cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

SamDCHTI | Rasmiy

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmatiga murojaat 👉 @Axborot_xizmatiga_murojaat_bot Reklama 👉 @reklama_talablari Reklama va murojaatlar uchun 👉 @jurnalist_nutqi

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
6 047
المشتركون
+1524 ساعات
+107 أيام
-6130 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from Edu.uz
02:41
Video unavailableShow in Telegram
#el_yurt_umidi “EL-YURT UMIDI” JAMGʻARMASI 2024 YILGI 1-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVIDA ISHTIROK ETING! “El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi! “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib: - bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin, - magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin, - doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan. Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25 iyundan 25 iyulga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi. Tanlovga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi. 🌐 Nomzodlar uchun barcha zarur ma’lumotlar Jamg‘armaning onlayn hujjat topshirish platformasida (http://admission.eyuf.uz) batafsil yoritib berilgan. Murojaat uchun: ☎️ +998 71 203 00 47 +99 871 203 00 48 +99 871 203 00 53 📧[email protected]@EYUF_Admission_2023bot “El-yurt umidi” jamg‘armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan Siz yoshlarni ochiq stipendiya tanlovida kutib qoladi! Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
21.95 MB
👌 4👍 2
Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo’lib o’tdi Yig’ilish davomida quyidagi masalalar kun tartibidan o’rin oldi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari; – Ingliz tili I va Ingliz tili II fakultetlarida o‘quv, ilmiy va ma’naviy soha hamda kadrlar tayyorlash sifati, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash borasidagi ishlar; – Institut professor-o‘qituvchilarining xorijiy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari, xorijiy tillarni o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilishi hamda xalqaro reytinglarga kirish ishlari bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar; – Institutda sport-sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish, kafedralarda professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilayotgan ochiq darslar tahlili, shuningdek, fuqarolarning yozma va og‘zaki murojaatlari bilan ishlash holati kabi masalalar ko’rib chiqildi hamda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
👍 8👌 2
👏 4👍 1 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon ⚡️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi 2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi. Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi. Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan: ➖o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari; ➖ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
👍 7
00:13
Video unavailableShow in Telegram
💙 💙💙💙💙 Vebster Universiteti (Webster University) Samarqand davlat chet tillar institutida 🤩 Vebster Universiteti o'zining yangi ta'lim dasturlarini taqdim etish maqsadida Samarqandga amaliy tashrif uyushtirmoqda. 📆 9-iyul: 📍 Samarqand davlat chet tillar institutida soat 14:00 da taqdimot bo'lib o'tadi. ⚡️ Mavjud dastur: 🟧 Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o'qitish magistri (MA TESOL) 🏹 Michigan English Test (MET) imtihoni soat 15:00da bo’lib o’tadi. ⭐️ Bu imkoniyatdan foydalanib, ta'lim sohasida yangi yo'nalishlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot oling.
إظهار الكل...
samarkand uzb.mp45.37 MB
👍 14🔥 2🤗 2👏 1💋 1😘 1
Repost from SamTVR | MTRK
03:05
Video unavailableShow in Telegram
DIYOR YANGILIKLARI | YANGI LOYIHA AMALDA 3.07.2024-YIL #samarqandmtrk Telegram | Facebook | Youtube |Admin
إظهار الكل...
5.03.07.2024.mp422.88 MB
👍 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Job Opportunity: Visa Consultant We are seeking a dedicated Visa Consultant to join our dynamic team! 🔹 Requirements: 🌐 Proficiency in English ⏰ Punctuality and reliability 💻 Strong computer skills 🚀 Ability to learn quickly 📚 No work experience needed; we provide training. 🔹 Key Responsibilities: 📝 Assisting clients with visa applications and documentation 💬 Providing accurate information and advice on visa processes ✅ Ensuring all applications are processed efficiently and accurately If you are a fast learner with excellent communication skills and a keen eye for detail, we would love to hear from you! 📧 Apply now by sending your CV to @islombek_travel or filling out the application form. Join us and be a part of our success story!
إظهار الكل...
👍 9 1
AQShning Vebster universiteti magistratura "MA TESOL" dasturi 2024-2025 o'quv yilida ham davom etadi Bugun, 3-iyul kuni Toshkentdagi Vebster universitetida tashkil etilgan uchrashuvida magistratura "MA TESOL" dasturi bo'yicha AQShning Vebster universiteti, Toshkent shahridagi Vebster universiteti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti o'rtasida uch tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi. Unda institut rektori Bahodir Xoliqov ham ishtirok etdi. Ushbu bir yillik magistratura "MA TESOL" dasturi to'lig'icha AQShning Vebster universiteti o'quv dasturi bo'lib, Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshiriladi hamda dastur bitiruvchilariga AQShning Vebster universiteti diplomi beriladi. Ma'lumot uchun, magistratura "MA TESOL" dasturi Samarqand davlat chet tillar institutida 2018-yildan buyon davom etib kelmoqda. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
👍 4👌 2 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon ⚡️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi 2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi. Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi. Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan: ➖o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari; ➖ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
👌 3
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon ⚡️Joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan: ➖yo‘nalish; ➖oliy ta’lim muassasasi nomi; ➖manzil; ➖sanasi va vaqti aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi. Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. P/S: Imtihonlar o‘tkaziladigan sana bo‘yicha tez orada qo‘shimcha xabar beriladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
👌 2
Yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida takliflar almashinildi Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov AQSh elchixonasining ingliz tilini o‘qitish regional ofisi direktori Kevin Mc Caughey, Xalqaro ta'lim bo‘yicha Amerika Kengashining O‘zbekistondagi ofisi direktori William Shane O‘roark janoblari hamda elchixona xodimasi Umida Boltayevalar bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv davomida yangi loyihalar ustida ishlash, umumta’lim maktablari, akademik litseylar o’quvchilarining xorijiy tillarni o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda loyihalar doirasida tanlovlar, ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy tadbirlar tashkil etish borasida fikr-mulohazalar almashinildi. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
👍 11
#Dissertatsiya_himoyasi Samarqand davlat chet tillar instituti tayanch doktoranti Nurjahon Nazarovaning 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “O‘zbek va ingliz ertak diskursining lisoniy-madaniy va pragmastilistik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi bo'lib o'tdi. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
14👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Bizning_yutuqlar Alanya shahrida Turkiyaning “Baygench” nashriyoti O‘zbekistondagi “Shine” qizlar akademiyasi bilan hamkorlikda mamlakatimizda turli sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan iqtidorli va faol ayol-qizlarning ijodiy ishlari jamlangan “Oʻzbekistan’ın lider kadınları” kitobining taqdimot hamda taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun, “Oʻzbekistan’ın lider kadınları” kitobida Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi Shahriboni Abduvohidovaning “Xotin-qizlar huquqlari – qonun himoyasida” nomli maqolasi turk tilida chop etildi. Unda jamiyatimizda xotin-qizlarga nisbatan har qanday zo'ravonlikning oldini olish, ularning huquqlarini himoya qilish, har sohada faolligini, ijtimoiy erkinligini ta’minlash kabi jihatlarga e'tibor qaratilgan. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
👍 8🔥 4 2
Yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan yana bir loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi Samarqand davlat chet tillar institutida Xalqaro ta'lim bo‘yicha Amerika Kengashining O‘zbekistondagi ofisi ko‘magida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi granti asosida "English Access Microscholarship" loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida Samarqand viloyatining umumumta'lim maktablari hamda akademik litsey o‘quvchilari orasidan asosan kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 33 nafari saralab olinib, ingliz tili 2022-yil oktabr oyidan 2024-yil iyul oyiga qadar bepul o‘rgatildi. Boshlang'ich darajadan boshlangan darslar yakunida barcha o‘quvchilar B2 darajaga erishishdi. Loyiha yakunlangunga qadar Samarqand davlat chet tillar institutining o‘qituvchilari, ya’ni Qahramon Xakimov, Tozagul Nasrullayeva, Fahriddin Bakiyev hamda Sohib To‘ychiyevlar o‘quvchilarga ingliz tilidan saboq berishdi. Bugun, 2-iyul kuni loyihaning yakuniy tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda SamDCHTI rektori Bahodir Xoliqov, AQSh elchixonasining ingliz tilini o‘qitish regional ofisi direktori Kevin Mc Caughey, elchixona xodimasi Umida Boltayeva hamda Xalqaro ta'lim bo‘yicha Amerika Kengashining O‘zbekistondagi ofisi direktori William Shane O‘roarklar ishtirok etishdi. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
👍 8👌 1
#Bilasizmi ❗️2-iyul – “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun 🔰 Qonunga muvofiq, Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. 📌 O‘zbekistonda istiqomat qiladigan barcha shaxs davlatimiz gerbini hurmat qilishlari shart. ▶️ Jinoyat kodeksiga asosan, Davlat gerbiga hurmatsizlik qilish BHMning 2/225 baravarigacha (8 mln 500 ming so‘m) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
👍 5
#Xabar Xitoy Xalq Respublikasining Ta'lim vazirligi qoshidagi Til ta'limi va hamkorlik markazi hamda Shanxay xorijiy tillar universiteti rahbariyati vakillari ishtirokidagi delegatsiyaning Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishi kutilmqoda. Xitoy Xalq Respublikasining Til ta'limi va hamkorlik markazi hamda Shanxay xorijiy tillar universiteti bilan Samarqand davlat chet tillar instituti bir necha yillardan buyon yaqindan hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Bugun, 1-iyul kuni institut rektori Bahodir Xoliqov hamda institut qoshidagi Konfutsiy institutining O'zbekiston tomondan direktori Shahriyor Safarovlar joriy yilning 8-iyul kuni tashrif buyurishi kutilayotgan delegatsiyani munosib kutib olish, so’ngra uchrashuvlar va tadbirlar tashkil etish bo'yicha amaliy ishlarni belgilab olishdi. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
👍 9🔥 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.