cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

💻 Kompyuter sirlari ™💻

┃● ══ ⊙°° ┃ ┃██████████┃ ┃██████████┃ ┃██████████┃ ┃██████████┃ ┃██████████┃ ┃ 🔘 ┃ Bot: @ehaker_bot Guruh: @HakerlikSirlari_group Aloqa: @HakerSms_bot Reklama: @Foydali_ReklamaTv

Show more
Uzbekistan29 251The language is not specifiedTechnologies & Applications
Advertising posts
469Subscribers
No data24 hours
+37 days
-330 days
Posts Archive
😱 Endi tasvirgan olingan videolarni multfilmga aylantirish mumkin! 💎 DomoAi 10 ta uslubni taklif etadi, jumladan Pixar, anime, pikselli va boshqa turdagi animatsiyalar. Undan foydalanish uchun Discord serveriga video yuklash va uslubni tanlash kifoya. 🎞 Havolani qoldiraman. ➡️ #ai | Birinchi raqamli IT-Blog
Show all...
🔥 1
🥲 Adobe kompaniyasi Figma onlayn-tahrirchisini sotib olishdan bosh tortdi ℹ️ Kelishuv 20 mlrd. AQSH dollariga baholangan edi va bu summa Figmaning yillik daromadidan 50 baravar ko'proq degani. Afsuski, kelishuv o'xshamadi. Endi Adobe kelishuvni buzgani uchun 1 mlrd. dollarni shunchaki to'lab beradi.
Show all...
🔥 1
😄 Adobe Photoshop'ning yangi imkoniyatlari ekan 💬 Siz ushbu dasturdan foydalanasizmi? ➡️ #adobe | Birinchi raqamli IT-Blog
Show all...
3👍 2
Microsoft kompaniyasi Windows 12 operatsion tizimni chiqaradi Microsoft yangi operatsion tizimida sun'iy intellektga asoslangan funksiyalarni mavjud tizimga muvofiq birlashtirib bormoqda. Commercial Times ma'lumotlariga ko'ra, Windows 12 operatsion tizimi 2024-yil iyun oyida chiqishi kutilmoqda.
Show all...
👏 1🤔 1
OpenAI'ning Q-Star sun’iy intellekt modeli haqida birinchi ma’lumotlar paydo bo’ldi OpenAI'ning yangi mahsuloti, maxfiyligiga qaramay, allaqachon mashhurlikka erishgan. Mutaxassislarning fikricha, Q-star deb nomlangan loyiha sun’iy intellekt sohasida katta burilish bo’ladi. Q-star Q Learning uslubida o’qitiladi, ya’ni bu unga jazo va mukofotlar orqali o’z harakatlarining to’g’riligini tushunish imkonini beradi. Ushbu yondashuv neyron tarmoqqa uning o’ziga xos harakati to’g’ri yoki xatoligini anglashga yordam beradi. Shuningdek, u bir nechta mavjud yechimlardan eng yaxshisini tanlashga yordam beradigan qidiruv algoritmi bo’lgan A-star Search yordamida ham o’qitiladi. Algoritm muammoni hal qilishning eng qisqa yo’lini topish qobiliyati bilan mashhur. Q-star loyihasi haqida hozircha juda kam ma’lumotlar mavjud, u insoniyat uchun jiddiy xavf tug’dirishi mumkin. Biroq boshqa tomondan, uning qobiliyatlari taraqqiyotda katta rivojlanishga ham olib kelishi mumkin. @HakerlikSirlari
Show all...
👎 1👏 1
Korzinka Go ilk buyurtma uchun 30000 soʻm chegirma beradi, Mana, promokod — tdzojf2d. https://krzn.uz/cijsYRuN
Show all...
⚡️Google kutilmaganda o’zining yangi Gemini sun’iy intellektni chiqardi — bu matn, audio, video va tasvirlar bilan ishlay oladigan multimodal neyron tarmoqdir. Uning uchta versiyasi mavjud bo’ladi:Nano — oddiy vazifalar uchun mo’ljallangan, uni allaqachon Pixel 8 Pro smartfonida sinab ko’rish mumkin. • Pro — murakkab vazifalar uchun mo’ljallangan versiyasi, bugundan boshlab Bard chatbotida ishlaydi. • Ultra — eng ilg’or model, keyingi yildan ishga tushiriladi. Model MMLU testlarida 90% natija ko’rsatdi, bu GPT-4V ko’rsatgan natijadan ham yaxshiroq. Yaqin oylarda Gemini kompaniyaning boshqa mahsulotlariga ham integratsiya qilinadi: qidiruv, reklama, Chrome brauzeri va boshqalar. U nimalarga qodirligini videoda ko’rishingiz mumkin. 📟 DigiTech
Show all...
🔥 1
Dasturchilar qurayotgan startuplari: ✓palitra.app - Ranglar palitrasini topuvchi ✓webshot.app - Skrinshot rasmlarni chiroyli formatlash ✓ animstats.com - Animatsion videolarni tayyorlovchi buildfolio.io - Dasturchilar portfoliosini namoyish qilish uchun platforma firecamp.dev - Dasturchilar uchun Postmanning analogi
Show all...
👍 1
Sem Altman OpenAI boshqaruv kengashiga qaytdi
Show all...
🔥 4
⚡️OpenAI kompaniyasining eng yirik investorlari Sem Altman'ni bosh direktor lavozimiga qaytishini talab qilishmoqda. To’satdan yuz bergan o’zgarishlar ular uchun ham kutilmagan bo’ldi. Bundan tashqari, Altman ishdan bo’shatilgandan so’ng, ba’zi muhim OpenAI xodimlari ham norozilik sifatida ishdan bo’shashga ariza topshirishgan. Endi investorlar nafaqat Altman'ni qaytishini, balki uni ishdan bo’shatgan direktorlar kengashini ham almashtirishni talab qilishmoqda. Sem Altman bilan bu borada muzokaralar allaqachon boshlangan. Xullas, Taxtlar o’yini davom etmoqda. 📟 DigiTech
Show all...
🤯 1
OpenAI yana bir asoschisi ham ishdan ketdi Sam Altman ishdan bo’shatilgandan keyin, uning sherigi bo’lgan, OpenAI hammuassisi, Greg Brokman ham ishdan o’z xohishi bilan ketishini e’lon qildi. Buning sababi esa aynan oxirgi yangiliklar. Sam ishdan bo’shatilishi bilan birga, Greg ham boshqaruv kengashidan chetlatilgan, ammo kompaniyadagi lavozimini saqlab qolgan edi. Marketing o’zbek tilida — @marketingbolimi
Show all...
ChatGPT asoschisi ishdan boʻshatildi OpenAI (jumladan, ChatGPT) asoschisi va rahbari bo’lgan Sem Altman ishdan boʻshatildi. Kompaniyaning boshqaruv kengashi uzoq mulohazalardan soʻng shunday qarorga kelgan. Sam Altmanning oʻzi X (Twitter) platformasida yozishiga koʻra, uning kompaniyadagi ulushi ham xavf ostida boʻlishi mumkin.
Show all...
🔥 1
Hisobot: «GRU» Ukrainada kiberhujumlarning yangi usullaridan foydalanyapti Mandiant tadqiqotida aytilishicha, rossiyalik hakerlar bir necha oy davomida Ukraina elektr tarmoqlarini o‘rgangan va yangi usullar yordamida nimstansiyadagi avtomatik o‘chirgichlarini o‘chirib qo‘ygan.
Rossiya harbiy razvedkasining («GRU») 74455-harbiy qismidan bo‘lgan Sandworm hakerlar guruhi Ukrainadagi elektr stansiyalarini o‘chirishning yangi usullaridan foydalangan. Bu haqda Amerikaning kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan Mandiant kompaniyasining 9 noyabr, payshanba kuni chop etilgan tadqiqotida aytiladi. Mandiant 2022 yil 10 va 12 oktyabr kunlari Ukrainadagi muhim infratuzilmaga qilingan hujumlarni o‘rganib chiqdi va ular bir necha bosqichda amalga oshirilganini aniqladi. Birinchidan, hakerlar kompyuter tizimiga kirib, bir necha oy davomida uni o‘rgangan. 10 oktyabr kuni ular nimstansiyadagi avtomatik o‘chirgichlarni masofadan turib o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlari Ukrainadagi muhim infratuzilmaga yirik raketa hujumlarini uyushtirgan, deyiladi tadqiqotda. Ikki kundan so‘ng, ikkinchi bosqich boshlangan, unda kompyuter tizimiga maksimal darajada zarar yetkazishi va ma’lumotlarni qayta tiklashni imkonsiz qilishi mumkin bo‘lgan Caddywiper virusining yangi varianti ishlatildi. Ushbu Sandworm hujumlarini avvalgilari bilan solishtirgandan so‘ng, mutaxassislar ularda yangi komponentlarni topdi. Bu Rossiyaning operatsion tizimlarga yo‘naltirilgan kiberimkoniyatlarga sarmoya kiritishda davom etayotganini ko‘rsatadi, deyiladi tadqiqotda. Avvalroq Rossiya maxsus xizmatlari hakerlari dunyo bo‘ylab siyosiy, moliyaviy va sport infratuzilmalariga hujum qilishda bir necha bor ayblangandi. Shu tariqa, AQSh Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, «GRU» zobitlari 2017 yilda bo‘lib o‘tgan Fransiya prezidenti saylovlariga va 2018 yilda Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarini tashkillashtirishga aralashishga qaratilgan kiberhujumlarda ishtirok etgan. Rossiyalik hakerlar 2016 yilgi AQSh prezidentlik saylovlariga aralashishda ham ayblangan.
@HakerlikSirlari
Show all...
👍 1
Open AI O‘zbekiston uchun Chat GPT’ga рухсат берди. Endi platformada O‘zbekiston mobil raqamlari orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Show all...
Ilon Mask oʻzining «Grok» nomli sun'iy intellekt yordamchisini ishga tushirdi. Grok ni hozir hamma ham ishlata olmaydi, u hozircha twitterdagi premium obunasi borlar uchun asta sekin taqdim qilinmoqda. Grok ni katta afzalliklaridan biri-u real vaqtdagi ma'lumotlar bilan ishlay olishi
Show all...
🔥 2
💡Пуск -> Выполнить (Win+R) asosiy kommandalari: 📍calc - kalkulyator 📍mstsc - "удаленный рабочий стол" 📍services.msc - windows servislar 📍notepad - bloknot 📍msconfig - tizim konfiguratsiyasi 📍msinfo32 - tizim haqida ma'lumot 📍compmgmt.msc - kompyuterni boshqarish 📍eventvwr.msc - windows hodisalarini ko'rish oynasi 📍control - windows parametrlari 📍resmon - resurslarni monitoring qilish 📍cmd - kommandalar kiritish(командная строка) 📍gpedit.msc - lokal foydalanuvchilarni boshqarish 📍regedit - windows reestr haqida ma'lumot 📍firewall.cpl - windwos brandmaur oynasi 📍C: va / - C diskka kirish
Show all...
🔥 5
🎥 Adobe tez orada Adobe Premiere Pro video tahrirlash dasturiga Generative Fill sun’iy intellekt funksiyasini qo’shadi. U nimalarga qodirligini bir ko’ring. U orqali videoga bir necha soniyada yangi kadrlar va maxsus effektlar qo’shish mumkin, sifat darajasi Gollivudnikidan qolishmaydi! Yaqinda bizni juda ko’p qiziqarli kontentlar kutmoqda. 📟 DigiTech
Show all...
👍 2
Bu gapda jon bor. Ingliz tilini bilmaydigan dasturchi: Yiliga 30 ming dollar topadi Ingliz tilini biladigan dasturiy ta'minot muhandisi: Yiliga 100 ming dollar topa oladi Oʻzbekistonda agar dasturchi 2500$ oylik olsa yiliga 30 000$ boʻladi @botirziyatov
Show all...
🔥 1
Mask Twitter’ni tanishuvlar saytiga aylantirmoqchi. Amerikalik biznesmen Ilon Mask o‘tgan yili sotib olgan X ijtimoiy tarmog‘ini (sobiq Twitter) tanishuvlar sayti va raqamli bankka aylantirmoqchi. Bu haqda Business Insider portali X kompaniyasining yaqinda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishiga tayanib xabar berdi. Nashr aniqlik kiritishicha, 26-oktyabr kuni X’da Mask va kompaniya bosh direktori Linda Yakkarino ishtirokida videokonferensiya orqali uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Unda tadbirkor “X 2024-yilda to‘laqonli tanishuv saytiga, shuningdek, raqamli bankka aylanadi”, deb aytgan. Tadbirkor o‘z rejasining tafsilotlarini oshkor qilmagan, biroq tanishuv funksiyasini yaratish talabga bog‘liq bo‘lishini ta’kidlagan. Nashrning qayd etishicha, bu tashabbus Maskning ko‘proq pullik funksiyalarni joriy etish rejalariga mos keladi, chunki tanishuv ilovalari odatda pullik obunani o‘z ichiga oladi. Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, Maskda XWire nomli yangiliklar xizmatini yaratish g‘oyalari ham bor, u Cision kompaniyasining PR Newswire servisi bilan raqobatlasha oladigan bo‘lishi kerak. Mask 2022-yil 27-oktyabrda Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib olgandi. 24-iyulda Twitter’ning nomi X deb o‘zgartirildi. Innovatsiyalar platforma logotipiga ham ta’sir qildi: endi u ko‘k qush o‘rniga X harfini aks ettiradi, domen esa x.com.ga o‘zgartirildi. @HakerlikSirlari
Show all...
👍 2
O‘zbekistonda raqamni saqlagan holda mobil operatorni o‘zgartirish imkoniyati yaratildi 27-oktyabr kuni ICTWeek Uzbekistan — 2023 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida O‘zbekiston mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini ko‘chirish xizmati (MNP) ishga tushirildi. Xizmatning ishga tushirilishi O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan mobil aloqa operatorlari o‘rtasida sog‘lom, ijobiy raqobatni yanada kuchaytirish bilan birga ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining oshishiga olib keladi. Uning qulayligi shundaki, endilikda abonentlar mobil aloqa operatorlarining xizmat ko‘rsatish sifatiga qarab istalgan kompaniyani tanlashi mumkin. Bu jarayonda mobil aloqa abonentlariga ular boshqa operatorga ko‘chganda o‘z abonent raqamini saqlab qolish imkoniyati taqdim etiladi. Bu raqam yo‘qotilishining oldini oladi hamda aloqa operatorlari tomonidan raqam resurslaridan yanada oqilona foydalanilishiga xizmat qiladi. Mobil aloqa abonentlariga o‘z mobil raqamlarini saqlagan holda o‘zlari xohlagan mobil aloqa operatori xizmatlaridan foydalanish imkoniyati taqdim etilayotgani xizmatning eng qulay tomonidir. Dastlabki bosqichda jismoniy shaxslar o‘zi o‘tishni xohlagan mobil aloqa operatori ofisiga tashrif buyurgan holda murojaat etadi hamda mobil raqami ko‘chirilgan yangi sim kartani olib ketadi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda Beeline, Mobi.uz, Ucell, Uztelecom, Humans kabi 5 ta mobil aloqa operatori faoliyat ko‘rsatadi. Ular tomonidan mijozlarga mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Agar xizmatdan foydalanib, mobil aloqa operatori o‘zgartirilsa, ko‘chirilgan raqamlar o‘z shaklini va ko‘rinishini saqlab qoladi. @HakerlikSirlari
Show all...
👍 3
Top 40 protsessors
Show all...
🔥 1
Telegram Destop 4.10.4 beta (21.10.23) versiyasida kodlarni tanib olish (highlighting) qo'shildi. Bundan tashqari, bitta copy tugmasi orqali barcha kodni nuxsalash mumkin... Ma'lum bo'lishicha kod joylash uchun standart markdownning ``` tegi ishlatiladi
Show all...
🔥 3
Turli axborot resurslariga tegishli bo‘lgan foydalanuvchilar ma’lumotlari e’lon qilinganligi aniqlandi. “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan olib boriladigan monitoring jarayonida 2023-yil 18-oktabr sanasida turli axborot resurslari, shu jumladan respublikamiz hududida joylashgan tizimlarga tegishli bo‘lgan foydalanuvchilar ma’lumotlari e’lon qilinganligi aniqlandi. Xususan, “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan hamda buzilgan ma’lumotlar bazasini o‘rganish jarayonida mutaxassislar tomonidan 200 mingdan ortiq foyalanuvchi ma’lumotlari sizdirilganligi aniqlandi. Ularning aksariyati dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari xavfsizligiga kibertahdidlarini keltirib chiqarmoqda. So‘nggi paytlarda foydalanuvchining oshkor qilingan ma’lumotlar bazasining bunday holatlari tez-tez uchrab turibdi. Ilgari bunday ma’lumotlar sizib chiqishi faqat yopiq forumlarda yoki Darknet-da uchrab turar edi. Shuni ta’kidlash kerakki, bunday holat turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lishi mumkin, ularning asosiylari quyidagicha: Zaif parol siyosati. Taxmin qilinadigan darajada zaif parollarni ishlatish va ularni bir nechta resurslar uchun qayta ishlatish kibergigiyena talablariga zid bo‘lib, ularni buzib kirish xavfini oshiradi Litsenziyasiz yoki eskirgan dasturlardan foydalanish. Xavfsizlik login va parollarini ochiq internetga chiqib ketishi, tashkilotlar uchun jiddiy kiberxavfsizlik hodisalarini keltirib chiqarishi mumkin. Xakerlar ushbu ma’lumotlardan infratuzilmalarni yorib kirish va keyinchalik infratuzilma ichkarisidan turib boshqa kiberhujumlarni amalga oshirishda foydalanishlari mumkin. Zararlangan qurilma. Qurilmaga mobil troyan yoki stiler kabi zararli dasturlar o'rnatilgan hollarda, login-parol yordamida boshqa maxfiy ma'lumotlar to'planadi va hujum keyingi bosqichlarida jiddiy tus oladi. Ichki (Insayder) ma'lumotlar. Bu odatiy hollardan biri hisoblanadi, ya’ni tashkilotdan norozi bo‘lgan xodimlar mijozlar bazasiga va boshqa muhim tizimlarga kirib, ulardan yashirincha g’arazli maqsadlarda foydalanadilar. Ijtimoiy muhandislik (fishing yoki vishing). Manipulyatsiya va aldashni o'z ichiga olgan ushbu kiberhujum texnikasi tajovuzkorlarga tizim yoki ma'lumotlarga kirishga imkon yaratib beradi. Bu esa katta kiberhujumlarni boshlash oldidan yuqoridagi usullar orqali tashkilot haqida qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plash imkonini yaratadi. Foydalanuvchi maxfiy ma’lumotlarini himoya qilish va axborot tizimlarining kiberxavfsizligini ta’minlash uchun quyidagi choralarni ko‘rishini tavsiya etamiz: Har doim kamida 8 ta belgidan iborat kuchli parolni o‘rnating, katta va kichik harflar, raqamlar va maxsus belgilardan foydalaning (masalan, @,#, $,%,& va boshqalar). Shuningdek, osongina taxmin qilinadigan parol o‘rnatmaslik uchun murakkab parollardan tashqari har 2-3 oyda bir marta parolni yangilab turing, shu bilan birga avvalgisiga o‘xshash parolni o‘rnatishdan saqlaning. Turli veb-saytlarda ro‘yxatdan o‘tish uchun bir xil maxfiy ma’lumotlaridan foydalanmang, Shuningdek, bepul parol menejerlarini qo‘llamang va parollarni brauzerlarda saqlamang. Doimo ikki faktorli (2FA) autentifikatsiya funksiyalaridan foydalaning. Faqat litsenziyalangan operatsion tizimlar, dasturiy ta’minot va antiviruslardan foydalaning, ularni muntazam yangilab turing. Shubhali veb-havolalarga o‘tmang yoki noma’lum dasturiy ta’minotni yuklab olmang. Veb-sahifalarni ochganingizda login va parollaringizni kiritishdan oldin veb-saytning manziliga va veb-sahifada turli xildagi shubxali simvollar yo‘ligiga e’tibor bering va haqiqiyligiga ishonch hosil qiling. Shu bilan birga, kibergigienga rioya qilish bo‘yicha har bir tashkilotda barcha xodimlar uchun muntazam treninglar o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Mazkur @CSEC_Login_Bot Telegram-bot yordamida, Siz “login” sizib chiqishi haqidagi ma’lumotlarni tekshirishingiz mumkin.
Show all...
👏 2
Internetga 200 mingdan ortiq o‘zbekistonlik foydalanuvchilarning maʼlumotlari sizdirildi, deya tasdiqlamoqda O‘zbekiston Kiberxavfsizlik markazi (ammo sayt ochilmayapti). Sizdirilgan parollar – OneID, DTM, ko‘plab davlat va taʼlim tashkilotlari, qidiruv va to‘lov tizimlariga aloqador. @HakerlikSirlari
Show all...
Yoshlar siyosati va sport vazirligi rasmiy sayti ikkinchi marotaba hakerlar hujumiga uchradi Qoldirilgan belgiga ko‘ra, vazirlik saytini qozoq hakerlari buzib kirgan.
Show all...
Hoziroq sinab ko'rishingiz mumkin bo'lgan TOP 10 ta sun'iy intellekt 1. summify.io - YouTube'dagi videolarning mazmunini matn ko'rinishida chiqarib beradi 2. qrcode-tiger.com - tartibli va shablonlarga ega QR code yasab beruvchi sun'iy intellekt 3. cutout.pro - hujjatlar uchun 3x4 rasm tayyorlashga yordam beradi 4. bard.google.com - istalgan savolingizga javob beradi, shunchaki ro'yxatdan o'tish kifoya 5. tinywow.com - rasm, video, fayllar bilan ishlaydi 6. scanner.deepware.ai - inson yuzi ifodalangan videolarning haqiqiy yoki yolg'on ekanligini tekshirib beradi. 7. trancy.org - bu sun'iy intellekt bilan ingliz tilini tez va qiziqarli o'rganasiz 8. slidesgo.com - slaydlar tayyorlashga yordam beradi 9. tutorai.me - istalgan mavzuni o'rganishingizga yordam beruvchi onlayn assistent 10. undetectable.ai - sun'iy intellekt yozib bergan maqolalarni insoniy tilga o'girib beradi @HakerlikSirlari
Show all...
👍 1👏 1
Guliston shahar Turonbank binosidagi tablo hakerlar tomonidan o'zgartirib qo'yilgan... "Adolat qani" yozuvi tabloda ko'ringandan keyin qisqa muddat ichida milliy gvardiya xodimlari yetib kelishgan. Ammo oradan ko'p o'tmay, tabloda "lanati jamiyat" so'zi paydo bo'lgan. Hozircha "haker"ni topisha olmadi...
Show all...
TikTok O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi TikTok PTE LTD kompaniyasi (Singapur) O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasida qayd etilgan. Endilikda xizmatlar uchun to‘lov 12 foiz QQSni o‘z ichiga oladi. 2021-yil iyul oyida O‘zbekistonda TikTok va Twitter’ning ochilishi sekinlashdi. 2-iyul kuni esa ayrim ijtimoiy tarmoqlar, xususan, TikTok’dan foydalanish rasman cheklandi. 2022-yilning fevral oyida O‘zbekistonda TikTok’ni butunlay bloklash taklif qilingandi. 2022-yilning 16-mart kuni O‘zbekistonda Twitter va TikTok VPN ilovalarisiz ishlay boshlagan. Biroq ko‘p o‘tmay ijtimoiy tarmoqlarga kirish yana cheklangandi. 2022-yil 25-mart kuni Skype O‘zbekistonda erkin ochila boshlagan edi. U ham TikTok va Twitter kabi fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchilar reyestriga kiritilgandi. Ayni paytda Shaxsga doir ma’lumotlar sub’yektlari huquqlarini buzuvchilar reyestrida faqat TikTok qolgan. @HakerlikSirlari
Show all...
👍 3
Microsoft 2024-yilda yangi Windows 12 operatsion tizimini chiqarishi kutilmoqda @HakerlikSirlari
Show all...
🔥 2👏 1
🌐AQSHda mushuk tasodifan davlat IT tizimini o‘chirib qo‘ydi Hodisa Kanzas shtatida sodir bo‘lgan. Jonivorning klaviaturaga sakrashi natijasida serverdagi barcha ma’lumotlar o‘chib ketdi. IT xodimi bu haqda direktor va departament xodimlaridan iborat 100 ga yaqin kishi ishtirok etgan onlayn konferensiya davomida tan oldi. Axborot texnologiyalari bo‘yicha kotib yordamchisi: "Shuning uchun men mushuk emas, it boqaman", — deb javob berdi, bu esa ishtirokchilar o‘rtasida kulgiga sabab bo‘lgan. Faxriylar bilan ishlash markazi ma’lumotlariga ko‘ra, muammo tezda aniqlanib, bartaraf etilgan va tizim to‘rt soat ichida tiklangan.
Show all...
👍 1🔥 1
Мукофот олган артистлар порталини яратиш учун бюджетдан салкам ярим миллиард сўм сарфланади Маданият вазири Озодбек Назарбеков давлат мукофотларини олган санъаткорлар ҳақидаги портални яратиш учун бюджетдан салкам 500 млн сўм маблағ ажратиш ҳақида буйруқ чиқарди. Порталга даставвал 10 нафар санъаткор ҳақида маълумот жойланади. Вазир бир неча ой олдин маданий марказлар ҳақидаги сайтни яратиш учун 530 млн сўм ажратган эди, лекин ҳозир бу сайт ишламаяпти. https://kun.uz/18337139
Show all...
🤯 2
«Mobil qullik» bekor qilinadi - Raqamli texnologiyalar vazirligi O‘zbekistonda raqamni saqlagan holda uyali aloqa operatorini o‘zgartirish imkoniyati yo‘lga qo‘yilishi yaqin orada e’lon qilinishi kutilmoqda. O‘zbekistonda «mobil qullik»ka barham beriladi, ya’ni raqamni saqlagan holda uyali aloqa operatorini o‘zgartirish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi. Vazirlik 24−27 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ICTWeek Uzbekistan 2023 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida «mobil qullik»ka barham berilishi haqida e’lon qiladi. Shuningdek, mobil operatorlar o‘rtasida raqamlarni uzatish tizimi (Mobile Number Portability, MNP) namoyish etiladi. Qayd qilinishicha, «mobil qullik»ni bekor qilishning texnik asoslari o‘tgan yili tayyor bo‘lgan, ammo idora va kompaniyalar o‘rtasida kelishuv jarayoni tufayli kechiktirilgan. Raqamlarni ko‘chirish xizmatini joriy etish prezident tomonidan 2018 yil may oyida tasdiqlangan 2018−2021 yillarda O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan edi. O‘sha yilning dekabr oyida Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (hozirgi Raqamli texnologiyalar vazirligi) mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom loyihasini muhokamaga kiritdi. Boshqa operator bilan yangi shartnoma tuzishda raqamni saqlab qolish huquqi 2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kirgan Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga ham kiritilgan. @HakerlikSirlari
Show all...
👍 2
Microsoft o‘zining Windows 11 operatsion tizimining barcha xizmatlariga AI ni integratsiya qilmoqda. @HakerlikSirlari
Show all...
🔥 2👏 1
Xitoyliklar Sun’iy intellekt yordamida 24 soat jonli efirda mahsulotlarni sotadigan sotuvchilarni yaratishdi. Ko‘pchilik ishsiz qolishi mumkin
Show all...
🔥 3👏 1
Yuguring! Ibn Sino aytganlaridek: Turgan odam o’tirgisi, o’tirgan odam yotgisi, yotgan odam esa uxlagisi keladi. Sog’lig’iga e’tibor bermagan dasturchilar birinchi ko’zidan, keyin belidan va albatta ortiqcha vaznlikdan qiynalib o’tadi. Jismoniy mashq qilib turish juda muhim. Buni esdan chiqarib qo’yganimizni har doim kech anglaymiz, eslatib qo’yay dedim. Ertalab yuguraman deb uxlab qolsangiz, kechgi payt yuguring. Muhimi yuguring.
Show all...
👍 5
OpenAI o‘zining DALL-E 3 text-to-image model chiqqanligini e’lon qildi va ChatGPT ga to‘g‘ridan to‘g‘ri integratsiyalashtirilgan afsuski faqat ChatGPT-Plus da ishlaydi ya’ni oyiga 20$
Show all...
Google endi ikkita emojini bittasiga aralashtirish imkoniyatiga ega. Google yangi funksiyani taqdim etdi - emojilarni birlashtirish imkonini beruvchi Emoji Kitchen vositasi. Bu yerda siz ilgari hech kim o'ylab topmagan emojilarni yaratishingiz mumkin. Shunchaki Google qidiruviga Emoji Kitchen so‘zini kiriting, so‘ng “Get cooking” buyrug‘ini bosing va siz o‘zingizning didingizga mos kulgich kombinatsiyalarini yaratishingiz mumkin, masalan, kovboy shlyapasidagi g‘azablangan qovoq yoki panda. @HakerlikSirlari
Show all...