cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

G‘uzor tumani hokimligi

Gʻuzor tumani hokimligining rasmiy telegram kanali. Rasmiy sahifalarimiz 🌐 www.guzor.uz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCoxVryKfsLmRMv4SVEuAKHw/videos 🌐 https://www.facebook.com/groups/guzorpress

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
5 450
المشتركون
-624 ساعات
-77 أيام
+9630 أيام
أرشيف المشاركات
#Qurbon_hayiti Yurt tinchligi, diniy bag‘rikenglik, mehr muruvvat, samimiy do‘stlik, bozorlar tukin-sochinligi bu hislatlarning barchasi g‘uzorliklar qalbida mujassam. 📸 Kanalga ulanish 👉@guzorpress
إظهار الكل...
👍 19🎉 2❤‍🔥 1
Gʻuzordagi jome’ masjidlarda Qurbon hayiti namozi o‘qildi Prezidentimizning «Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorga asosan mamlakatimizning barcha hududlarida Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda. Bugun, 16-iyun kuni erta tongdan tumandagi "Xazrati Mirijanda ota", "Musofir ota", "Batosh", "Yarg‘unchi" va "Sovlig‘or" jome’ masjidlariga bayram ibodatini ado etish uchun minglab kishilar tashrif buyurib, Qurbon hayiti namozi ado etildi. Hayit namoziga yig‘ilganlar duoga qo‘l ochib, yurtga tinchlik, xotirjamlik, yurtdoshlarimizga sog‘lik-salomatlik, oilalarga farovonlik, qishloq xo‘jaligi va barcha sohalarga qut-baraka tilashdi. Kanalga ulanish 👉@guzorpress
إظهار الكل...
👍 15
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табригиПоздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
إظهار الكل...
👍 7🎉 1
G‘uzorda ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi Xalq qalbiga quloq solish, odamlarning dardu tashvishini tinglash, muammolarini hal etish bugungi islohotlarning tub mohiyatini tashkil etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri F.Jumayev, tuman hokimi B.Suyunov, tuman prkurori R.Sayfiyev, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari va mahalla raislari ishtirokida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Bolalar musiqa va sanʼat maktabida o‘tkazilgan qabulda 121 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, shundan 82 nafari ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joyini taʼmirlash, kredit ajratish, moddiy yordam ko‘rsatish masalalarida bildirilgan murojaatlarga ijobiy yechim izlandi. Murojaatlarning 33 tasi joyida ijobiy hal etildi, 7 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi, 42 ta murojaatlar o‘rganib chiqish uchun mas'ullarga topshiriqlar berilib, nazoratga olindi. Shuningdek, 11 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga reabilitatsiya vositalari berildi.
إظهار الكل...
👍 20
G‘uzordagi "Uzbekistan GTL" zavodi yoshlari "Zakovat Quiz" musobaqasi gʻolibi boʻldi Kuni kecha, Zakovat arenada "O‘zbekneftgaz" AJ Intellektual olimpiadasi uchinchi bosqichi "Zakovat Quiz" chempionati bo‘lib o‘tdi. "O‘zbekneftgaz" AJ va tizim tashkilotlarining 26 jamoasi o‘rtasida o‘tkazilgan intellektual oʻyinda G‘uzor tumanidagi "Uzbekistan GTL" MChJ zakovat terma jamoasi munosib ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, "Uzbekistan GTL" zavodi yoshlari 1-o‘rinni qo‘lga kiritib "Zakovat Quiz" chempionlari bo‘lishdi. Chempionatning 2-o‘rinini "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MChJ jamoasi olgan bo‘lsa, 3-o‘ringa "Uz-Kor Gaz Chemical" MChJ jamoasi ega chiqishdi. G‘uzor tumani hokimligi ushbu muvaffaqiyat bilan zavod ma'muriyati va yoshlarini samimiy tabriklaydi. Kanalga ulanish 👉@guzorpress
إظهار الكل...
👍 12💯 6
Dolzarb masalalar muhokama qilindi G‘uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov rahbarligida hokim o‘rinbosarlari, mahalla yettilikning tuman bo‘limi boshliqlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, tijorat bank rahbarlari va soliq inspektorlari ishtirokida dolzarb masalalar muhokama qilindi. Unda, bandlik dasturini bajarilishi, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan berilgan muammoli kreditlarning undurish, notinch oilalar bila ishlash va oilaviy ajrimlarning oldini olish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Sayhunobod va Uychi tumani tajribalari asosida tijorat banklari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, uzoq muddat tashqi migratsiyada yurgan fuqarolar bilan ishlash va soliq tushumlarini undirish masalalari haqida so‘z bordi. Tahliliy va tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda mas'ullarni hisoboti tinglanib, ayrim kamchiliklarga yo‘l quygan mas'ullar faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi va ko‘rsatmalar berildi. Kanalga ulanish 👉@guzorpress
إظهار الكل...
👍 13
تسجيل الدخول والحصول على الوصول إلى المعلومات التفصيلية

سوف نكشف لك عن هذه الكنوز بعد التصريح. نحن نعد، انها سريعة!