cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

BO'KA TUMANI HOKIMLIGI

Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/ Facebook: facebook.com/bokahokimligi/ YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/ Web-sayt: www.boka.uz/

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
3 031
المشتركون
-124 ساعات
+147 أيام
+1930 أيام
أرشيف المشاركات
#fvb Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda. 🔻 Davlatimiz rahbari boshchiligida 2024-yil 12-yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Bo‘ka tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 20-21-31-maktablarning 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida jinoyat sodir etilishini oldini olish, internet tarmog‘i orqali turli yolg‘on kuchlarga aldanib qolmasliklari bo‘yicha tushunchalar berildi. 🔸 Ushbu maktablarning 9-sinf bitiruvchilarini “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga hamda 11-sinf bitiruvchilarini Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida o‘qish istagi bo‘lgan o‘quvchilarga sharoitlar yaratilganligi haqida tushunchalar berilib, maxsus videoroliklar namoyish etildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
إظهار الكل...
#Jarayon 🔥 Bo’ka tuman Gaz ta’minoti bo’limi xodimlari tomonidan hududlarda gaz ta’minotini yaxshilash va yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. 🔺 Shuningdek, tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hududlarda yashovchi aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish va bo’shagan gaz ballonlarini yig’ib olish ishlari reja-grafikka asosan bosqichma-bosqich olib borilmoqda. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
إظهار الكل...
#adliya Joylarda adliya bo'limi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda. 🔺 Bo'ka tuman adliya bo'limi tomonidan "Toshloq" mahalla fuqarolar yig'ini xodimlari, Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi o'quvchi va o'qituvchilari ishtirokida Vazirlar mahkamasining 204-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish bo'yicha targ'ibot tadbirlari o'tkazildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
إظهار الكل...
#byudjet_tushumlari Byudjet tushumlari va bandlik dasturi rejasining bajarilish holati muhokama qilindi 🔹 Bugun tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida hokim o'rinbosarlari, tegishli korxona-tashkilotlar mas'ullari ishtirokida byudjet tushumlari, bandlik dasturi rejasining bajarilishi va hududlarni obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi. 🔺 Yig’ilishda byudjet tushumlarining aprel oyi yakunlari bo'yicha belgilangan prognoz ko’rsatkichlari bajarilish holati, tadbirkorlik subyektlari hamda aholi orasida soliq to’lovi madaniyatini oshirish, aholi bandligini ta'minlash, yangi ish o'rinlarini yaratish va norasmiy band bo'lgan fuqarolarni bandligini rasmiylashtirish, shuningdek ijtimoiy soha obyektlari va har bir mahallalarda obodonlashtirish, daraxt va gul ko’chatlarini parvarishlash borasida olib borilayotgan ishlar ko’rib chiqildi. 🔺 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan har bir mas'ulga aniq vazifalar belgilab berildi, ishlarni hamkorlikda tashkil qilish, belgilangan vazifalarni o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
إظهار الكل...
#investitsiya Xorijiy mutaxassislar bilan quyosh foto-elektr stansiyasini qurish ishlari yuzasidan suhbatlashildi. 🔺 Bugun tuman hokimligi binosida tuman hokimining o'tinbosari X.Ashurov va Xitoy Xalq respublikasining "China Datang Overseas Investment" korxonasi vakillari bilan suhbat o'tkazildi. 🔺 Suhbat davomida O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining 2023-2025-yillarga mo'ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish to'g'risida"gi 459-sonli qarorlariga asosan Bo'ka tumanida qurilishi belgilangan 300 megavattli quyosh foto-elektr stansiyasini qurilish ishlari yuzasidan ma'lumot berildi. 🔹 Joriy yilning iyun-iyul oylarida qurilish ishlari boshlanishi va yil yakuniga qadar 100-150 megavattli quyosh foto-elektr stansiyasini qurish ishlari amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, qarorga asosan avvalambor poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etilishi, jumladan: Birinchisi - Qibrayda 400 megavattli, Yuqorichirchiqda 700 megavattli, Ohangaron tumanida 1 ming megavattli hamda Bo‘kada 300 megavattli stansiyalar loyihalarini amalga oshirish belgilangan.
✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
إظهار الكل...
#Live Ayni damda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tibbiyot oliy taʼlim muassasalaridagi bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuvi boshlandi. Mazkur uchrashuvni tashkil qilishdan asosiy maqsad – Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash tizimida malakali mutaxassislarni ko‘paytirish, tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratish hamda aholini sifatli tibbiyot bilan qamrab olishdir. Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda viloyatimiz sog‘liqni saqlash sohasidagi tibbiyot muassasalarida 8 873 nafar shifokor shtat birligi mavjud bo‘lib, shundan 7 832 shtat birligida 4 732 nafar shifokor faoliyat yuritib kelmoqda. Vakant o‘rinlar soni esa 1 041 tani tashkil qiladi. Muloqotda Zoyir Mirzayev viloyatdagi mavjud vakant lavozimlarga bitiruvchi bakalavriat talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni shartnoma asosida ishga qabul qilish taklifini ilgari surmoqda. 🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
إظهار الكل...
#ijodiy_kecha Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi nishonlandi. 🔸 Kuni kecha Barkamol avlod bolalar maktabida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan "El ardog'idagi shoir" nomli ijodiy kecha tashkil etildi. ✍️ Tadbirda shoirning ijodidan o'rin olgan mazmunli she'rlar, badiiy chiqishlar namoyish etildi. ✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
إظهار الكل...
#qurilish Qurilish ishlari nazoratda. 🔹 Bo'ka tumani hokimining o'rinbosari X.Ashurov tomonidan tuman hududida amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari doimiy tarzda nazorat qilib kelinmoqda. 🔸 Jumladan, bugun hokim o'rinbosari "Yangixayot" mahallasi hududida qurilayotgan 5 qavatli ko'p xonadonli uylarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 🔺 X.Ashurov tomonidan Qurilish ishlarining sifatiga e'tibor qaratish va belgilangan muddatlarda obyektni foydalanishga topshirish lozimligi ta'kidlandi.
Ma'lumot uchun, "Yangixayot" mahallasi hududida "STEEL METAL SERVICE" MChJ tomonidan qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 🌐 YouTube 🌎 Web-sayt
إظهار الكل...