cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

꧁❁❤Qalbim daftari❤🕊❁꧂

Assalomu aleykum qadrdonim #qalb1m_daftar1 kanaliga xush kelibsiz. Kanal sizga manzur bo'ladi degan umiddaman💫🕊 Kanalimiz manfaat uchun emas :) Creatorka: Oyka Kanal ochildi 25.10.2022 In sha Allah 1,5k

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 088
المشتركون
+7724 ساعات
+347 أيام
+2130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

🌿 ​​‍Maylimi? 🌝 Semirib, ozish uchun ming bir usullarni qo'llab, oldingizda xijolat tortib turganimda "Buncha semirib ketding-e-e-e” demasdan, “Menga qanday bo'lsang, shunday yoqasan, bo'g'irsoq" deb ayting, Maylimi? 🌝 “Xotin”, "O‘", "Ey", "Hey", "Fisht" deb chaqirmang. “Erkatoyim”, “kichkintoyim”, “moychechagim”, “malikam” deb ismimni ayta qoling, Maylimi? 🌝 Kasal bo'lganimda "Kasaldan boshing chiqmaydi" deb iddao qilmang. “Shu dorilarni ichib ol”, “Allohim suygan bandalariga dard beradi" “ko'rmaganday bo'lib ketasan” deb gaplaringiz bilan tuzatib yuboring, Maylimi? 🌝 Xato qilib qo'ysam, jahlingizni chiqarsam, urib, so'kib sochlarimdan sudramang. Yaxshi gaplar bilan tushuntirib, "O'zing aqllisan-ku, onashim" deng, Maylimi? 🌝 Menga "Soching uzun, aqling kalta" demang. “O'qi, izlan, rivojlan. Oldimda olima ayol turishini xohlayman” deya menga bir uy kitoblar olib kelib bering“, Maylimi? 🌝 Yig'lasam, "Asabimini buzma uvullab" demang. "Yig'lamagin, yagonam, har bir to'kkan ko'z yoshing uchun Allohdan so'ralaman" deng, Maylimi? 🌝 Meni Alloh uchun, qariligimda ham, betobligimda ham, chiroyim ketganida ham seving, Maylimi? ©️Hubbuna
إظهار الكل...

1