт топинг – бу диёнат йўлидир. ▪️6. Дўстлик учун вақт топинг – бу бахт манбайи. ▪️7. Севги учун вақт топинг – бу ҳаётнинг муқаддас совғаси. ▪️8. Орзу учун вақт топинг – шунда кўнгил юлдузларга етади. ▪️9. Кулгу учун вақт топинг – бу ҳаёт қийинчиликларини енгишга ёрдам беради. ▪️10. Гўзаллик учун вақт топинг – бу нарса ҳамма жойда мавжуд. ▪️11. Соғлик учун вақт топинг – бу ҳаёт хазинаси. ▪️12. Режалаштириш учун вақт топинг – бу олдинги 11 ишларни бажариш учун вақт топиш сиридир.. @kungil 👈👈👈
Show all...
​​​​​КEЧИРГИН БОЛАМ... Бир кун келиб кексайиб қолсам, Гапиришдан, юришдан толсам, Сени қийнаб,  ташвишга солсам, Инжиқлигим кечиргин болам. Уст бошимни булғаласа лой, Яноғимда қолмаса чирой, Дастурхонга тўкиб қўйсам чой, Инжиқлигим кечиргин болам. Ташвиш бўлсам йил ўтган сари, Эзмалансам бола сингари, Юзингни ҳеч бурмагин нари, Инжиқлигим кечиргин болам. Ҳасратларим қалашиб кетса, Инжиқлигим сал ошиб кетса, Сўзларимдан ҳарф тушиб кетса, Инжиқлигим кечиргин болам. Тутдек бўлиб ерга тўкилсам, Давраларда бошингни эгсам, Эҳ баъзида жонинга тегсам, Инжиқлигим кечиргин болам. Овқатимни чайнолмай қолсам, Бир коринга яролмай қолсам, Оёқ тортиб, юролмай қолсам, Инжиқлигим кечиргин болам. Кўп гапирсам тутмагин бошинг, Эзмалансам уймагин қошинг, Тўкиб қўйсам устимга ошинг, Инжиқлигим кечиргин болам Қоматингдан ўзим ўргилай Кулгуингдан таскинлар терай Зардаларинг кўрмай жон берай, Мен шўрликни кечир жон болам. @kungil
Show all...

​​#hayotiy_voqea ❗️Ustozlarni qadrlang O‘ngdagi rasmda boshiga quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak taqib yurgan kishi 15 yildan ortiqroq vaqt o‘z mamlakatida bo‘lmagandan so‘ng uni sharaflash uchun Iroqqa chaqirilgan Britaniyaning London shahridagi yurak kasalliklari bo‘yicha katta maslahatchi kardiolog doktor Ziyo Kamoluddin. Doktor faxriy zalga kirmoqchi bo‘lib turganida bir cholning yo‘lakka gazetalarni qo‘yib, gazeta sotayotgani uni to‘xtashga majbur qildi. Doktor gazeta sotuvchining yonida bir muddat turdi-da, so‘ngra zalga kirdi. Doktor zalga oyoqlarini sudrab, zo‘rg‘a kirdi. U o‘tirdi, lekin uning fikri-xayoli gazeta sotuvchisida qoldi. «Ijodkorlik» nishonini taqish uchun shifokorning nomi chaqirilganda, u o‘rnidan turdi. Lekin u minbarga chiqmay, zaldan chiqib ketar ekan, hamma hayrat bilan doktorga qarab qoldi!!! Doktor o‘rnidan turib gazeta sotayotgan qariyaning oldiga bordi va uning qo‘lidan ushlagan edi, u qo‘lini tortib oldi. Gazeta sotuvchi qariya: - “Meni qo‘yib yubor o‘g‘lim, men bu yerga boshqa gazeta yoymayman”, dedi. Doktor bo‘g‘iq ovoz bilan unga shunday dedi: - “Siz bundan keyin aslo gazeta yoymaysiz. Iltimos, men bilan yursangiz.”. Gazeta sotuvchi qarshilik ko‘rsatar, doktor esa uning qo‘lidan ushlar edi. Qariya doktor ko‘zlaridan yosh oqayotganini ko‘rgandan keyin qarshilik qilmay qo‘ydi. Shunda qariyani zalga olib kirdi. Gazeta sotuvchi: - O‘g‘lim, senga nima bo‘ldi? Doktor gapirmasdan u bilan minbar sari yurishda davom etdi. Tomoshabinlar hayron edi, lekin doktor yig‘lar, gazeta sotuvchisini quchoqlab, boshidan o‘par ekan, shunday der edi: - Siz meni tanimadingiz-a, ustoz Xalil???? Gazeta sotuvchi esa: - Yo‘q, Allohga qasamki, men seni tanimadim. Aybga buyurmaysan, bu yog‘i qarichilik, deya javob berdi. Shunda doktor: - Men markaziy o‘rta maktabdagi o‘quvchingiz Ziyo Kamoluddinman, men doim birinchi bo‘lganman, siz esa meni rag‘batlantirib, meni kuzatib turar edingiz. 1966 yillar edi... Undan keyin sotuvchi shogirdini bag‘riga bosdi. Shunda doktor o‘ziga berilgan nishonni olib, bir vaqtlar arab tilidan o‘qituvchi bo‘lgan gazeta sotuvchisining ko‘ksiga taqib qo‘ydi. Keyin doktor katnashchilar oldida o‘z nutqini so‘zladi: - “Mana shular hurmatga loyiq zotlardir. Allohga qasamki, bizning qoloqllik va jaholatga yuz tutishimiz qachon yuz berdi. Qachonki ustozlarni xorlab, huquqlarini poymol qilib, ularni o‘zlariga munosib  mavqelarga qo‘ymay va yuksak darajalariga mos ravishda hurmat-ehtirom ko‘rsatmay, qadrlamay qo‘yganimizdan keyingina mana shunday qoloqlashib, ilmsiz va nodon kimsalarga aylandik”. @kungil 👈👈👈👈
Show all...

​​Bir insondan so‘rashibdi: hayotingiz davomida bir insonning o‘zgarib boshqa insonga aylanganligini ko‘rdingizmi? - Yo‘q! Ko‘rmadim! Ikkita qirg‘iy ko‘rdim va ular qiy-qiylashdi! Ikkita burgut ko‘rdim va ular ovozsiz parvoz qilishdi! Ikkita quyon ko‘rdim va ular titrab tishlari bilan taq-taq qilishdi! Bir ilon ko‘rdim vishshillab zahrini sochay deb turuvdi! Bir eshak ko‘rdim yo‘lning o‘rtasida to‘xtab “iiiiii!!! aaaaaaaa!!” deyotgan edi! Va bir sherni ko‘rdim o‘kirib o‘zini kimligini bildirib turgan ekan! - Voooy! Men sizdan odamlar haqida so‘radimuuu! Sizni dono inson deb yurgandim! Odamlar qolib hayvonlar haqida o‘ylab yuradigan odam ekansiz va hech qanaqa dono emassiz! - Men rostini aytdim: Ikkita qirg‘iy bu mening ikki ko‘zim. Ko‘rgan-bilganini aytib aqlsiz qiy-qiylayveradi. Voy ko‘rdim, voy ko‘rdim deydi. Ammo ko‘rganining tagida qanday sir yotganini bilishga qiziqmaydi. Agar o‘zgarmoqchi bo‘lsangiz ko‘rib qolganingizda “voy!voy” lamay ko‘rganlaringizning sizga foydali tomonlarini bilish uchun aqlingizga ulang ko‘zingizni! Osmonda uchib yurgan burgut uyning ichida qanday ovqat pishirilayotganligini bilmaydi. Shuning uchun osmonlarga uchavermay uyingizdagi qora qozonda nima borligiga qarab qo‘ying! Bu o‘zgarmoqchi bo‘lgan odam uchun ikkinchi qadamdir! Qo‘rqoq quyonlarning ishi titrash va tishlarini “taq-taq” qilish! Siz qachonki titrashdan to‘xtab, tishlaringizni taqqillashini yo‘qotasizki, ichingizda halovat paydo bo‘ladi. Muammodan qochgan insonning ichiga qaltiroq kiradi va tishi taqqillaydi. Qo‘rqmang! Muammolarni yechishdan qo‘rqmang! Bu o‘zgarishning uchinchi qadami. Ilon bu sizning zaharli so‘zlaringizdir! Tilingizning tagidagi yuganchasiga kuchingiz yetmasa, boshqalargayam siyosatingiz taʼsir qilmaydi. Tilingiz ilonning zahrini eslatmasin, shirin gapirishga o‘rganing. Bu o‘zgarishning to‘rtinchi qadami! Yo‘lning o‘rtasiga turib olib “iiii! aaaaa!” deb xangirayotgan bu mening dangasa tanamdir! Biror ish qilishdan oldin “iiiii! aaaaaa” deb meni dangasalikka chorlaydi. Sakson kilo go‘sht va o‘n kilo suyakka kuchingiz yetmasa u dangasa bo‘lib “iiiii! aaaaa!” deb xangrayveradi. O‘zgarishning beshinchi qadami dangasalikdan chiqing sakson kilo go‘sht va o‘n kilo suyagingiz sizning aytganingizni bajarsin! Hammaga baqirish podsho bo‘lish degani emas! Sherxon bo‘lish faqat o‘kirishdan iborat emas! Sherdek bo‘ling kuchsizlar sizga suyana olishsin! Ayolingizga shafqat qiling! Farzandingizga rahm qiling! Bu o‘zgarishning oxirgi qadamidir! Shu o‘zgarishlarni o‘zimda qilolmasam, boshqalar o‘zgarishini aniqlashdan nima foyda! Siz o‘zgaring! Bugunoq o‘zgaring! Psixolog Zebinso Axmedova @kungil 👈👈👈👈👈
Show all...

@kungil 👈🏻👈🏻👈🏻😢😢😢😢😢
Show all...
Уйлар катталашди, лекин оилалар кичрайди. Тиббиёт ривожланди, лекин касалликлар кўпайди. Биз ойга етдик, лекин қўшнини эсдак чиқардик. Пул, бойлик кўпайди, лекин хотиржамлик йўқолди. Ақл қанчалик ўсди, лекин донолик шунчалик пастлади. Билим кўпайди, лекин ҳис-туйғулар чилпарчин бўлди. Дўстлар кўпайди, лекин садоқат йўқолди. Бўш вақтимиз кўп, лекин учрашиш, кўришишга вақт йўқ! Олдинлари уйлар лойдан, қалблар эса меҳр-муҳаббат ва соғинчдан иборат эди. Эндиликда уйлар тиллою-кумушдан, лекин юраклар тошга айланди. @kungil 👈👈👈
Show all...
Аллоҳни фарзини адо этаман деб ширин уйқусидан кечиб сахарлик қилиш учун уйғонганларни Аллоҳ Жаннати ила мукофотласин, АМИН 🤲 Дўстларга улашинг! 👉 @kungil
Show all...
Саҳарлик учун чироғи ёнган уйларга Аллоҳнинг файзу барокати ва Рахмати ёғилсин... Бизга қўшилинг 👇👇👇😘 @kungil
Show all...