cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti.

SamDVMCHBU Veterinariya profilaktikasi va davolash fakultetining rasmiy telegram kanali. Kanalga a'zo bo'ling! Rasmiy veb saytimiz: www.samvmi.uz Murojaat uchun. Fakultet matbuot kotibi: @Zarifa_0307

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
862
المشتركون
+124 ساعات
+57 أيام
+1630 أيام
أرشيف المشاركات
⚡️Yetakchi muttaxassislar bilan birgalikda sayyor dars tashkil qilindi ✅ Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti, “Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi v.b., dotsenti (PhD) U.A.Raxmonov va assistent Sh.A.Botirovalar tomonidan Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi, Samarqand viloyat Hayvonlar kasalliklariga tashxis qo‘yish va oziq-ovqat xavfsizligi davlat markazida Veterinariya meditsinasi (faoliyat turlari bo'yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun sayyor dars tashkil qilindi. Dars davomida talabalarga serologiya va bioximiya laboratoriyasida brutseliyoz kasalligiga RBP va RA reaksiyalarini qo’yishni hamda sutni sut halqali reaksiyasi bilan tekshirish o‘rgatildi. 🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter | Instagram |Facebook|Youtube |
إظهار الكل...
👍 1
📚 “Veterinariya jarrohligi va akusherlik” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Yosh jarroh va akusher” ilmiy to‘garagining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 🔶 Unda kafedraning professor-o‘qituvchilari, magistratura talabalari “Ustoz-shogird” tizimida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan iqtidorli talabalar qatnashdi. 🔷 To’garakda Veterinariya jarrohligi mutaxassisligi 2-bosqich magistranti B.Saydullayev “Qoramollarda aktinomikoz kasalligini jarrohlik yo‘li bilan davolash", Kinologiya va it kasalliklari mutaxassisligi 2- bosqich magistranti H.Qamchibekov “Itlarda uchinchi qovoqni jarrohlik yo‘li bilan davolash”, Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 302-guruh talabasi Sh.Aliyev “Bachadon chiqishi tug‘ruqdan keyingi yarim falaj kasalligini diagnostikasi va oldini olish usullari” mavzularidagi taqdimotlari bilan ishtirok etishdi. 👏 Faol qatnashgan iqtidorli talabalar maxsus sertifikat bilan taqdirlandi. 🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati
إظهار الكل...
#SamDVMCHBU_yangiliklari 📌MAKTABLARDA TASHVIQOT ISHLARI DAVOM ETMOQDA ⚡️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti "Veterinariya jarrohligi va akusherlik" kafedrasi assistenti PhD S.A.Haydarova tomonidan 2024-2025 o’quv yiliga qabul uchun Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 7- maktab, Oqdaryo tumani 8-maktab, Narpay tumani 18-maktab, Ishtihon tumani 8-maktabida bitiruvchilari-yoshlar bilan uchrashuvlar o'tqizib targ'ibot ishlarida faol qatnashdi ✅Universitet, fakultetlar, ta’lim yo’nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Bitiruvchilar bilan o’tkazilgan uchrashuv qiziqarli, bahs munozarali o’tdi. 🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter | Instagram |Facebook|Youtube |
إظهار الكل...
👍 2
#SamDVMCHBU_yangiliklari 📌UNIVERSITET QOSHIDAGI AKADEMIK LITSEY TALABALARI UCHUN MASTER-KLASS DARSLARI O’TILDI ⚡️Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti, “Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik anatomiya” kafedrasi dotsenti, v.f.n. B.A.Kuliyev, kafedra assistenti, v.f.f.d. (PhD), S.M.Axmedovlar universitet qoshidagi Akademik litseyning 201, 204, 206 va 208-guruh talabalariga “Bruselyoz va manqa kasalliklarining patomorfologiyasi” mavzularida Master-klass darslarini tashkil etdi. 📋Master-klass darslari davomida talabalarga kasalliklarning sabablari, xarakterli o‘zgarishlari, odamlarga yuqish yo‘llari to‘g‘risida prezentatsiya va undagi rasmlar orqali tushunchalar berildi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga ustozlar tomonidan atroflicha javob berildi. 🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter | Instagram |Facebook|Youtube |
إظهار الكل...
Repost from SamDVMCHBU Yoshlari
00:43
Video unavailableShow in Telegram
#YOSHLAR_ITTIFOQI #Bolalar_kuni 🔵Bayramingiz muborak bo’lsin, aziz bolajonlar!
🔵Bolalarning o’zi bir dunyo, ularning qalblari oqibatga, yuraklari sevgiga, koʻzlari nurga, qoʻllari mehrga toʻla boʻlgan holda, quloqlari shirin soʻzga, o’zlari eʼtiborga tashna. 🟢1-iyun «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» nafaqat bolalar, balki, kattalar uchun ham eng begʻubor va quvonchli bayramdir. Ushbu bayram munosabati bilan sayyoramizning kichik aholisini chin yurakdan tabriklaymiz.
🏛SamDVMCHBU Yoshlar ittifoqi axborot xizmati Telegram | Instagram | Facebook
إظهار الكل...
9.14 MB
🎉 2👍 1
“Viloyatda ish va taʼlim beruvchilar integratsiyasi innovatsion Forumi” Bugun Samarqand viloyati hokimligi tashabbusi bilan Samarqand viloyati ish va taʼlim beruvchilar integratsiyasi innovatsion Forumi boʻlib oʻtmoqda. Unda universitetimizdan ham vakillar ishtirok etishdi. Forumda Respublika Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi, respublika oʻrta- maxsus taʼlim rahbarlari, oliy taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etishmoqda. 🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter | Instagram |Facebook|Youtube |
إظهار الكل...
#Ilmiy_daraja ✅ Universitetimizning falsafa doktorlari yana bittaga koʻpaydi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy kengashning qarori (№ 013471 2024-yil, 8-may, 354/1-son bayonnoma) ga asosan Veterinariya proflaktikasi va davolash fakulteti, Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik anatomiyasi kafedrasi assistenti Hudaynazarova Nilufar Eshmuratovnaga veterinariya fanlari boʻyicha Falsafa doktori ilmiy darajasi berildi. Nilufar Eshmuratovnani ushbu ilmiy daraja bilan muborakbod etgan holda, kelgusi ilmiy ishlarida omad tilab qolamiz! 🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter | Instagram |Facebook|Youtube |
إظهار الكل...
Repost from SamTVR | MTRK
01:32
Video unavailableShow in Telegram
DIYOR YANGILIKLARI | SEMINAR TASHKIL ETILDI 31.05.2024-YIL #samarqandmtrk Telegram | Facebook | Youtube |Admin
إظهار الكل...
5.31.05.2024.mp411.33 MB
#Uchrashuv ✅ Fan-ta’lim va ishlab chiqrish integratsiyasi Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti, “Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik anatomiya” kafedrasi dotsenti, v.f.n. B.A.Kuliyev, assistenti, v.f.f.d. (PhD), S.M.Axmedovlar tomonidan uchrashuv tashkil etildi. Andijon viloyati Bo‘ston tumani veterinariya uchastka mudiri Mamarasulov Azamjon va Xo‘jaobot tumani veterinariya uchastka mudiri Yunusov Mirg‘iyoslar hamda Toshkent viloyati Bekobot tumani veterinariya uchastka mudiri Boyzoqov Xamidlar universitetning Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari ta’lim yo‘nalishi 301-302 guruh talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda veterinariya mutaxassislarini ishlab chiqarishdagi o‘rni va ularga bo‘lgan e’tiborni kuchayganligi, kasbimizni ulug‘langanligi hayotiy misollar bilan gapirib berdilar. Fan-ta’lim va ishlab chiqrish integratsiyasi asosida tashkil etilgan uchrashuv talabalarga katta taassurot qoldirdi. 🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati
إظهار الكل...
#Ilmiy_daraja ✅ Universitetimizning falsafa doktorlari yana bittaga koʻpaydi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy kengashning qarori (№ 013471 2024-yil, 8-may, 354/1-son bayonnoma) ga asosan Veterinariya proflaktikasi va davolash fakulteti, Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik anatomiyasi kafedrasi assistenti Hudaynazarova Nilufar Eshmuratovnaga veterinariya fanlari boʻyicha Falsafa doktori ilmiy darajasi berildi. Nilufar Eshmuratovnani ushbu ilmiy daraja bilan muborakbod etgan holda, kelgusi ilmiy ishlarida omad tilab qolamiz! 🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter | Instagram |Facebook|Youtube |
إظهار الكل...
👏 4👍 1
#Xalqaro_hamkorlik #Jarayon ✅ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining bir guruh professor-o'qituvchilari Qirg'izistonning O'sh davlat universitetining 85 yillik yubeleyida ishtirok etishmoqda. 🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati 🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter | Instagram |Facebook|Youtube |
إظهار الكل...
👍 2