cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

O'zDK huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti rasmiy kanali

O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati institutining rasmiy kanali. Taklif va murojaatlar uchun: @sevara0225 +99897 7375711

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 052
المشتركون
+624 ساعات
+187 أيام
+3530 أيام
أرشيف المشاركات
4-iyun 2024-yil Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining “Estrada xonandaligi” kafedrasining dekan o’rinbosari A.Esonaliyev, pedagog A.Meldebekov, institut profilaktika inspektori A.Ismailovlar Uchtepa tumanida joylashgan talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talaba- yoshlar bilan yotoqxonada tartib - intizomga, texnika va yong’in xavfsizligiga rioya etish, odob-axloq qoidalari, ozodalik, muomala madaniyati kabi mavzularda davra suhbati o’tkazib, xonalarga tartib-intizomji birma -bir ko’zdan kechirdilar. ✅https://t.me/BZokirovnomidagiMESI
إظهار الكل...
05:23
Video unavailableShow in Telegram
إظهار الكل...
IMG_8314.MP428.33 MB
👍 7
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining “Estrada xonandaligi” kafedrasining pedagogi Sh.Jumayev Uchtepa tumanida joylashgan talabalar turar joyida davra talabalar bilan davra suhbati olib bordi. ✅https://t.me/BZokirovnomidagiMESI
إظهار الكل...
👍 1
Joriy yilning 3-iyun kuni Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining "O‘zbek tili,sport va ijtimoiy fanlar" kafedrasi o‘qituvchilari N.Talipova, G.Djangirova, M.Dexqonovalar Uchtepa tumanida joylashgan talabalar turar joyiga tashrif buyurib, u yerda istiqomat qiloyatgan talaba-qizlar bilan qiz bola hayosi, xonalarda, yotoqxonada ozodalikka rioya qilish, gigiena, sarishta beka bo’lish kabi mavzularda birma- bir suhbat o’tkazib, amaliy ko’mak berdilar.
إظهار الكل...
👍 3
Repost from Edu.uz
04:20
Video unavailableShow in Telegram
#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. 📱 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda. 📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. 📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. ▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish - uz~2.mp428.49 MB
👍 1
Repost from Edu.uz
03:38
Video unavailableShow in Telegram
#brifing
⚡️5-iyundan oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagidagi abituriyentlar uchun qabul boshlanadi (kasb-hunar maktabi bundan mustasno)
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarov maʼlum qildi. 💬Oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi. Davlat OTMlari bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi. 🔄1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi: 🔸Faqat test sinovida ishtirok etsa: ✔️fanlar majmuasi; ✔️taʼlim tili; ✔️test topshirish hududi. ↪️Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish istagini bildirsa (ijodiy imtihon) topshirsa: ✔️taʼlim tili; ✔️test topshirish hududi; ✔️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi; ✔️kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan davlat OTM. 🔄2-bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi: ✔️oliy taʼlim muassasasi; ✔️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi; ✔️taʼlim shakli; ✔️tanlov ustuvorligi. 🗣 Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha tanlov natijasi qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ⚡️Kollej va texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar OTMlariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi: ✔️kollej va (yoki) texnikum; ✔️kasb va mutaxassislik; ✔️taʼlim shakli. 🗣 Natijasi bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ⚡️Fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan Agentlikning 1195 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin. 👉Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
tg.mp47.00 MB
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#E'LON O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-mayda Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida PF-81-son farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra oliy ta’lim bakalavriyatiga qabul 5-iyundan boshlanishi belgilangan, shu sababli iTEP va Attanal Alarabi hamda TOEFL ITP imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish 4-iyungacha etib belgilandi. Imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish 4-iyun 23:59 gacha davom etadi. iTEP va Attanal Alarabi imtihonlar 13-iyun kuni, TOEFL ITP imtihoni 15-iyun kuniga belgilandi. Imtihon Bilimni baholash agentligi binosida (Toshkent shahri Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy. Mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati) kompyuterda o‘tkaziladi. Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. 📞 (95) 515-68-68
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
👍 1 1
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining “Estrada xonandaligi” kafedrasining jo’rnavozi M.Qodirov Uchtepa tumanida joylashgan talabalar turar joyida davra suhbati o’tkazdi. ✅https://t.me/BZokirovnomidagiMESI
إظهار الكل...
👍 1
Repost from MARKAZ XABARLARI
#ilmiy_amaliy_anjuman "Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish va ma'naviyatni yuksaltirishning zamonaviy texnologilari" 🔰Ayni paytda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazida bo‘lib o‘tayotgan ilmiy-amaliy anjuman yoshlar bilan ishlashdagi zamonaviy yondashuvlarni tahlil qilish, bu boradagi muammolarga eng optimal yechimlarni berish uchun ziyolilarni bir platformaga jam qildi. Jarayondan fotolavhalar Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
إظهار الكل...
👍 2
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti hayotida faol, ilmiy va ijodiy izlanishlarda yuqori marralarga erishayotgan shu bilan birga barcha fanlardan a’lo baholarga tahsil olayotgan talaba – yoshlarni qo’llab – quvvatlash maqsadida joriy etilgan “Rektor stipendiyasi” tanlovining g’olibi aniqlandi. “Estrada xonandaligi” fakultetining “Musiqiy – nazariy va tarixiy fanlar” kafedrasi 2-bosqich magistranti Xodiyeva Zarina Irkinovna tanlov Nizomi talablariga ko’ra loyiq deb topilib, kuni kecha o’tkazilgan navbatdagi kengash yig’ilishida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining rektori Avaz Mansurov tomonidan “Rektor stipendiyasi” guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi. ✅https://t.me/BZokirovnomidagiMESI
إظهار الكل...
👍 4🔥 2👏 2 1🎉 1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2024 yildagi PF-37-son «O‘ZBEKISTON — 2030» strategiyasini «YOSHLAR VA BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASH YILI»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida 2024- yilning 21-23 may kunlari institutda Ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘limining tashabbusi bilan yoshi 35gacha va pedagoglik staji 3 yildan kam bo‘lmagan o‘qituvchilar orasida “Pedagogikada innovatsiyalar va kreativlik” mavzusida tanlov o‘tkazildi. Tanlov ishtirokchilarining dars o‘tkazish mahoratini Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor F.Muxamedova, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’I X.Amonov, tajribali ustozlar R.Islamova, B.Ibragimov, N.Xamdamova, O.Asminkina va G.Kamilovalar tomonidan holisona baholashlari asosida uch nafar g‘olib aniqlandi. Tanlov g’oliblari: ✅“Musiqa tarixi va nazariyasi” yo‘nalishida Durdona Artikbaeva; ✅“Professional ta'lim, estrada xonandaligi” yo‘nalishida Iroda Dashkinova; ✅ “Estrada cholg‘u ijrochiligi” yo‘nalishida Aziz Teshaboevlar 31- may kuni o’tkazilgan navbatdagi kengash yig’ilishida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining rektori Avaz Mansurov va Kengash a’zolari tomonidan tantanali taqdirlanib, ilmiy va ijodiy izlanishdan to’xtamay, yanada yuqori cho’qqilarni zabt etishlarida omad tiladilar. ✅https://t.me/BZokirovnomidagiMESI
إظهار الكل...
👏 4👍 1 1🎉 1
“O’zbek tili, sport va ijtimoiy” fanlar kafedrasi pedagogi hamda Xotin – qizlar raisi Mahmuda Dexqonova Oliy attestatsiya komissiyasi xulosasiga ko’ra dotsent unvoniga ega bo’lganligi munosabati bilan 31- may kuni o’tkazilgan navbatdagi kengash yig’ilishida Botir Zokirov nomidagi Milliy Estrada san’ati institutining rektari Avaz Mansurov va Kengash a’zolari tomonidan tantanali taqdirlandi. ✅https://t.me/BZokirovnomidagiMESI
إظهار الكل...
👍 5👏 2 1🎉 1🤩 1