cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Sanjar Karabayev | Rasmiy kanali

✅ Ta'lim va tibbiyot sohasidagi so'nggi yangiliklarni SamDTU pediatriya fakulteti dekani Sanjar Karabayevning rasmiy telegram kanalida kuzatib boring!

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
653
المشتركون
-224 ساعات
-37 أيام
-1130 أيام
أرشيف المشاركات
❗️ Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni! ✅ Bugun (25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar bugun (25-iyun) 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va ertaga (26-iyun) 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin. Hurmatli abituriyentlar! ✅ Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta'lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta'lim muassasasini ham) tanlashda e’tiborli bo‘ling! 🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz ▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ▶️To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda) Kanalga ulanish✅👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur
إظهار الكل...
📚 Yoshlar festivali doirasida Samarqand davlat universitetida kitobxonlik tanlovi o'tkazildi. Natijalarga ko'ra: 🥇1-o'rin - Samarqand davlat universiteti; 🥈2-o'rin - Samarqand davlat tibbiyot universiteti; 🥉3-o'rin - Samarqand davlat chet tillari instituti jamoasiga nasib etdi. 🏛 SamDTU matbuot xizmati Kanalga ulanish✅👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur
إظهار الكل...
#KORRUPSIYAGA_QARSHI_KURASH📌 🏛Samarqand davlat tibbiyot universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan universitetda korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. 🔺Jumladan,24-iyun kuni talabalar bilan "Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbatlari o'tkazildi. Suhbatda talabalarga korrupsiya va uning salbiy oqibatlari haqida ma’lumotlar berilib, mazkur holatni sodir etganlik yuzasidan tayinlanadigan qonuniy jazo choralari aytib o‘tildi. ❔Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 🏛SamDTU matbuot xizmati 🌐sammu.uz |Telegram | 🌐 Instagram|Facebook| ▶️ Youtube‌‌
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
​Делегации СамГМУ наметила направления сотрудничества с медицинскими организациями Санкт-Петербург (РФ) 👉 https://www.sammu.uz/ru/news/2567300 Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Yandex Zen
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
​Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti hamkorligi yangi bosqichda 👉 https://www.sammu.uz/uz/news/2567332 Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Yandex Zen
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
​Визит представителей СамГМУ в ПСПбГМУ им. И.П.Павлова (РФ) 👉 https://www.sammu.uz/ru/news/2567314 Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Yandex Zen
إظهار الكل...
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂 #Yoshlar_oyligi 🙂🙂 Yoshlar oyligi doirasida "Tengdosh - tengdoshga ko‘makchi” loyihasi doirasida "Rahbar va yoshlar" uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 📍Samarqand Davlat Universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida o‘tkazilgan loyihada bir qancha oliygohlar qatorida Yoshlar ittifoqi Samarqand davlat tibbiyot universiteti boshlang‘ich tashkiloti🏛 ham faol ishtirok etdi. 🚩Loyiha doirasida ishtirokchilar o‘rtasida shaxmat, shashka bahslari, Zakovat intellektual o‘yinlari va boshqa qiziqarli tadbirlar tashkil etildi. 🏛SamDTU matbuot xizmati 🌐sammu.uz |Telegram | 🌐 Instagram|Facebook| ▶️ Youtube‌‌
إظهار الكل...
06:06
Video unavailableShow in Telegram
#brifing
⚡️ Yangi oʻquv yili uchun oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul jarayonlaridagi yangiliklar va oʻzgarishlar
AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abdukunduzova qabul jarayonlari toʻgʻrisida eng koʻp yoʻllangan savollarga javob berdi. 00:20 ➖Roʻyxatdan oʻtishda yoʻnalishlar chiqmayapti. Aytishlaricha, bu yil hujjat qabuli boshqacha shaklda boʻlar ekan. Bu haqda batafsil maʼlumot berolasizmi? 01:20 ➖Men tezroq biror kasb oʻrganib, ishlamoqchiman. Shu bois texnikumda oʻqishni reja qilganman. Texnikum va kollejlar uchun qabul qachon boshlanadi? 02:05 ➖Imtihonlar qachon oʻtkaziladi? 02:40 ➖Kirish imtihonida qatnashish uchun kimlardan toʻlov undirilmaydi? 03:37 ➖Menga xotin-qizlar tavsiyanomasi berilgani toʻgʻrisida SMS xabar keldi, lekin my.uzbmb.uz saytida tavsiyanoma maʼlumotlari chiqmayapti. Bunday holatda nima qilish kerak? 04:16 ➖Xorijda tahsil olaman. Oʻqishimni Oʻzbekistondagi OTMga “perevod” qildirmoqchiman. Arizani onlayn topshirsam boʻladimi? Va qachondan qabul boshlanadi? 05:00 ➖Magistraturaning kechki, masofaviy va sirtqi boʻlimlariga qabul qachondan boshlanadi? 05:37 ➖Kasb-hunar kollejini bitiryapman, lekin hali diplom olmadim. Texnikumga hujjat topshiraveramanmi? ➡️ Javoblar bilan matnli shaklda tanishing
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
tg.mp411.79 MB
Photo unavailableShow in Telegram
📢4️⃣4️⃣4️⃣ #ZAKOVAT 👍Joriy yilning 23-iyun kuni Samarqand shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Festival doirasida Samarqand davlat tibbiyot universitetida 23-iyun kuni soat 14:00 da Samarqand viloyatidagi oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkaziladi. Barcha Oliy ta'lim muassasasi talaba yoshlarini qizg'in tarzda bo'lib o'tadigan "ZAKOVAT" o'yinlariga taklif  etamiz! 📍Manzil: Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko'p tarmoqli klinikasi katta majlislar zali 🇺🇿Ijtimoiy sahifalarimiz 🚀@SamDTU_yoshlar_ittifoqi 📷Instagram ™️ Facebook.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#TABRIK📌 #70_YOSH_YUBILEY ✨Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi universitet Neyroxirurgiya kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Shodiyev Amirqul Shodiyevichni muborak 70 yoshni qarshilagani va yubiley ayyomi bilan qutlaydi. Ustozga uzoq umr, sihat salomatlik va ilmiy faoliyatlarida zafarlar tilab qolamiz!✨ ✅ Amirqul Shodiyev 1954 yil 15-martda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida tavallud topdi. 1970 yilda tumandagi 56 - o‘rta maktabni bitirib, Samarqand davlat meditsina institutining davolash fakultetida tahsil oldi. Bir yillik internaturadan so‘ng, 1977 – 1979 YY. Boku havo hujumlaridan himoyalanish okrugining harbiy qismida tibbiy xizmat boshlig‘I lavozimida ishladi. 1979 – 1988 YY. Samarqand meditsina instituti klinikasining neyroxirurgiya bo‘limida ordinator bo‘ldi, 1979 – 1980 YY. Afg‘oniston urushida jarohatlangan sobiq ittifoq internatsional askarvazo – bitlariga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan neyroxirurgli tibbiy yordam ko‘rsatish gospitalida faoliyat ko‘rsatdi. 1988 - 1991YY. Moskva shahridagi akademik N. N. Burdenko nomli neyroxirurgiya ilmiy – tekshirish institutida maqsadli aspiranturada tahsil olib, 1991 yilda professor S. J Madiyorova L. B. Lixtermanlar rahbarligida “O‘rta Osiyoning agrosanoat viloyatida bosh miya travmalari” mavzusidagi nomzodlik, 2007 yilda professor A. M. Mamadaliyev rahbarligida “Markaziy asab tizimining neyroxirurgli tug‘ma nuqsonlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi. ✅ Amirqul Shodiyev 1991 yildan buyon Samarqand meditsina institutining Nevrologiya va neyroxirurgiya kafedrasida assistent, keyin Pediatriya fakultetining 3 - 4 kurslari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 2000-yildan boshlab dotsent. 1993 – 2016 YY. Samarqand viloyat hokimligi Sog‘liqni saqlash Boshqarmasining bosh neyroxirurgi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. Mamlakatimizdan neyroxirurglar assotsiatsiyasi hamda 2010-yildan buyon Buyuk Britaniya neyroxirurglar assotsiatsiyasining a’zosidir. ✅ Olimning 400 dan ortiq ilmiy, ilmiy – uslubiy maqolalari, jumladan, 76 ta jurnal maqolalari, 5 ta ixtiro, 14 ta ratsionalizatorlik takliflari, 46 ta uslubiy qo‘llanmalar, 2 monografiya, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun mo‘ljallangan 1ta o‘quv qo‘llanma va 263 ta tezislari chop etilgan. 🏛SamDTU matbuot xizmati 🌐sammu.uz |Telegram | 🌐 Instagram|Facebook| ▶️ Youtube
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
​O‘zbekiston va Germaniya sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘zaro hamkorlik yangi bosqichda 👉 https://www.sammu.uz/uz/news/2567237 Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Yandex Zen
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Photo unavailableShow in Telegram
​Sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro tajriba almashish O‘zbekiston – Xitoy misolida 👉 https://www.sammu.uz/uz/news/2567217 Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Yandex Zen
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun 15-iyun haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT – Butunjahon keksalarni suiiste’mol qilish haqida xabardorlik kuni. 🌎 Xalqaro shamol kuni. 🌎 Xalqaro sayr kuni. 🇨🇷 Kosta-Rika – Daraxt ekish kuni. #voqealar 🔸Xristofor Kolumb Martinika orolini ochdi (1502). 🔸Kanadada hindular uchun birinchi maktab ochildi (1616). 🔸Benjamin Franklin varrak uchirish sinovi orqali chaqmoqning elektrik tabiatini isbot qildi (1752). 🔸Sevastopolda “Vabo isyoni” (1830). 🔸Turkiston Xalq konservatoriyasi ochildi (1918). 🔸Estoniya Respublikasining konstitutsiyasi qabul qilindi (1920). 🔸UEFA tashkil topdi (1954). 🔸Haydar Aliyev Ozarbayjon Oliy majlisi raisi etib saylandi (1993). 🔸Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat rahbarlari Shanxay Hamkorlik Tashkilotini tuzish toʻg’risidagi deklaratsiyaga imzo chekdilar (2001). 🔸“2002 MN” deb nomlangan asteroid, yerga 121.000 kilometr masofadan uchib o‘tdi. Bu masofa yer bilan oy o‘rtasidagi masofaning uchdan bir bo‘lagi hisoblanadi (2002). #tavalludlar 🔹1843-yil: Edvard Grig (1907) – norveg kompozitori, pianinochi, dirijyor, norveg milliy musiqa maktabi asoschisi. 🔹1881-yil: Pol Kornyu (1944) – fransuz mexanigi va aviatori, vertolyot yasashni boshlab bergan, havoga vertolyotda ko‘tarilgan birinchi odam (1907). 🔹1909-yil: Ubay Orifov – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fizika-matematika fanlari doktori. 🔹1923-yil: Hamid Ziyoyev (2015) – tarixchi olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989). 🔹1924-yil: Ezer Veysman (2005) – isroil harbiy va davlat arbobi, Isroil prezidenti (1993-2000). 🔹1941-yil: Vyacheslav Koloskov – SSSR Futbol federatsiyasi raisi (1990-1991), RFF prezidenti (1992-2005). 🔹1957-yil: Do‘stmurodov Beknazar – O‘zbekiston xalq hofizi (2001). 🔹1966-yil: Raymonds Veyonis – Latviya Prezidenti (2015-2019). 🔹1969-yil: Oliver Kan – nemis futbol darvozaboni, uch karra jahon va Yevropaning eng yaxshi darvozaboni. 🔹1992-yil: Saloh – misrlik futbolchi, “Liverpul” klubining va Misr termasining hujumchisi. 🔹1999-yil: Nigina Faxriddinova – oʻzbek modeli. 2019 va 2022-yillardagi “O‘zbekiston go‘zali”. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
إظهار الكل...
UzChess Cup superturnirining Challengers guruhida 🇺🇿Shamsiddin Vohidov 6,5 ochko bilan chempion bo’ldi! Shamsiddin bironta o’yinda mag’lub bo’lmadi va eng asosiysi turnirda to’plagan reyting ochkolari natijasiga ko’ra dunyoning TOP-100 shaxmatchilari qatoriga qo’shildi. UzChess Cup turnirining Futures guruhida esa kuchli uchlikni quyidagilar egalladi: 1-o’rin: 🇸🇪Vitaliy Sivuk; 2-o’rin: 🇮🇷Bardiya Daneshvar; 3-o’rin: 🇺🇿Saidakbar Saydaliyev. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
​Samarqand davlat tibbiyot universiteti magistratura mutaxassisligi bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini topshirdilar 👉 https://www.sammu.uz/uz/news/2567201 Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Yandex Zen
إظهار الكل...
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Корея Республикаси Президенти Юн Сок Ёль музокараларни икки мамлакат расмий делегациялари иштирокида давом эттирдилар. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Корея Юн Сок Ёль продолжили переговоры с участием официальных делегаций двух стран. #Mirziyoyev #tashrif #JanubiyKoreya #muzokara Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
​Samarqand davlat tibbiyot universiteti Shveysariyaning “Diatech SA” kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi 👉 https://www.sammu.uz/uz/news/2567182 Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Yandex Zen
إظهار الكل...
00:57
Video unavailableShow in Telegram
⭕️⭕️⭕️ ⚡️" Олий ўқув юртига кириш учун 56,7 балл бу йил ўтмайди!": Бу ҳақда олий таълим, фан ва инновациялар вазири Қўнғиротбой Шарипов маълум қилди. ✅ Жорий йилги, яъни 2024-2025- ўқув йили учун ўтиш баллари: ➖ соғлиқни сақлаш, ҳуқуқ, бизнес ва бошқарув йўналишлари учун – 75,6 балл; ➖ бошқа йўналишлар учун – 66,5 балл этиб белгиланади. ✅ Келаси йили, яъни 2025-2026- ўқув йили учун ўтиш баллари: ➖ соғлиқни сақлаш, ҳуқуқ, бизнес ва бошқарув йўналишлари учун – 94,5 балл; ➖ бошқа йўналишлар учун – 75,6 балл этиб белгиланади. 👉 @SHOPIRLAR- энг тезкор хабарлар каналига аъзо бўлинг!
إظهار الكل...
5.82 MB
Photo unavailableShow in Telegram
📌 Samarqand davlat tibbiyot universiteti xalqaro reytinglarda ilgarilab bormoqda… 🏛 Samarqand davlat tibbiyot universiteti bugungi kunda o‘zining xalqaro standartlardagi ta’lim sifati hamda faolligi bilan xalqaro reytinglarda yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda. 🌎 Joriy yilning 12-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Tailandda o‘tkazilayotgan Global Barqaror Taraqqiyot Kongressi doirasida dunyoning eng nufuzli Times Higher Education reyting agentligining Impact Ranking-2024 yil natijalari e’lon qilindi. Mazkur reytingda dunyoning 125 mamlakatidan ko‘plab nufuzli oliy ta’lim muassasalari ishtirok etdi. ✅ Shu jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti: 🤔BMT SDG 3: Yaxshi salomatlik va farovonlik 401-600, 🤔BMT SDG 4: Sifatli ta’lim 401-600, 🤔BMT SDG 1: Qashshoqlik yo‘q 401-600, 🤔BMT SDG 17: Maqsadlar bo‘yicha hamkorlik 601-800 o‘rinlarni qayd etib, umumiy hisobda TOP 1000 talikka tomon yana bir pog‘ona yaqinlashdi. 🔵Samarqand davlat tibbiyot universitetining mazkur reytingda sezilarli darajada yuqorilagani oliygohda ta’lim jarayonlari va yaratilgan sharoitlar jahon standartlari darajasida ekanidan dalolat beradi. 🏛 SamDTU matbuot xizmati Kanalga ulanish✅👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur
إظهار الكل...
تسجيل الدخول والحصول على الوصول إلى المعلومات التفصيلية

سوف نكشف لك عن هذه الكنوز بعد التصريح. نحن نعد، انها سريعة!