cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Daryo — LIVE

“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — http://dy.uz/Z07tA Tahririyat — @daryo_livebot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24 Pul — @daryo_pul

Show more
Advertising posts
70 054Subscribers
+2424 hours
+3207 days
+1 88230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Toshkent viloyatida ayrim maktab va bog‘chalarning yaroqsiz binolari buziladi Bular: ➖Zangiota tumani “Asil” MFY hududidagi 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1 qavatli qo‘shimcha bino-inshootlari; ➖Bo‘ka tumani “O‘zbek” MFY hududidagi 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining 3 ta 1 qavatli bino-inshootlari; ➖Toshkent tumani “Chig‘atoy” MFY hududidagi 18-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining 1 qavatli bino-inshootlari. @daryo_live
Show all...
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Shuhrat Jabborov Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Abrar Akbarov qoʻmitasi raisining oʻrinbosari etib tayinlandi Shuningdek, Bobur Hamroyev vazirlik huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, Ulugʻbek Yunusov esa Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi. @daryo_live
Show all...
O‘zbekistonda 21-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi Respublikaning ayrim joylarida 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32 darajagacha ko‘tariladi. @daryo_live
Show all...
Rossiyaning markaziy qismida, Moskva viloyatida va hatto Moskvaning ayrim hududlarida magnit bo'roni sababli yuzaga kelgan shimol yog'dusi kuzatildi.
Show all...
Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq Qozogʻistonda yuz bergan suv toshqinlari oqibatida zarar koʻrgan aholiga insonparvarlik yordami yuborildi Insonparvarlik yordami yukini shakllantirish hamda belgilangan manzilga yetkazib berish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi. @daryo_live
Show all...
Davlat xavfsizlik xizmati Rossiya va Qozogʻistondan olib kelingan 19,7 kg sintetik narkotik moddalarni musodara qildi @daryo_live
Show all...
Iroqdagi Hashd ash-Shabi harbiy bazasida portlash yuz berdi: Isroil va AQSH ayblanmoqda Portlash Isroil va AQSHga tegishli havo hujumidan keyin sodir bo‘lgani aytilmoqda. Iroq IIV 1 nafar halok bo‘lgan va 8 nafar yaralanganlar haqida xabar bergan. @daryo_live
Show all...
“O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi Xonandaga yana bir marta litsenziya talablari eslatilgan. Shuningdek, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi barcha sanʼatkorlardan sahna madaniyatiga rioya etishlarini so‘ragan. @daryo_live
Show all...
Namanganda xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 292 mln so‘mlik uch turdagi 45 dona iPhone, 9 dona Samsung va bir dona LG rusumli jami 55 dona qo‘l telefonlarining mamlakat hududiga noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi @daryo_live
Show all...
🌦Bugun faqat Samarqand, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin Harorat 24-29 daraja, shimolda va cho‘l hududlarda 31-32 darajagacha bo‘ladi — “O‘zgidromet” @daryo_live
Show all...