cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

SamDCHTI | Rasmiy

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmatiga murojaat 👉 @Axborot_xizmatiga_murojaat_bot Reklama 👉 @reklama_talablari Reklama va murojaatlar uchun 👉 @jurnalist_nutqi

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
6 047
المشتركون
+1524 ساعات
+107 أيام
-6130 أيام
أرشيف المشاركات
#Ijodiy_imtihon #Natija Samarqand davlat chet tillar instituti xalqaro jurnalistika ta'lim yo'nalishiga o’qishga kirish maqsadida hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga Bugun, 10-iyul kuni o'tkazilgan ijodiy imtihon natijalari e'lon qilindi. Agarda ijodiy imtihon natijalaridan norozi abituriyentlar bo'lsa, 24 soat ichida  Samarqand davlat chet tillar instituti qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so'raladi. Belgilangan muddatdan keyin qilingan e'tirozlar inobatga olinmasligini ma'lum qilamiz. 👉 Ijodiy imtihon natijalari (PDF) SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
5🔥 4👍 1
01:00
Video unavailableShow in Telegram
#Ijodiy_imtihon Samarqand davlat chet tillar institutida o’tkazilgan ijodiy imtihon jarayonidan videolavha SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
Sequence 01_1.mp413.35 MB
🔥 11👌 2
00:27
Video unavailableShow in Telegram
#Ijodiy_imtihon Samarqand davlat chet tillar institutida o’tkazilgan ijodiy imtihon to'g'risida ota-onalar fikrlari SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
interview 2.mp44.89 MB
5👍 2🔥 1🤗 1
00:30
Video unavailableShow in Telegram
#Ijodiy_imtihon Samarqand davlat chet tillar institutida o’tkazilgan ijodiy imtihon to'g'risida ota-onalar fikrlari SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
interview 1.mp45.57 MB
👍 1
#Ijodiy_imtihon Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida ijodiy imtihon jarayonini onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi Samarqand davlat chet tillar institutida o’tkazilgan ijodiy imtihonda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun qulayliklar tashkil etildi. Xususan, ota-onalar salqin joyda o’tirib, farzandlarining imtihon jarayonidagi ishtirokini onlayn kuzatishdi. Ota-onalar bilan institutda tashkil etilgan psixologlar va xodimlardan iborat volontyorlar guruhi suhbatlashib, ularning takliflarini, fikr-mulohazalarini o’rganishdi. Jumladan, institutdagi ta’lim yo’nalishlari, o’quv jarayoni hamda qurilish va qayta ta’mirdan chiqirish ishlari to’g’risida ma’lumotlar berishdi. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
👌 1
#Ijodiy_imtihon Bugun, 10-iyul kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakultetining xalqaro jurnalistika ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ijodiy imtihon bo’lib o’tdi. Ijodiy imtihon O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professor-o’qituvchilari tomonidan ikki bosqichda, ya’ni yozma va suhbat asosida o’tkazildi. Birinchi bosqichda abituriyentlar beshta mavzudan birini tanlab, insho yozdi. Ikkinchi bosqichda komissiya a’zolari abituriyentlarni suhbatdan o‘tkazdi. 2024-2025 o’quv yilida xalqaro jurnalistika ta’lim yo‘nalishiga jami 134 nafar abituriyent hujjat topshirgan bo‘lib, bugun imtihon jarayonida 105 nafar abituriyent qatnashdi. 29 nafar abituriyent imtihonga kelmadi. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
👍 6🔥 1
Repost from Zarnews.uz
Самарқанд давлат чет тиллар институтида ижодий имтиҳонлар бошланди Бугун Самарқанд давлат чет тиллар институтининг шарқ тиллари факультети халқаро журналистика таълим йўналиши учун ижодий имтиҳонлар бўлиб ўтмоқда. ——— Samarqand davlat chet tillar institutida ijodiy imtihonlar boshlandi Bugun Samarqand davlat chet tillar institutining sharq tillari fakulteti xalqaro jurnalistika taʼlim yoʻnalishi uchun ijodiy imtihonlar boʻlib oʻtmoqda. Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/vfo Каналга қўшилинг: 👇 Telegram | Facebook | Youtube
إظهار الكل...
👍 18🕊 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul2024 #eslatma #akademik_litsey ⚡️DIQQAT, bugun akademik litseylarga hujjat topshirishning so‘nggi kuni ✅ Bugun, 10-iyul kuni AKADEMIK LITSEYLARga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi. 👨🏻‍💻 Umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilari 23:59 ga qadar my.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 🔗Foydali havolalar (matn ustiga bosing): 👉 Akademik litseylarning fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni va baholash mezonlari; 👉 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
إظهار الكل...
👍 2 1👌 1
#Xalqaro_hamkorlik Samarqand davlat chet tillar instituti faoliyati davomida 100 dan ortiq nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, xususan, Xitoy Xalq Respublikasining ta’lim tashkilotlari va kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlab kelmoqda. Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov xalqaro raqamli ko‘rgazmalarni tashkil etish bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasining Shensi provinsiyasidagi Tashqi savdo va iqtisodiy hamkorlik kompaniyasi vakili Iris Yang xonim boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi. Uchrashuv davomida xitoylik o‘quvchi-yoshlarni Samarqand davlat chet tillar institutining bakalavriat bosqichiga o‘qishga qabul qilish, institutda xitoy tilining o‘qitilishini yanada rivojlantirish hamda o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash borasida muzokaralar olib borildi. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
👍 7
Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida Konfutsiy Instituti tashkil etilganligining 10 yilligi tantanali nishonlandi Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Xitoy Xalq Respublikasining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir. Bugun, 8-iyul kuni Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida Konfutsiy Instituti tashkil etilganligining 10 yilligi tantanali nishonlandi. Shu munosabat bilan Xitoy Xalq Respublikasining ta’lim vaziri janob Huai Jinpeng hamda Shanxay xorijiy tillar universiteti prezidenti Li Yansonglar boshchiligidagi delegatsiya institutga tashrif buyurdi. Martabali mehmonlar uchun institutda xitoy tilini o'rganayotgan talabalar tomonidan madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Unda talabalarning xitoy tilidagi badiiy chiqishlari ishtirokchilarga havola etildi. Tadbir davomida SamDCHTI qoshidagi Konfutsiy Institutining 10 yilligi munosabati bilan institutga (Smart Screen) “Interaktiv doska” delegatsiya a’zolari tomonidan tuhfa qilindi. Ma’lumot uchun, ushbu Konfutsiy Instituti faoliyati to‘liq Xitoy Xalq Respublikasi ta’lim vazirligi huzuridagi Til ta’limi va Hamkorlik markazi hamda Shanxay xorijiy tillar universiteti tomonidan moliyalashtirilmoqda. Institutda bugungi kunda 6 nafar xitoylik malakali mutaxassislar turli yoshdagi 150 nafar tinglovchilarga xitoy tili va madaniyatini o‘rgatishmoqda. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
👍 14🕊 5💋 2 1
👍 5
#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
#Ishga_marhamat TALABA YOSHLARNI ISHLAB CHIQARISH KO‘RXONASI SOTUV BO‘LIMIGA ISHGA TAKLIF ETAMIZ Talablar: 👉 Ish tajribasi 2 yildan oshiq 👉 Yoshi 20-30 yosh oralig'ida 👉 O‘zbek, rus va tojik tillarida erkin suhbatlasha olish 👉 Kompyuterdan yaxshi foydalana olish (Word, Excel dasturlarida) Bizda sharoitlar: 🔹 3 mahal ovqat 🔹 Alohida ofis 🔹 Ahil jamoa 🔹 Kasbiy rivojlanish 🔹 Ishga kelib ketish xarajatlari qoplanadi ❗️OYLIK MAOSH: (KPI%) SOTUVDAN FOIZ AJRATILADI Manzil: Samarqand shahar, Motrid. Ma'lumot uchun: +998770242714, 24/7. KASBIY RIVOJLANISH UCHUN MALAKALI MUTAXASSISLAR TOMONIDAN TRENING DARSLARI DOIMIY O'TIB BORILADI.
إظهار الكل...
👍 5💋 2
#Bizning_yutuqlar Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi mudiri pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Lola Abdullayeva 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini oldi. Qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti dekani pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Dilnoza Xolmurodova 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini oldi. Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Aziza Musoyeva 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini oldi. Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ulug‘bek Lutfulloyev 13.00.06 – “Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini oldi. Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasidan Shahnoza Mardiyeva 19.00.05 - “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” ixtisosligidan psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni oldi. Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasidan Farxod Razaqov 19.00.06 – “Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi” ixtisosligidan psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni oldi. Yutuqqa erishgan professor-o‘qituvchilar institut rahbariyati tomonidan munosib rag'batlantirildi. SamDCHTI Axborot xizmati 👉 @samdchtijamoasi
إظهار الكل...
🔥 15👍 7👏 2
👏 3👌 2
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.