cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Farg‘ona tumani hokimligi

Fargʻona tuman hokimligi Axborot xizmati kanali Veb-sayt: fargonatuman.uz Facebook: facebook.com/FerghanaRegion YouTube: youtube.com/@fargonatumanhokimligi Fuqarolar murojaati uchun: @qabulxonabot

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 825
المشتركون
+124 ساعات
-157 أيام
-3730 أيام
أرشيف المشاركات
05:05
Video unavailableShow in Telegram
#Dolzarb “Hajdan borganingizni dabdaba qilib kutib olishmasin! Isrofgarchilikka yoʻl qoʻymang, gunoh qilmang!” Hoji odam yordamga muhtojlar homiysi boʻlishi kerak. Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
إظهار الكل...
Buyuk masuliyat+.mp413.92 MB
👍 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔍 Diqqat, diqqat, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi va Biznesni rivojlantirish banki mahallalardagi tadbirkorlarni faollikka chorlaydi. 🔍 “Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha” respublika ko‘rik-tanlovi. 🔍Mazkur tanlov “Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan 33 ta loyiha tanlovi”ning eng yirik nominatsiyalaridan biri bo‘lib, unda biznes loyihalar tashabbuskorlari ishtirok etishlari mumkin. 🔍 Tanlovda tadbirkorlarning yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va eksportni taʼminlashga qaratilgan biznes loyihalariga ustuvorlik beriladi. ✈️ G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi arafasida eʼlon qilinadi. 🔍Tanlovning eng yaxshisi deya topilgan loyihalar “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan imtiyozli shartlarda moliyalashtiriladi. ✈️ G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan ham taqdirlanadi. ✈️ Tanlovda ishtirok eting va mahalla taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shing! #Mahallalaruyushmasi #loyihalar_tanlovi Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
إظهار الكل...
🎉 1🏆 1 1
#Qaror #mahalla_ettiligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahallalar faoliyatini tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlandi. (334-son, 13.06.2024-yil) Qarorga bilan “Mahalla yettiligi” aʼzolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻini oldida hisobot berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom" hamda "Koʻchaboshi va uyboshilar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom" tasdiqlandi. 📎 Qarorning toʻliq matni: http://lex.uz//uz/docs/6972601 Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
إظهار الكل...
ВМ334.pdf1.55 MB
😱 1👀 1 1
Photo unavailableShow in Telegram
👍 O‘zbekiston mahallalari uyushmasi “Mustaqilligimizning 33 yilligiga 33 ta loyiha tanlovi” boshlanganini e’lon qiladi! 🔍 33 ta nominatsiya bilan tanishing: 🔍“Ishsizlikdan holi” eng namunali mahalla 🔍“Jinoyatchilikdan holi” eng namunali mahalla 🔍“Ajrimdan holi” eng namunali mahalla 🔍Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiya tizimini joriy etgan eng namunali mahalla 🔍“Mahalla yettiligi” faoliyati eng namunali mahalla 🔍“Tadbirkorlik rivojlangan” eng namunali mahalla 🔍“Obod bo‘lgan” eng namunali mahalla 🔍“Olimlari ko‘p bo‘lgan” eng namunali mahalla 🔍“Bilimli yoshlari ko‘p” eng namunali mahalla 🔍“Tomorqadan samarali foydalanayotgan” eng namunali mahalla 🔍“Chempion sportchilar ko‘p” eng namunali mahalla 🔍“Mahalla faoliyati yoritilgan” eng yaxshi ijodiy material 🔍“Qadriyat va urf-odatlar saqlangan” eng namunali mahalla 🔍“Mahsulotlarni eksport qilayotgan” eng namunali mahalla 🔍“Namunali oilalari ko‘p” eng namunali mahalla 🔍“Ma‘naviy va ma‘rifiy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘ygan” eng namunali mahalla 🔍“Nuroniylar qadrlangan” eng namunali mahalla. 🔍 Grant tanlovlar: 🔍“Mahalla ma‘rifat markazini tashkil etish” loyihasi 🔍“Mahallada “Ustoz va shogird” an’anasini tashkil etish” loyihasi 🔍“Mahalla bog’ini yaratish” loyihasi 🔍“Obod mahalla me’zonlarini joriy etish” loyihasi 🔍“Eng ko‘p uy bekalarini ish bilan ta’minlash” loyihasi 🔍“Mahallada ichki turizmni rivojlantirish” loyihasi 🔍“Mahallada kompyuter dasturchiligini o‘qitish” loyihasi 🔍“Mahallada robototexnika sohasini rivojlantirish” loyihasi 🔍“Mahallada IT sohasini rivojlantirish” loyihasi 🔍“Mahallada do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash” loyihasi 🔍“Mahallada jamoatchilik nazoratini o‘rnatish” loyihasi 🔍“Olis mahallada sport maydonchasini yaratish” loyihasi 🔍“Mahallada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish” loyihasi 🔍“Mahallada hunarmandchilikni rivojlantirish” loyihasi 🔍“Mahallada ijtimoiy himoyaga muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash” 🔍“Mahalla muzeyini tashkil etish” loyihasi kabi yo‘nalishlar. 🔍 Ushbu tanlovda ishtirok etish va batafsil ma’lumotni @mahalla_murojaat akkaunti va bizning @uzmahallalari telegram manzilimizdan olishingiz mumkin. #Mahallalaruyushmasi #loyihalar_tanlovi Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
إظهار الكل...
👍 2🎉 1🏆 1 1
Photo unavailableShow in Telegram
🌙 Fargʻona tumani xalqiga Qurbon hayiti tabrigi Muhtaram tumandoshlar! Yer yuzidagi jamiki islom ummati qatori mehr-muruvvat, ezgulik va saxovat ramzi – muborak Qurbon hayitini katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan siz, azizlarni,  butun tumanimiz ahlini ushbu ulugʻ ayyom bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, oʻzimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan gʻoyat mamnunman. Dillarimiz quvonchga toʻlgan mana shunday qutlugʻ damlarda avvalo el-yurtimiz bilan birga Qurbon hayitiga tinch-omon yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz. Fursatdan foydalanib, oʻzining fidokorona va olijanob mehnati bilan hayotimizni yanada erkin va farovon qilish, inson qadrini ulugʻlashdek ezgu ishlarga munosib hissa qoʻshayotgan barcha aziz tumandoshlarimizga chin dildan samimiy minnatdorchilik bildiraman. Siz, aziz tumandoshlarimni Qurbon hayiti bilan yana bir bor muborakbod etib, bayramni oila, doʻstlar va yaqinlar bilan birga fayzli va mazmunli oʻtkazishingizni tilayman. Ilohim, barcha pok niyatlarimiz amalga oshsin! Inomov Xamidullo Tadjiyevich Fargʻona tumani hokimi Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
إظهار الكل...
👍 8 2 1🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табригиПоздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
إظهار الكل...
🎉 2 2👍 1 1
Fargʻona tumanida Qurbon hayiti bayrami arafasida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi Qutlugʻ ayyomni munosib nishonlash, milliy va diniy qadriyatlarimizga boʻlgan hurmat va eʼtiborni yanada mustahkamlash, xalqimiz orasida sahovat, mehr-muruvvat va hamjihatlikni targʻib etish hamda ehtiyojmand va yordamga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida mahallalarda istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalarga, imkoniyati cheklanganlarga, yakka yolgʻiz, boquvchisi yoʻq, nuroniylarga homiylar koʻmagi bilan oziq ovqat mahsulotlari tarqatildi. Fargonatuman.uz | Telegram | Facebook | YouTube
إظهار الكل...
👍 9 5😐 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi ✔️ Qonunchilikka ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlarni har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga umumiy qabul parametrlaridan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish amaliyoti joriy etilgan. Fargonatuman.uz | Telegram | YouTube
إظهار الكل...
3 1👍 1🎉 1
⚡️ “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlari festivali o‘tkazildi. “Yoshlar oyligidoirasida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida mahallalarda turli xildagi madaniy dasturlar, yoshlar oqshomlari boʻlib oʻtmoqda. Shunday tadbirlardan biri tumandagi "Navroʻz" mahallasida ham oʻtkazildi. Tuman madaniyat, san’at, ijtimoiy sohadagi faollardan tashkil topgan sanatkorlar jamoasi mahalladagi yoshlar bilan fikrlashib, ular uchun ajoyib dastur namoyish qildi. Fargonatuman.uz | Telegram | Facebook | YouTube
إظهار الكل...
👍 7 2 1🎉 1
“Qurbon hayiti” namozi oʻqilishi munosabati bilan tumanimiz hududidagi ayrim yoʻllarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. 🌙 Farg‘ona tumanida "Qurbon hayiti" nishonlanishi munosabati bilan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, tinchlik-osoyishtalikni, yong‘in va aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagi 🟢4R-148 “Navbaxor – Oltiariq – Chimyon - Vodil”  avtomobil yo‘lining 91 km da (“Xo‘ja Ahmad valiy” masjidi); 🟢4R-144 “Farg‘ona - Vodil - Xamzaobod” avtomobil yo‘lining 29 km da (“Xazrat Ali” masjidi"), 🟢4N-855 “Vodil - Qizilaskar” avtomobil yo‘lining 2 km da (“Yo‘ldosh xoji” masjidi); 🟢4R-205 “Farg‘ona - Avval - Log‘on - Gulpiyon” avtomobil yo‘lining 20 km da (“Ohun hoji” masjidi"); 🟢4N-842 “O‘rikzor - Damko‘l - Avval - Chek” avtomobil yo‘lining 4 km dan 150 metr chapga kirish qismida (“Damko‘l” masjidi); 🟢4R-205 “Farg‘ona - Avval - Log‘on - Gulpiyon” avtomobil yo‘lining 16 km dan 200 metr o‘nga kirish qismida (“Hazrati Umar” masjidi); 🟢4R-205 “Farg‘ona - Avval - Log‘on - Gulpiyon” avtomobil yo‘lining 8 km dan 200 metr o‘nga kirish qismida (“Ermatboy” masjidi); 🟢4K-846 “Avval - Kaptarxona - Vodil” avtomobil yo‘lining 12 km da (“Mulla Mirzajon” masjidi); 🟢4R-148 “Navbaxor – Oltiariq – Chimyon - Vodil” avtomobil yo‘lining 72-73 km da (“To‘raxon hoji” masjidi); 🟢4R-148 “Navbaxor - Oltiariq - Chimyon - Vodil” avtomobil yo‘lining 79 - 80 km da (“Sirli” masjidi); 🟢4R-148 “Navbaxor - Oltiariq - Chimyon - Vodil” avtomobil yo‘lining 86 km da (“Qalbi chin ota” masjidi); 🟢4K-849a “Gʻalabaga kirish” avtomobil yo‘lining 0-1 km da (“Abu Bakr Siddiq” masjidi); 🟢4N-852 “Xonqiz - Kurash - Bo‘rbaliq” avtomobil yo‘lining 4-5 km da (“Yunusxon Eshon” masjidi); 🟢4N-850a “Mindonga kirish” avtomobil yo‘lining 2-3 km da (“Xo‘ja Abdulloh” masjidi); 🟢4N-858 “Xalmiyon qishlog‘iga kirish” avtomobil yo‘lining 0-5 km da (“Huvaydo” masjidi) avtomobil yo‘llarida transport vositalari qatnovi 2024-yil 16-iyun kuni soat 01-00 dan 07-00 gacha vaqtinchalik to‘xtatilishini maʼlum qilamiz. Fargonatuman.uz | Telegram | YouTube
إظهار الكل...
👍 3 2😱 1🤝 1
Photo unavailableShow in Telegram
RASMIY MUNOSABAT Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda "Nurafshon" sanatoriyasi aholining suvini oʻzlashtirib oldi, natijada xalq suvsiz qoldi" mavzusi ostida tarqalgan xabar yuzasidan, tegishli mas’ullar bilan o‘rganish o‘tkazilib, qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qilamiz. Fargonatuman.uz | Telegram | YouTube
إظهار الكل...
4👏 2🎉 2🤝 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
#huquqiy_savodxonlik Oʻrindosh oʻqituvchilarga taʼtil qanday hisoblanadi? Batafsil: 👉 https://idum.uz/uz/archives/21696 🤖 @oylikbot_uz 👛 Oylik maoshni hisoblash Fargonatuman.uz | Telegram | YouTube
إظهار الكل...
3👍 1🎉 1👌 1😐 1😎 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️“Yoshlar oyligi” doirasidagi yoshlarni unutilmas madaniy tadbirlar kutmoqda. Ushbu tadbirda Vodilimizning taniqli san’atkorlarning musiqiy chiqishlari, raqs va turli ko’ngilochar sahna ko’rinishlari namoyish etiladi. “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostidagi gala-konsert dasturida barcha yoshlarni kutib qolamiz! 14-iyun soat 18:00 da 11-magazin guzari (Qorovul tepa) Fargonatuman.uz | Telegram | YouTube
إظهار الكل...
3👏 2🎉 1👌 1
01:44
Video unavailableShow in Telegram
"QUVASOY" PODSTANSIYASINING QUVVATI OSHIRILDI Farg’ona shahrida joylashgan Farg’ona, Quvasoy shaharlari hamda Farg‘ona tumanidagi iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/6 kVli “Quvasoy” podstansiyasiga 2 dona kuch transformatori o‘rnatildi. Batafsil, Fargʼona televideniyasining “Farg'ona24” yangiliklar dasturi orqali efirga uzatilgan mazkur lavhadan tanishib olishingiz mumkin. Fargonatuman.uz | Telegram | YouTube
إظهار الكل...
2.mp428.01 MB
2 1💯 1
01:06
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Koʻp qavatli uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqaruv organlari (JEK) faqat pul toʻplash uchunmi? Mavzu muhokamasi “QOʻSHTIRNOQ” loyihasida... Boshqaruv kompaniyalari oʻzi nima, ularga qanday vazifalar yuklatilgan? — Shartnoma tuzilmagan taqdirda majburiy yigʻimlarni toʻlamaslik huquqim bormi? — Qoniqarsiz boshqaruv kompaniyasidan boshqa kompaniyaga oʻtish tartibi qanday? — Umumiy mulk degani oʻzi nima? Shu kabi savollarga javoblarni koʻrsatuv davomida topishingiz mumkin. Koʻrsatuvning toʻliq shaklini OʻzAning YouTube tarmogʻi orqali tomosha qilishingiz mumkin. Fargonatuman.uz | Telegram | Facebook | YouTube
إظهار الكل...
TG.mp413.41 MB
👍 4 2👌 1😎 1
01:04
Video unavailableShow in Telegram
Agar og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bo‘lsangiz, "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazlari sizning yoningizda. 90 dan ortiq ijtimoiy xizmat va yordamlar, 4800 dan ortiq ijtimoiy xodimlar va 2300 nafar ijtimoiy xodim assistentlari farovon hayotingiz uchun qayg‘urishmoqda. Markazlar orqali siz tibbiy yordam, psixologik qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy reabilitatsiya, parasportga yo‘llanma olish va ishga joylashishda yordam olishingiz mumkin. Har qanday murakkab vaziyatda, "INSON" ijtimoiy xizmatlar markazi sizga yordam berishga tayyor. Batafsil ma'lumot: 1140 qisqa raqamlari ihma.uz sayti orqali Fargonatuman.uz | Telegram | Facebook | YouTube
إظهار الكل...
INSON_UZB_CALL_CENTRE_1.mp417.09 MB
👍 4 2👏 1🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tog‘li hududlarda sel kelish xavfi bor — Gidrometeorologiya Gidrometeorologiya agentligi 12-13 iyun kunlari kuchli yomg‘ir sabab, mamlakatning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishidan ogohlantirmoqda. Sel kelishi mumkin bo‘lgan hududlar: Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida; Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida; Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Farg‘ona vodiysi hududlari bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin." - deyiladi agentlik xabarida.
Fargonatuman.uz | Telegram | Facebook | YouTube
إظهار الكل...
2😱 1👀 1
#Yoshlar_oyligi “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” “Yoshlar oyligidoirasida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida mahallalarda turli xildagi madaniy dasturlar, yoshlar oqshomlari boʻlib oʻtmoqda. Shunday tadbirlardan biri Fargʻona tumanida ham oʻtkazildi. Viloyat markazidan madaniyat, san’at, ijtimoiy sohadagi faollardan tashkil topgan targʻibot jamoasi mahallalardagi yoshlar bilan fikrlashib, ular uchun ajoyib dastur namoyish qildi. Fargonatuman.uz | Telegram | Facebook | YouTube
إظهار الكل...
2👏 1🎉 1