cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

🌸🥰Qiziqarli hikoyalar🥰🌸

Kanal 2022yil 6 aprelda yaratildi va 3 iyundan yuritila boshlandi Assalomu alaykum kanalimizga hush kelibsiz. Kanalda turli xildagi qiziqarli mavzularda hikoyalar tashlab boramiz sizlarga yoqadi degan umiddamiz uzoqlashmang Murojaat uchun @BuxDPi_2TT

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
715
المشتركون
-324 ساعات
-267 أيام
-5430 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

❤️Taqdirmi, yo tasodif....❤️ 15-qism. -Xo'p -Mmm... sochingni rangi... menimcha... jigarrang tusda. Topdimmi? -Yo'q, topolmadingiz. -O yo'q, faqat bu emas... Unda qorami? -Yo'q. -Xo'p, unda o'zing aytib qo'ya qol. -Nega aytarkanman? -Qaysar qiz. -Karan, bo'ldi, juda charchaganman, tongda gaplasha qolaylik. -Faqat bir shart bilan, yo'qsa tuni bilan qo'ng'iroq qilaverib uxlashingga qo'ymayman. -Voy, qanday shart ekan. -Faqat sen shart qo'yaverasanmi, men ham sen bilan teng huquqliman. -Yaxshi, ayting, qanday shart? -Ertangi suhbatimizda ko'rinishingni ta'riflab berasan. -Yaxshi. Tinch uxlay olishim uchun shartingizga ko'nishga majburman. Hayrli tun! -Hayrli tun! Shirin tushlar ko'r. Nozima sekin xonaga kirib, o'rniga yotmoqchi edi, Umida sapchib o'rnidan turdi. -Menga qachon aytmoqchi eding? Shuning uchun Alini rad etgan ekansan-da? -Umida, bu sen o'ylagan narsa emas. Biz shunchaki do'stmiz. Tanishganimizga hali uncha ko'p bo'lmadi. -Senga qanday gapirganini eshitmaganimda, balki ishonardim bu yolg'oningga. Lekin endi, meni ishontira olmaysan. -Iltimos, jaxl qilmasdan meni eshit... Umida indamay, qovog'ini solib turaverdi. Nozima unga Karan bilan qanday tanishib qolgani va hech qachon uchrashmaslik shartini qo'ygani haqida gapirib berdi. Bu paytda esa Karan Nozima haqida o'ylab, kulib o'tirardi. Juda charchagan bo'lsa-da hecham uyqusi kelmayotgandi uni. To'satdan hayoliga bir fikr keldi. Darhol Riteshga qo'ng'iroq qildi. -Ritesh, ertangi rejalashtirilgan barcha ishlarni, uchrashuvlarni hamma-hammasini bekor qil. Zarur ish chiqib qoldi. -Karan, esing joyidami seni? Ertangi uchrashuvlar juda muhim axir, yana tushdan keyin film syomkasi ham bor. Sen nima qilmoqchisan o'zi? -Men senga ertangi rejalarimizni eslatgin demadim. Ularni bekor qil dedim. Keyin hoziroq qo'ng'iroq qilib, Agraga birinchi reys bilan uchadigan samolyotga ikkalamiz uchun chipta buyurtma qil. -Esingni yeganmisan sen, Agrada nima qilamiz axir? -Toj Mahalni ko'rgim keldi, do'stim. Ha yana eslatib qo'yay, bordi-yu aeroportda birorta fotomuxbir ko'rsam, boshing bilan javob berasan. Ok. Reys vaqtini qo'ng'iroq qilib ayt menga. Ritesh yana e'tiroz bildirmasligi uchun Karan darhol go'shakni qo'ydi. -Aniq esi joyida emas buni, film rejissoriga nima deyman, muxbirlargachi? - asabiylashgancha o'z-o'ziga gapirardi Ritesh. Birozdan so'ng Karanga qo'ng'iroq qilib, tongi to'rt-u o'ttizdagi reysga chipta buyurma qilganini aytdi. Karan shu tun uxlay olmadi. Reys vaqti bo'lgunicha sabri yetmadi. Soat tungi ikkida yana Riteshga qo'ng'iroq qildi. -Ufff... yanami? Haa -Uxlayapsanmi do'stim? -Seni shifokorga ko'rsatish kerak Karan, darding og'ir shekilli? -Samolyotga kech qolamiz axir, tursangchi. Ritesh ko'zlarini zo'rg'a ochib, soatga qaradi. -Biz uchadigan reysga ikki yarim soat vaqt bor hali. -Ko'p gapirmaginda, tayyorlan, uyingdan olib ketaman. -Ey yaratgan egam, o'zing madad ber. Bu telbaning ishlariga yana qancha bardosh bera olarkanman? Shu tariqa aeroportga yetib kelishdi. Ikki soatdan so'ng esa samolyotga chiqishdi va tongda Agraga kelib tushishdi. Karanning fikricha Nozima va do'stlari katta ehtimol bilan Toj mahal atrofidagi mehmonxonalardan biriga joylashgan bo'lishi mumkin edi. Shu sababdan, ijaraga mashina olishdi-yu Toj Mahal tomon ketishdi. Yetib kelgach, nonushta qilgani shu atrofdagi tamaddixonalardan biriga kirishdi. Karan uni tanib qolmasliklari uchun ko'zoynak va niqob taqib olgandi. -Xo'sh, endi nima qilamiz? Yo'l bo'yi og'zimni ochirmading, bu yerga nega kelganimizni bilsam bo'ladimi axir? -Aytsam, ustimdan kulmaslikka so'z ber. -Yaxshi, so'z beraman, - kulimsirab javob berdi Ritesh. -Bir qiz bilan tanishib qoldim. Telefon orqali, tasodifan. -Shu yerda yashaydimi? -Gapimni oxirigacha eshitsangchi, - asabiylashdi Karan. -Yaxshi, yaxshi davom et. -U hind emas. Dehlida o'qiydi. Agraga do'stlari bilan sayohat uchun kelgan.
إظهار الكل...
3👍 1
❤️Taqdirmi, yo tasodif....❤️ 13-qism. Hayajon ila bu go'zallikdan bahra olib turarkan, nihoyat u kecha tundan buyon kutayotgan qo'ng'iroq bo'ldi. Telefon ekranidagi raqamni ko'rgach, yuzida mayin tabassum bilan do'stlaridan biroz uzoqlashdi. -Assalom aleykum. -Vaaleykum salam. Meni unutib yubormadingmi, asal qiz? -Shoshmang, ismingiz nima edi. Karan baland ovozda kulib yubordi, Nozimaning bu gapidan. -Kel unda qayta tanishamiz. Ismim Karan, senikichi? -Asal qiz, - jilmaydi Nozima. -Juda yoqimli ism... Uzr kecha tongga qadar ishlagandim, uyga kelishim bilan uxlab qolibman. -To'g'risi, ozgina havotir oldim. -Haa, ozgina degin...- jilmayib qo'ydi Karan, - meni kechir, asal qiz seni havotirga qo'ydim. -Yo'q kechirim so'rashga arzimaydi. -Mayli, bundan buyon bu holat takrorlanmasligiga harakat qilaman. -Yaxshi. -Ko'chadamisan, halal bermadimmi? -Ha do'slarimiz bilan birgalikda sayohat qilgani chiqqandik. -Qayerga bordingiz, sir bo'lmasa agar. -Yo'q, sir emas. Agraga keldik, hozir Toj mahaldamiz. -Exx... Qaniydi sizlar bilan birgalikda bora olganimda edi... -Afsus, bunday bo'lmaydi-da...- kulib qo'ydi Nozima. -Bo'lsangchi, Karan kech qolamiz axir, - past ovozda tushuntirdi Ritesh. Karan unga bir daqiqa deya, ko'rsatkich barmog'ida ishora qildi. -Sayohatdan qachon qaytasizlar? -Qizil qal'aga ham borishni rejalashtirganmiz, inshaAllah ertaga kechki payt qatamiz. -Ajoyib, u yer ham juda go'zal. Ko'pchilikmisizlar? -Yo'q, to'rt kishi -To'rt dugona sayohat qilaylik debsizlarda... -Meni chalg'itib, gap olmoqchimisiz? Ochiqchasiga yigitlar ham bormi deb qo'yaqolsangizchi -Juda sezgir qiz ekansan. Ha to'g'risi shunga qiziqqandim. -Yaqin dugonam, uning o'g'il bola do'sti, men va yana bir umumiy do'stimiz. Javobim qoniqtirdimi? - kesatib qo'ydi Nozima. -Mendan jaxling chiqmasin, asal qiz. Bir-birimizdan hech narsa yashirmaslikka so'z berganmiz axir. -Shuning uchun ham aytyapman. Yo'qsa, sizga hisobot berib o'tirarmidim. -Bir jihatdan bunday sayohatlarda qizlar bilan birgalikda yigitlar bo'lgani ma'qul ish. Chunki bu yer Hindiston. Yolg'iz qizlar doim xavf-hatarda qolishi mumkin. -Xavf har yerda bor, Karan... -Mayli sizlar sayohatdan zavqlaning, meni zarur ishlarim bor. Kechki payt qo'ng'iroq qilaman, ok. -Yaxshi, hayr. Ular kun bo'yi shahar aylanishdi va kechga yaqin tunash uchun bir shinam mehmonxonaga kelishdi. Xonalarga joylashib, kechgi ovqat uchun mehmonxona restoraniga tushishdi. Kechgi ovqat ustida do'stlar bugungi mazmunli o'tgan kunlari haqida miriqib suhbatlashishdi. Keyin dam olgani xonalariga chiqib ketishdi. Nozima juda holdan toygandi. Yuvinib chiqib biroz tetiklashdi va telefonidan bugungi sayohat vaqtida olingan suratlarni ko'rib chiqmoqchi bo'ldi. -Umida buni qaragin, su'ratlar rosa ajoyib chiqibdi... Alini qaragin nima qilganini... -Qani, men ham ko'ray, - Umida Nozimaning qo'lidan telefonni oldi, - Voooy, mening yigitim juda ko'rkam-da... Qaragin, mana bu yerda juda zo'r tushibdi su'ratga. -Ha, seni ko'zlaring faqat uni ko'radi, - Nozima unga kinoya bilan gapirdi-yu sochlarini tarash uchun oyna oldiga borib o'tirdi. -O'zing ham bir kun men kabi sevib qolganingda, dugonajon, ko'zingga o'sha sevgan insoningdan boshqa hech kim ko'rinmay qolishi qanday bo'lishini anglab yetasan. Umidaning bu gaplari uning eski xotiralarini yodiga soldi. Ha, u ham sevgandi. Bu qanday nafis, qanday shirin tuyg'u ekanligini Nozima bilardi. Ammo, shu bilan birga juda berahm, juda beshavqat tuyg'u ekanligini ham allaqachon tushunib yetgandi. Nozima oynadagi aksiga qarab, sochini taragancha, o'tmish hayollariga g'arq bo'ldi. Uning hayolini bemavrid qilingan qo'ng'iroq to'zg'itib yubordi.
إظهار الكل...
👍 2
❤️Taqdirmi, yo tasodif....❤️ 14-qism. -Voy senga qo'ng'iroq qilishyapti, begona raqam. Shu paytda kim bo'ldi ekan. -Beraqol, - Nozima qo'ng'iroqqa javob berdi, - Hayrli kech. -Ooo demak, begona raqam emas...- kesatdi past ovozda Umida. Nozima unga "jim tur" deya ishora qildi. Umida ham baland ovozga qo'yishini Nozimadan ishora bilan so'radi. -Senga ham hayrli kech, asal qiz. Sayohatning birinchi kuni qanday o'tdi? Juda charchagandirsizlar? Umida bu gaplarni eshitib hayratga tushdi. 'Nahotki, eng yaqin dugonam mendan sevgani borligini sir tutdi' - deb o'yladi. O'zini dugonasidan ranjigandek ko'rsatib, sochini quritgani yuvinish xonasiga kirib ketdi. -Ha, lekin olgan taassurotlarim oldida bu arzimagan charchoq xolos. O'zingiz qanday o'tkazdingiz kuningizni? -Menda har doimgidek, uchrashuvlar, kelishuvlar, shartnomalar tuzish. Gapirishga arzimaydi. Men seni eshitgim kelyapti, asal qiz. -Hushomadga ustasiz. Tanishganimizga hech qancha vaqt bo'lgani yo'g'-u, shu qisqa vaqt ichida shunday qobiliyatingiz borligini darrov payqadim. Adashmadimmi? Karan kulgudan o'zini tiyolmay, Nozimaning gaplarini ma'qulladi. -Juda ziyraksan. -Bundan chiqdi, yagona qiz bola do'stingiz emasman. Hushomadga usta erkaklarni qiz bola do'stlari ko'p bo'ladi. Xo'sh, qani endi tan oling, nechanchiman? Bilasiz-a, bir-birimizga so'z berganmiz. Karan hali ham kulgudan o'zini to'xtatolmagandi. -Aytasizmi, yoki go'shakni qo'yaymi? Karan Nozimaning bu gapidan keyin biroz jiddiylashdi. -To'g'risi, meni biroz noqulay ahvolga solib qo'yding, sen qiz... Ha balki birinchisi emasdirsan, ammo so'ngisi bo'lib qolasan. Buni hushomad deb qabul qilma, lekin sen avvalgi qiz o'rtoqlarimdan tamom ila farq qilasan. Sababi, sen ular kabi menga yoqishga harakat qilmaysan, meni kim ekanligim, qanday ko'rinishda ekanligim senga ahamiyatsiz... Seni huddi farishta misol tasavvur eta boshladim. -Ishqilib, sevib qoldim demaysizmi? - kuldi Nozima. -Agar shunday desam, nima bo'ladi? -Tamom bo'ladi. -Nima tamom bo'ladi? -Do'stligimiz, telefondagi suhbatlar. -Nega sevgidan bu qadar ko'ngling qolganini bilsam bo'ladimi? -Yo'q. -Juda keskin javob qaytarasan. Nega bundaysan? -Hali vaqti emas. Umida tumshaygancha o'rniga kelib yotdi. Nozima gaplashgani xona ayvoniga chiqib ketdi. -Yaxshi, o'sha vaqt kelgunicha kutaman. Ammo o'shanda qalbing jarohatiga malham bo'lishim uchun menga imkon berasan. -Bu avvalo o'zingizga bog'liq, albatta. Sevgi-muhabbat haqidagi gaplarni kamroq gapirsangiz, do'stligimiz uzoqroq davom etishini ehtimoli yuqoriroq. -Sen chindan boshqachasan... -Keling, bir o'yin o'ynaymiz. -Qanday o'yin, sharti qanaqa? -Bir-birimizga tasavvurimizda qanday ekanimizni aytamiz. Agarda tasavvurimizdagi va haqiqiy qiyofalarimizda ozgina bo'lsada o'xshashlik bo'lsa, buni tan olamiz va yutqazgan kishi o'zini og'zaki tasvirlab beradi. -Juda yaxshi, ammo nega endi og'zaki. Su'ratini yuborsa bo'lmaydimi? -Istamasangiz o'ynamaymiz. -Yo'q, yo'q istayman, albatta. Kim birinchi boshlaydi? -Siz -Mmm... menimcha... sen... juda chiroyli... xushbichim qizsan. Yana nima desam ekan... Sochlaring... menimcha... uzun. Rangi... jin ursin qiynalib ketdim. Nega indamay turibsan. Gapimlarimni tasdiqlayapsanmi? Nozima baland ovozda kulib yubordi. -Nega asabiylashasiz?Rangini ham ayta olganingizda qoyil qoldirardingiz meni, - kula-kula javob qaytardi u. -Aytganlarim to'g'rimi, yoki yo'q. Avval shuni ayt menga. -O'zgalar nigohida qanday ko'rinishimni bilmadim-u, ammo sochimni uzunligini to'g'ri topdingiz. -Ana, sen ozgina bo'lsa ham deganding, men o'sha ozgina o'xshashlikni topdim. Sen endi o'zingni tasvirlab ber, asal qiz. -Yo'q, bu hisobga o'tmaydi, deyarli ko'pgina qizlarning sochi shunday uzunlikda. Siz shunchaki taxmin qildingiz va omadingiz keldi. -Voy mug'ombir-ey, hali shunaqami? -Agar rangini ham topa olsangiz, balki, o'ylab ko'rarman. -Buni ham taxmin qilaman, lekin agar to'g'ri topsam-u sen yana mug'ombirlik qilsang o'zingdan ko'r, shirin qiz.
إظهار الكل...
👍 1
❤️Taqdirmi, yo tasodif....❤️ 12-qism. -Men mashina haydashni istamayman, - Umida norozilik bildirdi, - orqa o'rindiqda, sevgilimning bag'rida o'tirmoqchiman. -Men ham mashina boshqarishni istamayman, - darhol javob qaytardi Nozima, - Ali o'zing haydayqol. -Mayli, nima ham derdim, men ham yo'q desam, sayohatimiz bekor bo'ladiganga o'xshaydi. Ali noiloj rulga o'tirdi. Aslida, u yo'l bo'yi Nozima bilan suhbatlashib, uning yuzlariga termulib ketmoqchi edi. Nozima juda o'ychan holatda ketardi. Onda-sonda telefoniga qarab qo'yar va yana xomush bo'lib qolardi. Ali uning bu holatini darrov sezdi: -Nozima -Ha -Kayfiyating yo'q, yaxshi uxlolmadingmi? -Yo'q, unday emas -Muhim qo'ng'iroq kutayapsan, menimcha -Haa, akam qo'ng'iroq qilmoqchi edilar, - darrov gapini to'g'irladi Nozima, - shunga. -Bunday asabiylashib kutguningcha, o'zing qo'ng'iroq qilsang bo'lmaydimi? -Asabiylashmayapman, qayerdan olding bu gapni? -Menga shunday tuyuldi shekilli unda, - yelkasini qisib qo'ydi Ali. -Menimcha ham shunday... Hali ko'p yuramizmi? - mashina yo'l ko'rsatgichiga qaradi Nozima, siqilgan holatda. -Umida, nega dugonangni qovog'idan qor yog'yapti buncha? - Ali orqaga nazar tashladi. -Har doimgidek, - dedi Umida qisqa qilib. -Atrofni go'zalligidan bahra ol, yagonam. Nega buncha tushkun holatdasan? Qani menga qaraginchi, kulsangchi. Axir Agraga ketyapmiz. -Yo'lga qarasangchi, - kulib yubordi Nozima. -Mana bu boshqa gap... Seni kayfiyatingni yomon bo'lishi bizga ham ta'sir qiladi, go'zalim. -Nima seningcha shunday yurishim kerakmi? - Nozima Aliga qarab masxarabozlardek jilmaydi, tishlarini ko'rsatib. -Ha, mana men doim shundayman-ku, - Ali ham shunday jilmaydi unga. -Senga juda yarashadi, - kulib yubordi Nozima. Shu tariqa Ali Nozimaning Karan haqidagi o'ylarini unuttirdi va qolgan chamasi bir soatlik yo'l davomida uni tinimsiz kulishga majbur qiladigan gaplardan gapirib, kayfiyatini ko'tarib bordi. Yigirma soatlik og'ir ish kunidan so'ng, holdan toygan aktyor kun yarim bo'libdi hamki hali shirin uyquda edi. Ritesh kelib uyg'atmaganida, u butun kunni uyqu bilan o'tkazardi. Do'sti eshikni taqillatib o'tirmay, o'zidagi kalit bilan ochib qo'ya qoldi. Uyga kirib Karanni xonasi tomon yurdi. O'ylaganidek, Karan hali ham uyquda. -Karan, bo'ldi endi, turaqol. Kun yarim bo'ldi axir, tushlikdan keyin muhbirlar bilan uchrashuving bor. Karaaan... -Bilasanmi nima? - g'o'ng'illadi Karan. -Nima? - yaqinroq kelib quloq tutdi Ritesh. -Toshingni ter. -Meni majbur qilma do'stim, - Ritesh oshxona tomon ketdi, - qara, o'zing xohlading lekin, menda ayb yo'q, - gapira-gapira qo'lida bir idishda suv olib Karan tomon kelayotgandi hamki, U o'rnidan sapchib turdi. -Jin ursin butunlay unutibman-ku. -Bu yangilik emas, do'stim. Sen doim unutasan. -Sen o'ylayotgan narsa emas bu, telefonim qani? - hovliqib ketdi Karan va yostiqlar tagidan telefonini qidira ketdi, - nega turibsan, qidirsangchi. Qo'ng'iroq qil. -Shu paytgacha yigirma marta qo'ng'iroq qildim, foydasi bo'lgani yo'q. Endi ham foyda beradi deb o'ylamayman. Menimcha ovozsiz rejimga qo'ygansan. Karan yotoqxonasidan chiqib uyning boshqa yerlarini qidira boshladi. -Mana topdim, - telefonini oshxona stoli ustidan topdi, kelganida muzlatgichdan ichimlik olgani oshxonaga kirgani yodiga tushdi. Tezda Nozimaga qo'ng'iroq qildi. Nozimaning Toj Mahalga ilk bor kelishi edi. Bu yerda bo'lishi uni bu qadar hayajonga solishi mumkinligi haqida o'ylab ham ko'rmagan edi. -Juda go'zal, juda mahobatli, bir so'z bilan ta'riflab bo'lmas darajada ulug'vor.
إظهار الكل...
❤️Taqdirmi, yo tasodif....❤️ 10-qism. -Talaffuzingizdan hind emasligingiz ma‘lum edi. Qaysi oliygohda o‘qiysiz, sir bo‘lmasa? -Tibbiyot oliygohida, jarrohlik sohasida. -Ooo, nega bunday jiddiy ekanligingizni endi tushungandekman. -O‘zingiz nima bilan shug‘ullanasiz? -Men... men ish yurituvchiman, - Karan shoshib qoldi. -Yaxshi, qayerda? -Mumbaydagi bir mashhur otelyeda. -Ha, demak, moda sohasi deng -Shunday. Nozima, sizdan bir narsani iltimos qilsam, yo‘q demaysizmi? -Bu so‘raydigan narsangizga bog‘liq. -Hech qachon ko‘rishmaslik shartini qo‘ydingiz, su‘ratlarda bir-birimizni ko‘rishimiz mumkindir. Yoki buni ham iloji yo‘qmi? -Ha, iloji yo‘q. Agarda norozi bo‘lsangiz, hoziroq go‘shakni qo‘yishingiz mumkin. -Yo‘q-yo‘q, mayli roziman. -Karan, mendan ranjimang. Bunday shartlar qo‘yishimning boisi, men atrofimdagi do‘stlarimdan-da bir yaqinroq insonim bo‘lishini istardim. Do‘stlarim ko‘p, ammo negadir ularga qalbimda nimalar kechayotganini aytishni istamayman. Ular bilan sirlarimni bo‘lisholmayman. Shu sabab, bir sirdosh, notanish, ko‘rinmas do‘stim bo‘lsa, qaniydi deb o‘ylab yurardim. Mana niyatim holis ekan, Alloh menga sizni yubordi. Faqat o‘sha do‘st siz ekaningizni tanib olishim biroz qiyin bo‘ldi. -Vaqt o‘tib, o‘rtamizdagi do‘stlik boshqa bir tuyg‘uga aylanib ketsa, unda nima qilamiz? -Bunday bo‘lmaydi. -Nega bu qadar ishonch bilan gapiryapsiz? Inson ertasi qanday bo‘lishini bilolmaydi axir. -Balki... To‘g‘ri ertamiz qanday bo‘lishini bilmaymiz, ammo men yuragimdan hech qachon bunday ma‘nisiz tuyg‘ularga qayta o‘rin bermasligimni aniq bilaman... Mayli buguncha yetar. Endi ertangi kunimiz uchun dam olmasak bo‘lmaydi. -Tongda yana qo‘ngiroq qilsam, maylimi? -Mayli. Hayrli tun! -Sizga ham hayrli tun tilayman. Shirin tushlar ko‘ring. -Raxmat, - yuziga tabassum yugurdi Nozimaning. Aloqa uzildi. Ikkovlari ham o‘rinlariga yotishdi. Faqat Karanning miyasida aylanayotgan savollar tufayli uyqusi kelmasdi. -Nega bunday shartlar qo‘ydi? Nega yuragida sevgiga o‘rin yo‘q bo‘larkan? Axir, bu go‘zal tuyg‘usiz yashab bo‘larkanmi? Yo‘q, bu qizni qutqarish kerak. Hayotini yorqin ranglarga bo‘yash kerak. Buni albatta uddalashim kerak. Ex, esi past tentak, - peshonasiga kafti bilan urdi u, - yoshini so‘ramadim-ku axir. Tong otdi. Mashg‘ulotlardan so‘ng Karan Nozimaga xabar jo‘natdi: -Bo‘shmisiz, qo‘ng‘iroq qilsam bo‘ladimi? Xabar kelgan payt Nozima endigina uyga kirgandi. Yuvinib olishi uchun biroz vaqt kerak edi. -O‘n daqiqadan so‘ng, - xabarga javob qaytardi u. Rosa o‘n daqiqadan bir daqiqa ham o‘tkazib yubormay Karan qo‘ng‘iroq qildi. Nozima arang ulgurdi. -Yigirma daqiqa desam bo‘larkan, - qo‘ng‘iroqqa javob berdi u, - Assalom aleykum, hayrli tong! -Salom, yaxshi dam oldingizmi? -Ha, Raxmat. -Biror yumushingiz bormidi, bezovta qilmadimmi? -Yo‘q, tugatdim. -Menga ham o‘zingizdek salomlashishni o‘rgating. -Bu qiyin emas. Bir, ikki bor aytsangiz o‘rganib olasiz. -As-sa-lam a-ley-kum, shundaymi? -Ha, qoyil. Juda to‘g‘ri talaffuz qildingiz. Aybga buyurmaysiz, siz bilan o‘n daqiqa gaplasha olaman holos. -Mayli, asosiysi men uchun shu o‘n daqiqa vaqtingizni ajrata olganingiz. Nozima yoshingizni so‘rasam, odobsizlikka yo‘ymaysizmi? -Yo‘q, nega endi, yoshim 23 da. Siznikichi?  ... Muallif: Dil_naaz #taqdirmiyotasodif
إظهار الكل...
👍 1
❤️Taqdirmi, yo tasodif....❤️ 12-qism. -Men mashina haydashni istamayman, - Umida norozilik bildirdi, - orqa o'rindiqda, sevgilimning bag'rida o'tirmoqchiman. -Men ham mashina boshqarishni istamayman, - darhol javob qaytardi Nozima, - Ali o'zing haydayqol. -Mayli, nima ham derdim, men ham yo'q desam, sayohatimiz bekor bo'ladiganga o'xshaydi. Ali noiloj rulga o'tirdi. Aslida, u yo'l bo'yi Nozima bilan suhbatlashib, uning yuzlariga termulib ketmoqchi edi. Nozima juda o'ychan holatda ketardi. Onda-sonda telefoniga qarab qo'yar va yana xomush bo'lib qolardi. Ali uning bu holatini darrov sezdi: -Nozima -Ha -Kayfiyating yo'q, yaxshi uxlolmadingmi? -Yo'q, unday emas -Muhim qo'ng'iroq kutayapsan, menimcha -Haa, akam qo'ng'iroq qilmoqchi edilar, - darrov gapini to'g'irladi Nozima, - shunga. -Bunday asabiylashib kutguningcha, o'zing qo'ng'iroq qilsang bo'lmaydimi? -Asabiylashmayapman, qayerdan olding bu gapni? -Menga shunday tuyuldi shekilli unda, - yelkasini qisib qo'ydi Ali. -Menimcha ham shunday... Hali ko'p yuramizmi? - mashina yo'l ko'rsatgichiga qaradi Nozima, siqilgan holatda. -Umida, nega dugonangni qovog'idan qor yog'yapti buncha? - Ali orqaga nazar tashladi. Umida Javedni tizzasiga yotgancha, oyoqlarini mashina oynasidan chiqarib olgandi. -Har doimgidek, - dedi u qisqa qilib. -Atrofni go'zalligidan bahra ol, yagonam. Nega buncha tushkun holatdasan? Qani menga qaraginchi, kulsangchi. Axir Agraga ketyapmiz. -Yo'lga qarasangchi, - kulib yubordi Nozima. -Mana bu boshqa gap... Seni kayfiyatingni yomon bo'lishi bizga ham ta'sir qiladi, go'zalim. -Nima seningcha shunday yurishim kerakmi? - Nozima Aliga qarab masxarabozlardek jilmaydi, tishlarini ko'rsatib. -Ha, mana men doim shundayman-ku, - Ali ham shunday jilmaydi unga. -Senga juda yarashadi, - kulib yubordi Nozima. Shu tariqa Ali Nozimaning Karan haqidagi o'ylarini unuttirdi va qolgan chamasi bir soatlik yo'l davomida uni tinimsiz kulishga majbur qiladigan gaplardan gapirib, kayfiyatini ko'tarib bordi. Yigirma soatlik og'ir ish kunidan so'ng, holdan toygan aktyor kun yarim bo'libdi hamki hali shirin uyquda edi. Ritesh kelib uyg'atmaganida, u butun kunni uyqu bilan o'tkazardi. Do'sti eshikni taqillatib o'tirmay, o'zidagi kalit bilan ochib qo'ya qoldi. Uyga kirib Karanni xonasi tomon yurdi. O'ylaganidek, Karan hali ham uyquda. -Karan, bo'ldi endi, turaqol. Kun yarim bo'ldi axir, tushlikdan keyin muhbirlar bilan uchrashuving bor. Karaaan... -Bilasanmi nima? - g'o'ng'illadi Karan. -Nima? - yaqinroq kelib quloq tutdi Ritesh. -Toshingni ter. -Meni majbur qilma do'stim, - Ritesh oshxona tomon ketdi, - qara, o'zing xohlading lekin, menda ayb yo'q, - gapira-gapira qo'lida bir idishda suv olib Karan tomon kelayotgandi hamki, U o'rnidan sapchib turdi. -Jin ursin butunlay unutibman-ku. -Bu yangilik emas, do'stim. Sen doim unutasan. -Sen o'ylayotgan narsa emas bu, telefonim qani? - hovliqib ketdi Karan va yostiqlar tagidan telefonini qidira ketdi, - nega turibsan, qidirsangchi. Qo'ng'iroq qil. -Shu paytgacha yigirma marta qo'ng'iroq qildim, foydasi bo'lgani yo'q. Endi ham foyda beradi deb o'ylamayman. Menimcha ovozsiz rejimga qo'ygansan. Karan yotoqxonasidan chiqib uyning boshqa yerlarini qidira boshladi. -Mana topdim, - telefonini oshxona stoli ustidan topdi, kelganida muzlatgichdan ichimlik olgani oshxonaga kirgani yodiga tushdi. Tezda Nozimaga qo'ng'iroq qildi. Nozimaning Toj Mahalga ilk bor kelishi edi. Bu yerda bo'lishi uni bu qadar hayajonga solishi mumkinligi haqida o'ylab ham ko'rmagan edi. -Juda go'zal, juda mahobatli, bir so'z bilan ta'riflab bo'lmas darajada ulug'vor. Muallif: Dil_naaz #taqdirmiyotasodif
إظهار الكل...
3🕊 1
❤️Taqdirmi, yo tasodif....❤️ 11-qism. -Oxo, ancha yosh ekansiz. Men sizdan o‘n yosh kattaman. -Ha, demak, oilalisiz. -Yo‘q, yo‘q oilali emasman. -Ajrashganmisiz? -Yo‘o‘o‘q. Hali uylanmaganman axir. -Ishonish qiyin. Yoshingiz 33 da axir, nega haligacha uylanmagansiz? -To‘g‘ri ishonish qiyin, ammo men bilan butun umr yashashga tayyor bo‘lgan qizni hali uchratganimcha yo‘q. -Mayli, ishondim. Nima, fe‘lingiz shu qadar yomonmi? -Ha, o‘zimni juda sevaman. Barcha narsa faqatgina men istaganimdek bo‘lishini xohlayman. Shu fe‘lim tufayli ko‘pgina go‘zallarni ranjitganman. -Bechora go‘zallar... Karan keling, bir narsaga kelishib olamiz. -Xo‘p. -Hech qachon bir-birimizga yolg‘on gapirmaymiz. Karan Nozimaning bu gapidan keyin biroz o‘ylanib qoldi va javob berdi: -Ko‘nglimdagini aytdingiz, do‘stlikda rostgo‘ylik muhim o‘rin tutadi. -Yana bir gap, mendan yoshingiz ancha katta "siz" deyishingiz noo‘rin, "sen" deb murojaat qilavering. -"Siz" deyish ham yoqayotgandi-yu ammo mayli "sen" yanada yaqinlashtiradi bizni. Nozima uning gapiga javoban miyig‘ida kulib qo‘ydi. Shu payt Umida uni nonushtaga chaqirdi. -Bo‘pti, vaqt tugadi. Kechki payt gaplashamiz, ok. -Ok. Kuning yaxshi o‘tsin, asal qiz. Seni shunday chaqirsam, qarshimasmisan? -Ooo, o‘zgarishlarga juda tez moslasharkansiz. Bu haqida keyingi suhbatimizda gaplashamiz, hayr. Nonushta vaqtida Umida ertangi kunni intizorlik bilan kutayotganligi haqida gapirdi. U o‘zida yo‘q xursand edi. -Nozi, nega Alini yoqtirmaysan? -Nega yoqtirmas ekanman? Yoqadi. Juda yaxshi yigit. -U seni sevishini bilasanmi? Senga ham yoqsa, nega bir imkon berib ko‘rmaysan. -Yoqadi degani, sevaman degan ma‘noni anglatmaydi-ku dugonajon, shunchaki do‘st sifatida yoqtiraman uni. Bundan ortig‘ini kutmasin mendan. Buni o‘ziga ham aytganman. Sen esa meni boshimni og‘ritma, tushundingmi? - jahli chiqdi Nozimaning. -Yaxshi, bo‘ldi gapirmadim deb hisobla. -Hisobladim. Nozima akasini juda sog‘ingandi. Nonushtadan so‘ng qo‘ng‘iroq qilib, biroz suhbatlashdi, yaqinlari haqida so‘radi va keyin juda yaxshi kayfiyatda Umida bilan darsga ketishdi. Karan ham juda yaxshi kayfiyatda kunini boshladi bugun. Endi u tezroq kun botishini, tun cho‘kkanda  esa tezroq tong otishini intizor kutardi. Chunki, faqat shu vaqtlardagina hayolini o‘g‘irlagan o‘sha notanish qiz bilan suhbatlasha olardi. Qanchalik yaxshi kayfiyatda boshlagan bo‘lmasin, Karanning bugungi kuni juda og‘ir o‘tdi. Kun bo‘yi filmning bir murakkab sahnasi ustida ishlashga to‘g‘ri keldi. Aksiga olib, film rejissori bugun tunda ham bir nechta raqs sahnalarini su‘ratga olish shartligini ma‘lum qildi. Sababi erta tongda film produsseriga ushbu filmda yangraydigan qo‘shiqlar ketma-ketligi soundtreklari bilan birgalikda taqdim etilishi kerak edi. Karan bundan qanchalar norozi bo‘lmasin, kasbi shunday, shartnoma tuzilgan ko‘nishga majbur. Kech bo‘ldi, ammo negadir notanish do‘stdan xabar kelmayapti. Shu ikki kun ichida Karan Nozimaning ko‘nglida iliq taassurot uyg‘ota olgandi. Shuning uchunmi aytgan vaqtida qo‘ng‘iroq qilmagani uchun Nozima yangi do‘stidan biroz havotir oldi. Keyin birdan hayollarini yig‘di-yu yoqtirgan filmini ko‘rishda davom etdi. Nozima tongda uyg‘onishi bilanoq telefonini tekshirdi. Hech qanday kirish qo‘ng‘irog‘i bo‘lmagan. U xomush tortib, labini burib qo‘ydi. -O‘zim qo‘ng‘iroq qilsammi... Yo‘g‘-e nimalar deyapman o‘zi... Tag‘in yoqtirib qolibdi, deb o‘ylamasin. -Nozima bo‘lsangchi, hali yigitlarni ham olish kerak. Yo‘l uzoq, tur o‘rningdan. -Ufff... Yilda bir marta vaqtli uyg‘anibdi-yu "tur o‘rningdan" deyishinichi buni. Dugonalar sayohat uchun barcha zarur bo‘ladigan narsalarni tez yig‘ishdi va yo‘lga otlanishdi. Ali va Javedni uylaridan olishdi. Muallif: Dil_naaz #taqdirmiyotasodif
إظهار الكل...
👍 2
❤️Taqdirmi, yo tasodif....❤️ #N9-qism. Va nihoyat o‘sha yoqimli ovoz yangradi: -Salom, eshitaman -Salom, iltimos, faqat go‘shakni qo‘ymasdan gaplarimni eshiting. -Xo‘p, - Nozima hayron bo‘ldi, - kim bilan gaplashayotganimni bilsam bo‘ladimi unda? -Siz meni tanimadingiz-a? Ammo, men uchun shu to‘rt kun ichida sizning ovozingiz quloqlarim ostida yangramagan biror soniya bo‘lmadi. -Kechirasiz meni, ammo taniyolmayapman. -Men o‘sha, siz bilan do‘stlashmoqchi bo‘lgan, shilqim va balki telba yigitman. -Haa, endi tanidim. -Nega ham o‘sha kun menga adashib tushdingiz-a? O‘sha kundan buyon halovatimni o‘g‘irlagansiz. -Siz chindan ham telbamisiz? Nima istaysiz o‘zi mendan? -Iltimos, menga birgina imkon bering, bundan hech ham afsuslanmaysiz. -Qanday imkon? Nimalar deyapsiz? Gaplaringizga tushunolmayapman. -Iltimos, ko‘rishaylik. -Bunga majburmanmi? -Yaxshi-yaxshi, faqat go‘shakni qo‘ymang, meni eshiting. -Afsuski, hali ham sizni eshitib turibman. -Mayli, unda shunday telefon orqali goh-gohida suhbatlashib tursak nima deysiz? -Esingiz joyidami, tanimagan insonim bilan nima haqida suhbatlashishim mumkin? -Tanishamiz, do‘stlashamiz, bir-birimizni yaqindan bilib olamiz. -Menga buning hech ham keragi yo‘q, do‘stlarim yetarlicha. -Iltimos, yo‘q demang. Hayotim sizning qo‘lingizda axir, meni bunday azobda qoldirmang. Siz nima desangiz barchasiga ko‘naman. Tinmay qo‘ng‘iroq qilaverib, asabingizni buzmayman, so‘z beraman. -Jinni ekansiz-ku, - Nozima kulguda o‘zini tiyolmadi, - yaxshi, hech qachon uchrashamiz demaysiz, o‘zimga qulay bo‘lgan vaqtlardagina qo‘ng‘irog‘ingizga javob bera olaman va eng asosiysi hech qachon menga sevgi-muhabbatdan so‘z ochmaysiz. Agar shu shartlarimga ko‘nsangiz, do‘stlashishga roziman. -Ha, albatta. Siz nima desangiz, barchasiga roziman. Lekin, avval mening raqamimni qora ro‘yxatingizdan chiqara olasizmi? -O‘ylab ko‘raman. Bo‘pti, hayr. Kechki payt qo‘ng‘iroq qiling, hozir bandman. -Yaxshi, hayr. Nozima suhbatni tugatgach, yuzida tabassum bilan do‘stlari yoniga qaytdi. Karanning quvonchi ichiga sig‘masdi. Riteshni xonaga chaqirdi-yu quchoqlab, sakray boshladi. -Tinchlikmi, hammasi joyidami do‘stim? -Joyida bo‘lganda qandoq. Mana telefoning, raxmat, endi bor pardozchini chaqir. Oyna oldiga o‘tirarkan, birdan hayoliga ismini so‘rashni unutgani keldi: -Jin ursin, esing joyidamas chindan ham seni, Karan. Ismini so‘rashni in ha. Nozima Karanning raqamini qora ro‘yxatdan chiqarib qo‘yishni butunlay unutgandi. Birdan esiga tushib, telefonini qidira ketdi. Uch soatdan buyon Karan qo‘ng‘iroq qilardi, ammo urinishlari foyda bermasdi. Nozima raqamni ro‘yxatdan chiqarishi bilanoq yangi do‘stidan qo‘ngiroq bo‘ldi. -Kechiring, ming bor uzr. Qong‘iroq qilgan paytingiz shoshib turgandim, yodimdan ko‘tarilibdi. -Mayli, muhimi esladingiz, - hotirjamlik bilan javob qaytardi Karan, - Hayrli kech. -Sizga ham hayrli bo‘lsin, kechirasiz ismingiz nima? -Karan... Karan Oberoy, - u Nozimadan kimligini yashirdi, buni istamagandi, ammo so‘ngi soniyalarda aytmaslikka qaror qildi, - Sizning ismingiz... -Nozima -Nozima, juda chiroyli ism ekan. Musulmonmisiz? -Ha, alhamdulillah. -Qayerliksiz, qayerda yashaysiz? -Asli O‘zbekistonlikman, bilasizmi shunday yurtni. -Ha, eshitganman. Ammo hali borish nasib etmagan. -Hindistonga bilim olish uchun kelganman.  ... Muallif: Dil_naaz #taqdirmiyotasodif
إظهار الكل...
👍 1
❤️Taqdirmi, yo tasodif....❤️ 8-qism. Bu orada yangi juftlik baxtdan sarhush edilar. Bir-birlaridan ko‘z uzmay termulishardi, hatto. Ali esa ularga havas bilan boqardi. -Ertadan keyin dam olish kunimiz, balki biror yoqqa borarmiz, sayohat deganday, - taklif bildirdi Ali, tushlik vaqtida. -Voy, qanday yaxshi, bu bizning birgalikdagi ilk sayohatimiz bo‘lardi, - Umida juda sevindi, - sen nima deysan, Nozima? -Yaxshi bo‘lardi, faqat Hindistonning o‘zida bo‘lsin. Chetga chiqishni keragi yo‘q. -Yaxshi, unda qizlar biror yer tanlashsin, biz ular ortidan ketaveramiz. To‘g‘rimi Javed? -Yaxshi-yu ammo maylimi men taklif kiritsam? -Ha, albatta. -To‘g‘risi, u yerga juda ko‘p borganman, vatandosh do‘stlarim bilan. Ammo o‘shanda bir kun kelib, o‘zim sevgan qiz bilan ham qayta shu yerga kelaman deb, niyat qilgandim. Uni topdim, vaqti keldi deb o‘ylayman, - Javed Umidaning qo‘llaridan tutib, unga mehr ila termulardi, - Bizni bir-birimizga ko‘nglimizni ochishimizda juda katta ko‘mak berdingiz. Sizlardek do‘stlarimiz bo‘lmaganda, balki hech qachon biz his-tuyg‘ularimizni bir-birimizga oshkor etolmagan bo‘larmidik? Buning uchun sizlardan juda minnatdorman. Nozima uning gaplaridan juda ta‘sirlandi. -Men bildim qayerga borishimizni, - dedi u ko‘zidan oqqan, marjondek bir tomchi yoshini yashirgancha, barmoqlarida artib, - Agraga, shundaymi? -Ha, buyuk muhabbat timsoli bo‘lmish, Toj Mahalga. -Ana, qayerga borishimizni ham aniqlab oldik. Qaniydi, shu ikki kun ichida men ham meni sevadigan qizni uchratsaydim. Uni ham birga olib ketardik, - Nozimaga kesatib qo‘ydi Ali. -Bunday qizlar juda ko‘p, Ali. Faqat sen ko‘zingni sal kattaroq ochsanggina ularni ko‘ra bilasan, yo‘qsa bir umr yolg‘iz o‘tib ketasan, - Nozima ham bo‘sh kelmadi. Ayni vaqtda Karanning ahvoli juda yomon edi. Qo‘ng‘iroqlariga javob bo‘lmagach, u juda jizzaki, atrofidagilariga qo‘rs va qo‘pol muomala qiladigan bo‘lib qolgandi. Nega bunday bo‘layotganini esa o‘zi ham tushunolmasdi. Hatto ismini ham bilmaydigan, ko‘rinishi qanday ekanini-ku umuman tasavvur eta olmaydigan bir qizni deb shu ahvolga kelayotganidan juda havotirga tushgandi. Balki, ilgarilari birorta qiz bilan bunday hodisa bo‘lmagani uchun asabiylashayaptimikin. Ha to‘g‘ri, bu qiz uning kim ekanini bilmaydi-ku. Agar bilganida, boshqa qizlar kabi bo‘yniga osilib olgan bo‘lardi. Shu o‘ylar biroz unga taskin berdi. Keyin yana o‘ylab qoldi: -Nahotki, barcha qizlar meni mashhurligimga-yu ko‘rkamligimga oshiq. Kimligimni bilmagan qiz esa meni mensimayapti. -Besh daqiqa tanaffus qilsak, maylimi, - pardozchisidan so‘radi, Karan, - o‘zimni biroz yomon his qilyapman. -Yaxshi, men unda qahva ichib kela qolaman. Sizga ham olaymi? -Yaxshi bo‘lardi, keyin menga Riteshni chaqirib yuboring, iltimos. -Albatta, hozir chaqirib yuboraman. Ritesh Karanning eng yaqin do‘sti va shu bilan birga uning shaxsiy ish yurituvchisi edi. U xonaga kirishi bilan darhol Karan undan telefonini so‘radi. Olgach, shu yaqin kunlar ichida xotirasiga qattiq muhrlanib qolgan raqamlarni terdi va chaqiruv tugmasini bosdi. -Chaqirayapti, - dedi shivirlab va qo‘li bilan Riteshga xonadan chiqib turishiga ishora qildi.  ... Muallif: Dil_naaz #taqdirmiyotasodif
إظهار الكل...
👍 2
Севги- айб, севилмок фазилат ~Севги- дузах, севишмок жаннат ~Севги- омад, севилмок чин бахт ~Севги- савоб, севганим гунох ~Севги- мезбон, севганлар мехмон ~Севги- жаллод, севганлар курбон ~Севги- сароб, севганлар сарсон ~Севги- сиртмок, севганлар асир ~Севги- куркок, севганлар мард. #BAXTLI_QIZ
إظهار الكل...
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.